Mavzu. San’at va ma’naviyat reja



Yüklə 276,01 Kb.
səhifə1/3
tarix31.12.2021
ölçüsü276,01 Kb.
#82469
  1   2   3
San’at mening hayotimda-fayllar.org


San’at mening hayotimda

MAVZU. SAN’AT VA MA’NAVIYAT

Reja:
  • Matnni o‘qib tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash.


  • “San’at mening hayotimda” mavzusida esse yozish.


  • Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari.



O‘ZBEKISTON SAN’ATI

O‘zbekiston tasviriy san’ati o‘zining qadimiy ildizlariga ega. XV-XVI asrlarda Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda. Respublika tasviriy va amaliy san’at bilim yurtida qadimiy hunarmandchilik turlarining san’at darajasiga ko‘tarilgan ganchkorlik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, kulolchilik sirlari yosh avlodga o‘rgatilayotgan bo‘lsa, rassomchilik kollejida tasviriy san’atning rang-tasvir, portret, peyzaj, miniatyura, natyurmort kabi turlari o‘qitilmoqda. O‘zbek rassomlari Chingiz Ahmarov, Abdulhaq Abdullayev, Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev, Muzaffar Abdullayevlarning asarlari dunyodagi ko‘pgina nufuzli ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.

Kino san’ati ham O‘zbekistonda juda yuqori darajada rivoj topgan. Kinoning barcha turlari – badiiy film, hujjatli film, teleseriallar, multiplikatsiya, ilmiy-ommabop filmlar sanoatining shuhrati MDH mamlakatlarida mashhur. Har yili «O‘zbekfilm» kinostistudiyasida tarixiy, sarguzasht, detektiv, sevgi va hayot hamda mehr-vafo haqidagi o‘nlab filmlar suratga olinadi. «Mahallada duv-duv gap», «O‘tgan kunlar», «Kelinlar qo‘zg‘aloni» kabi filmlarni o‘zbekistonliklar juda sevib tomosha qilishadi.

O‘zbek teatr san’ati ham o‘z tarixiga, rivojlanish bosqichi ham o‘ziga xos an’analariga ega.Teatr san’ati darg‘alari Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayeva, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, G‘ani A’zamov, Soyib Xo‘jayev kabilar o‘zbek teatr san’atini yuqori pog‘onaga ko‘targanlar. Ular ishtirokidagi har bir spektakl tomoshabinlarga olam-olam ma’naviy ozuqa bergan.

O‘zbekistonda, shuningdek, opera, balet, estrada, me’morchilik kabi san’at turlari ham katta yutuqlarga ega bo‘lgan holda rivojlanib bormoqda.



Yüklə 276,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə