A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Relevant decision information



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə179/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Relevant decision information - qarorlarni qabul qilishdagi relevant axborot. Harakatlar alternativ variantlarida farqlanadigan kutilayotgan kelgusi xarajatlar va daromadlar. Axborot, agar, birinchidan, kelajakdagi qarorga tegishli bo‘lsa, va, ikkinchidan, variantlar bo‘yicha farqlansa, relevant hisoblanadi. Ta’rifga ko‘ra, haqiqiy (o‘tmishdagi) xarajatlar relevant emas, shuning uchun ularni,
boshqaruv qarorlari qabul qilinganda, tahlildan chiqarib yuborish mumkin.


Relevant range – relevant daraja. Chegaralarida haqiqiy ishlar yetarli darajadagi ma’lumlikda sodir bo‘ladigan faoliyatning faollik darajasi. Mazkur darajada xarajatlar xatti-harakatida qonuniyat mavjud, masalan, doimiy xarajatlar faoliyatning aynan mazkur hajmida shunday bo‘ladi.


Residual value – likvidatsiya narxi. Foydalanishdan chiqariladigan davriga kelganda uzoq muddatli moddiy aktivning taxmin qilinayotgan narxi. Shuningdek, Disposal value deb yuritiladi.


Responsibility accounting system – mas’ullik markazlari bo‘yicha hisob tizimi. Rahbarlari faoliyat natijalari uchun mas’ul bo‘lgan korxonadagi tashkiliy birlik yoki korxona segmenti. Masalan, korxona uchun uning tsexi, tsexlarda esa brigadalar, bo‘limlar ularning tashkiliy birligi yoki segmenti bo‘lishi mumkin. Boshqaruv darajalari va mas’ullik sohalari bo‘yicha xarajatlar yoki daromadlar hisobini olib boradigan hisob tizimi. Korxona rahbariyati tashkiliy tuzilmani ishlab chiqadi hamda ularning faoliyat natijalari uchun bo‘linmalar va muayyan rahbarlar mas’uliyatini belgilaydi. Shuningdek, Activity accounting, Profitability accounting deb yuritiladi.


Responsibility center – mas’uliyat markazi. Rahbarlari hisob berishi lozim va tashkilot ishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy birlik yoki korxona segmenti. Rejalar va mas’uliyat har bir markazi bo‘yicha ularning ijrosi mas’uliyat markazlari bo‘yicha hisob tizimi chegarasida baholanadi. To‘rtta eng katta umumiy turdagi mas’uliyat markazlari farqlanadi: xarajatlar markazlari (Cost centers) – faqat xarajatlar uchun hisobot beradi, daromadlar markazlari (Revenue centers) – faqat daromad (foyda) olish uchun hisobot beradi, foyda markazlari (Profit
centers) – xarajatlar va daromadlarni ta’minlash uchun hisobot beradi va sarmoyalash markazlari (Investment centers) – xarajatlar, daromadlar va sarmoyalar (investitsiyalar) uchun hisobot beradi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə