Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon


Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon



Yüklə 66,72 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü66,72 Kb.
#156854
1   2
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon

Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon yangi oʻzbek sheʼriyatining asoschilaridandir. Choʻlpon 1897-yili Andijon shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Choʻlpon boshlab eski maktabda, soʻng madrasada oʻqiydi. Andijondagi rus-tuzem maktabida taʼlim oladi. Sharq adabiyoti, arabfors tillarini oʻzlashtiradi, rus tili va adabiyotini oʻrganadi. Choʻlpon 10-yillarning oʻrtalaridan ijtimoiy va ijodiy faoliyat bilan shugʻullana boshlaydi. U «Qalandar»«Andijonlik»«Choʻlpon» taxalluslari bilan matbuot nashrlarida maqola, sheʼr va turii xabarlar bilan chiqib turadi.
Uning «Doʻxtir Muhammadyor»«Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar»«Adabiyot nadir?» kabi ilk hikoya va maqolalarida hamda oʻnlab sheʼrlarida Jadidchilik gʻoyalarining oshkora ifodalanganini kuzatishimiz mumkin. Shoirning qisqa umri davomida «Tong sirlari»«Uygʻonish»«Buloqlar» kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Uning teatr sohasida qilgan ishlari ham alohida eʼtiborga sazovor. Choʻlpon oʻzbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlash bilan birga oʻnga yaqin pyesalar, teatr maqolalari yaratgan, uning «Yorqinoy»«Oʻrtoq Qarshiboyev»«Choʻrining isyoni»«Mushtumzoʻr»«Zamona xotuni» kabi sahna asarlari oʻzbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga niuhim hissa boʻlib qoʻshildi.
Choʻlpon «Kecha va kunduz» nomli roman eʼlon qilib, oʻzbek romanchiligi rivojiga ham katta taʼsir koʻrsatdi. Bu asarida xalqimizning asr boshlaridagi hayoti manzaralarini tasvirlar ekan, istibdod vajaholat millatning taraqqiyotini va hurligini boʻgʻuvchi manfur hodisalar ekanini badiiy aks ettiradi. Oʻzbek adabiy tarjima maktabining rivojianishida ham Choʻlponning beqiyos hissasi bor. U M.Gorkiyning «Ona» romani, A.S.Pushkinning «Dubrovskiy»«Boris Godunov» hamda Shekspirning «Hamlet» tragediyasini va yana oʻnlab xorijiy asarlarni oʻzbek tiliga mohirlik bilan oʻgiradi. Choʻlpon bufun ongli hayoti davomida oʻz Vatanining ozodligi, erki, kelajagi uchun qaygʻurdi va yonib sheʼrlar yozdi, turii janrlarda asarlar yaratdi. U 1928-yildan boshlab to umrining oxirigacha tazyiq ostidayashadi, chunki uning butun ijodidamilliy gʻoyaqizil ip boʻlib oʻtgan. U mustabid tuzum ostida ezilib yotgan millatni, xalqni kuylar edi. Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir sharoitda ham oʻz eʼtiqodidan qaytmadi. Ana shu eʼtiqodi va irodasi tufayli 1937-yil qatagʻon qurboni boʻldi.
Choʻlpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi.
Abdulhamid
Oʻzbek yangi sheʼriyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.
Choʻlpon 1897-yili Andijonda tugʻilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus-tuzem maktabida oʻqigan. 1914-yili Toshkentga keladi va oʻz faoliyatini «Sadoi Turkiston» gazetasi bilan bogʻlaydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bogʻchasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916—1917-yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib boʻlib ishlaydi. Soʻng Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920-yili Bokuda boʻlgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. Oʻsha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va oʻzbek tilida chiqadigan «Buxoro axbori» gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shugʻullanadi. 1924—1926-yillarda Choʻlpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan Oʻzbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi.
Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar.[tahrir]
Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmadi. Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlaydi. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktyabrda otib oʻldiriladi.
Choʻlponning «Oʻzbek yosh shoirlari» (1923), «Goʻzal yozgʻichlar» (1925), «Adabiyot parchalari» (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan «Uygʻonish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.
Uning «Kecha va kunduz» (1936) romani, «Doʻxtur Muhammadyor» (1914), «Qor qoʻynida lola»«Novvoy qiz»«Oydin kechalarda» hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi.
Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. Choʻlponning «Yorqinoy» (1920), «Xalil farang» (1921), «Choʻrining isyoni» (1926), «Yana uylanaman» (1926), «Mushtumzoʻr» (1928), «Oʻrtoq Qarshiboev» (1928), «Hujum» (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi.
Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi.
Choʻlpon Pushkinning «Dubrovskiy»«Boris Godunov» asarlarini, Gorkiyning «Ona» romani va «Egor Bulichev» peʼsasini, Lohutiyning «Evropa safari»ni, Gotsiyning «Malikai Turandot», Shekspirning «Hamlet» dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koʻra Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning «Kecha va kunduz» romani asosida videofilm yaratilgan.
Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda[tahrir]
Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning «Kecha va kunduz» romani, «Yorqinoy» pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator she'rlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan.
Shu yilning o‘zida «Kecha va kunduz» romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi.
2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida («Anthologie de la poésie d'Ouzbékistan») Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe.
Nashr qilingan asarlari

  • Abdulhamid Choʻlpon. Kecha. T.: Oʻzdavnashr, 1936.

  • Choʻlpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va sanʼat. 1991.

  • Choʻlpon. Adabiyot nadir. T.: Choʻlpon, 1994.

  • Abdulhamid Choʻlpon. Kecha va kunduz. Birinchi kitob: Kecha. T.: Sharq, 1995 (XX asr oʻzbek romani).

  • Abdulhamid Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. T.: Maʼnaviyat, 1997.

  • Choʻlpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997—1998.

  • Абдулхамид Чулпон. И прозвучит еще мой саз, пер. с узбекского Хамидом Исмайловым, Москва: Воскресенье, 2009.

  • Tchulpân. Nuit, fransuz tilida, tarjimon va so‘zboshi muallifi Stéphane A. Dudoignon. Saint-Pourçain-sur-Sioule : Bleu autour, 2009; 464 bet (Collection «d'un lieu l'autre»).

Yüklə 66,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə