A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

birlamchi tana
bo

shlig

i — blastosel
deb ataladi. 
X bob
 
Organizmlarning individual 
rivojlanishi — ontogenez
40- §. Embrional rivojlanish davri


95
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Maydalanishda mitoz sikli juda tez o‘tadi, blastomerlar o‘smaydi va 
ular hujayralarining soni ko‘paygan sari kichrayib boradi. Har xil turlarda 
maydalanishning o‘ziga xos tomonlari kuzatiladi. Misol uchun blastulada-
gi barcha hujayralar diploid to‘plamga ega, lekin tarkibidagi sariqlik miq-
doriga qarab bir-biridan farq qiladi.
Gastrulyatsiya. Blastula juda ko‘p hujayralardan tashkil topadi (misol 
uchun, lansetnikda 3000 ta hujayra bo‘ladi), keyingi rivojlanish natijasida 
ikkinchi bosqich gastrula boshlanadi. Gastrula bosqichida murtak ikki 
qavat bo‘lib qoladi. Murtakning tashqi qavati 
ektoderma
, ichki qavati 
entoderma
deyiladi. Gastrula hosil bo‘lishiga olib keladigan jarayonlar 
yig‘indisi 
gastrulyatsiya
deb ataladi.
Lansetnikda gastrula blastula devorining ichkariga botib kirishi hiso-
biga hosil bo‘ladi, ayrim hayvonlarda — blastula devorining qat-qat bo‘lib 
joylashishi yo‘li bilan amalga oshadi (96- betdagi 51- rasm).
Ko‘p hujayrali hayvonlarda (kovak ichlilardan tashqari) uchinchi qa-
vat 
mezoderma
hosil bo‘ladi. Mezoderma ekto va entodermaning o‘rtasida 
birlamchi tana bo‘shlig‘i — blastoselda joylashadi. Mezoderma qavati-
ning hosil bo‘lishi bilan murtak uch qavatdan iborat bo‘ladi: ektoderma, 
entoderma va mezoderma murtak varaqlari hisoblanadi (96- betdagi 52- 
rasm). Umurtqali hayvonlarning hammasida bu varaqlar bir-biriga ox-
shaydi.
Gastrulyatsiyaning mohiyati shundan iboratki, bu jarayon hujayralar 
to‘plamining aralashishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda embrion 
hujayra lari bo‘linmaydi, o‘smaydi. Murtak varaqlarning rivojlanish tartibi, 
shaklla nishi tarixiy rivojlanishni aks ettiradi, bu esa biogenetik qonun-
da o‘z ifodasini topgan. XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari 
F. Myuller va E. Gekkel biogenetik qonun kashf etdilar. Har bir individ 
o‘zining individual rivoj lanishida (ontogenez) o‘z turining rivojlanish tar-
ixini (filogenez) qisqa cha takrorlaydi, ya’ni ontogenez filogenezning qisqa 
takroridir.
Ixtisoslashish — bu embrionning ayrim qismlari va hujayralarining 
tuzilishi hamda vazifasi jihatidan bir-biridan farq qilishidir. Ixtisoslashish 
morfologik nuqtai nazardan qaraganda maxsus tuzilishga ega bir-biridan 
farq qiladigan yuzlab hujayra xillarining hosil bo‘lishidir. Blastulaning 
ixtisos lashmagan hujayralaridan asta-sekin teri epiteliysi hujayralari, ichak 
epite liysi, o‘pka, nerv, muskul va boshqa hujayralar paydo bo‘ladi. Bio-
kimyoviy nuqtayi nazar
dan hujayralarning ixtisoslashishi shu hujayra 



Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə