A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


rasm. Jami xarajatlar va daromadlarning egri chiziqli bog‘lanishi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə59/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

rasm. Jami xarajatlar va daromadlarning egri chiziqli bog‘lanishi


Ana shu 7000 dona mahsulot ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqib, iqtisodchilar bahoni belgilaydilar. Sotilishi rejalashtirilayotgan mahsulot birligiga bahoni belgilashda iqtisodchilar marjinal daromad va marjinal xarajat tushunchalaridan foydalanadilar.

Marjinal daromad – ishlab chiqarish hajmining bir dona mahsulotga oshishi natijasida jami daromad miqdorining qanchaga oshishini

ko‘rsatadi.


Marjinal xarajatlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorining bir donaga oshishi xarajatlarning qanchaga oshishiga olib kelganligini ko‘rsatadi.
Quyidagi 3-rasmda oldingi misollarimizdagi sotilayotgan mahsulotlar birligiga to‘g‘ri keladigan marjinal xarajatlar va marjinal daromadlarning o‘zgarishi grafigi keltirilgan.
Ana shu misolimizda xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun maksimal darajada foyda beradigan ishlab chiqarish hajmi – 7000 dona mahsulotga teng edi. Ana shu nuqtadan keyingi ishlab chiqarilgan mahsulot birligidan boshlab foyda miqdori kamayib boshlaydi. Marjinal xarajatlar miqdori marjinal daromadlar miqdoriga nisbatan o‘sib boraveradi. Marjinal daromad va marjinal xarajatlarning yangi kesishgan nuqtasida foyda summasi eng maksimumga yetadi. Ana shu xulosalardan kelib chiqib, talab chizig‘i ta’sirini hisoblashgan holda kuzatish mumkinki – bizning misolimizda mahsulot birligining optimal sotish bahosi 30 p.b.ga teng bo‘ladi.
30
7000 Sotilgan birlik

    3-rasm. Marjinal daromad va marjinal xarajatlar egri chizig‘i

Makroiqtisod nuqtayi nazaridan barcha ma’lumotlar bizning misolimizdek aniq bo‘lsa, mahsulot birligi uchun bahoni belgilab berish juda yengil yumush bo‘lgan bo‘lar edi. Amaliyotda esa bozordagi talabni aniqlash, bozor sig‘imini prognoz qilish alohida e’tiborni talab qiladigan, alohida yo‘nalishdir.


Shu holatdan kelib chiqib qayd qilish kerakki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari mahsulot birligiga bahoni belgilashda nafaqat biz misolimizda ko‘rib chiqqan ishlab chiqarish hajmi, daromad va xarajatlar ko‘rsatkichlarini hisobga olish bilangina cheklanib qolmasligi kerak.


  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə