A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

44
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
Ma sa lan, uchadigan qushlarning ko‘k rak mushaklarida mito-
xondriyalar soni uchmaydigan qushlarga nisbatan birmuncha ortiq. Mito-
xondriyalar tarkibida DNK molekulasining mavjudligi ularning bo‘linish 
yo‘li bilan tezda ko‘payishiga imkon yaratadi. Mitoxondriyalarda ikki qa-
vat: tashqi va ichki membranalar mavjud. Tashqi membrana 
silliq
, ichki-
si esa burmali bo‘lib,
kristalar
deb ataladi. Kristalar membranasida juda 
ko‘p fermentlar joylashgan. Ular energiya almashinuvida ishtirok etadi. 
Mitoxondriyalar ning asosiy vazifasi energiyaning universal manbai hisob-
langan ATFni sintez qilishdir.
hujayra markazi, ikkita silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil 
topgan bo‘lib, bir biriga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qilib joylashadi va
ular 
sentriola
deb ataladi. To‘qqiz bog‘lamdan iborat sentriola devorlari-
ning har biri uchta mikronaychani o‘z ichiga oladi. Sentriola sitoplaz-
maning o‘zidan o‘zi ko‘payadigan organoidi hisoblanadi. Ularning ko‘pa-
yishi, oqsil kichik bo‘lakchalarning o‘zini o‘zi yig‘ish jarayonida amalga 
oshiriladi. Hujayra markazi hujayralarning bo‘linishida muhim ahamiyat-
ga ega. Hujayra markazidan bo‘linish bilan urug‘larning o‘sishi boshla-
nadi. Ko‘pchilik o‘simlik va suv o‘tlarida hujayra markazi yo‘q, shuning 
uchun bo‘linish urchug‘lari maxsus ferment markazlaridan hosil bo‘ladi.
Sitoskelet. Eukariot hujayralarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, ular-
ning sitoplazmasida mikronaychalar va oqsil tolalaridan iborat bo‘lgan
tayanch skelet tuzilmalarning mavjudligidir. Sitoskeletning elementlari 
yadro qobig‘i va tashqi sitoplazmatik membrana bilan zich birikkan bo‘lib, 
sitoplazmada murakkab bog‘lamlarni hosil qiladi. Sitoplazmaning tayanch 
elementlari hujayraning shaklini aniqlaydi, hujayra ichki tizimlarining ha-
rakatini va butun hujayraning joyini o‘zgarishini ta’minlaydi.
Endoplazmatik to‘r necha xil bo‘ladi?
Sitoplazmada qanday organoidlar joylashgan?
Hujayraning qaysi organoidlari o‘zini o‘zi hosil qilish xususiyatiga ega 
va nima uchun shunday bo‘ladi?
Kiritmalar deb nimaga aytiladi?

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə