A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Standard direct labor costs



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə185/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Standard direct labor costs – bevosita mehnat xarajatlari me’yori (normativi). Mahsulot birligini (soatlarda) ishlab chiqarish uchun zaruriy me’yoriy ishchi vaqtini to‘g‘ri mehnat me’yoriy stavkasiga ko‘paytmasi orqali hisoblanadigan tayyor mahsulot birligiga sarflanadigan bevosita mehnat xarajatlari miqdori.


Standard direct materials costs – bevosita moddiy materiallar xarajatlari me’yori. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy bevosita moddiy materiallar me’yoriy miqdorini bevosita moddiy materiallar me’yoriy narxiga ko‘paytmasi orqali hisoblanadigan tayyor mahsulot birligiga sarflanadigan to‘g‘ri materiallar xarajati miqdori.


Srandard factory overhead costs – umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yori. Kelasi hisobot davridagi umumishlab chiqarish xarajatlari o‘zgaruvchan va doimiy qismlarining yaxshilab oldindan belgilangan baholari. Baholar xarajatlarning alohida o‘zgaruvchan qismi va doimiy qismi uchun me’yoriy koeffitsiyentlarga asoslangan, ularni hisoblashda taqsimlash turli asoslari qo‘llaniladi, q. Standard fixed overhead rate, Standard variable overhead rate.


Standard fixed overhead rate – umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsiyenti. Rejalashtirilayotgan doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari umumiy yig‘indisini, odatda, bevosita mehnat odam-soatlarida ifoda etilgan me’yoriy ishlab chiqarish quvvatiga bo‘lish orqali hisoblanadi.


Standard variable overhead rate – o‘zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsiyenti. Rejalashtirilayotgan o‘zgaruvchi umumishlab chiqarish xarajatlari umumiy yig‘indisining
taqsimlash asosiy mezoniga, odatda, to‘g‘ri mehnat odam-soatlar kutilayotgan miqdoriga bo‘lish orqali hisoblanadi (taqsimlash boshqa asosi, masalan, mashina-soatlar, tayyor mahsulotlar birliklari, ish haqi yig‘indisi ham qo‘llanilishi mumkin).


Statement of cash flows – pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot. Pul mablag‘lari kirimlari manbalari va korxonaning hisobot davri uchun asosiy faoliyati, shuningdek investitsiya va moliyaviy faoliyatlari natijalarida ularni qo‘llash yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hisobot.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə