A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Sales returns and allowances



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə182/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Sales returns and allowances – sotilgan mahsulotlarni qaytarish va arzonlashtirish. Avval sotilgan mahsulotlarni qaytarish yoki schet faktura bo‘yicha narxga nisbatan xaridorga chegirmalar berish haqidagi ma’lumotlarni jamlab boradigan buxgalteriya scheti. U me’yordagi debet saldosiga ega va savdo schetiga kontrschet (Sales)dir.


Salvage value – likvidatsiya narxi. Uzoq muddatli moddiy aktivning uning foydalanishdan chiqish (ekspluatatsiya muddati tugashi) sanasiga baholanish narxi. Aktivlarning amortizatsiyalashgan qiymatini hisoblash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, residual value, Disposal value deb yuritiladi.
Schedule of equivalent production - mahsulot shartli birliklarini hisoblash jadvali. Tayyor mahsulotlar shartli birliklarini mazkur davr uchun barcha to‘g‘ri moddiy xarajatlari bo‘yicha va ishlov berishga qilingan xarajatlari bo‘yicha alohida hisoblash uchun xarajatlarni hisobga olish va tannarxni jarayonli usul bo‘yicha hisoblashda qo‘llaniladigan shakl.


Selling expenses – tijorat xarajatlari. Mahsulotning bozorda sotilishi va o‘tkazilishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan boshqa barcha xarajatlar. Davr xarajatlari hisoblanadi, daromadlar va zararlar haqidagi hisobotda ish xarajatlariga kiritiladi.


Selling expenses budget – tijorat xarajatlari byudjeti. Sotish vazifasi bilan bog‘liq barcha mo‘ljallanayotgan xarajatlarning vaqt kelasi davriga detallashgan rejasi. Savdo bo‘limi xodimlari tomonidan ta’minlangan savdo byudjetidan olingan axborotlar va ma’lumotlar asosida tayyorlanadi. Davriy byudjet hisoblanadi.


Sell or process-further decision – «sotish yoki ishlov berishni davom ettirish» qarori. Tezkor boshqaruv vazifalarining tipik sinflaridan biri – birgalikdagi mahsulotning tarkibiy qismlarga bo‘linish nuqtasida sotish kerakmi yoki uning bozor narxini oshirish maqsadida unga ishlov berishni mustaqil ravishda davom ettirish kerakmi degan masala.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə