Mavzu. San’at va ma’naviyat reja



Yüklə 276,01 Kb.
səhifə2/3
tarix31.12.2021
ölçüsü276,01 Kb.
#82469
1   2   3
San’at mening hayotimda-fayllar.org

Kamoliddin Behzod

Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri. U 1455-yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilib, ota-onasidan juda erta yetim qoldi. Behzodning musavvirlikdagi iste’dodini payqagan Amir Ruhillo (Mirak Haqqosh) uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzod musavvirlikni Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi Behzod ham Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470-yillarda boshlangan.

Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 1512-yilda esa Eron shohi Ismoil I bosib oldi. Ko‘p san’atkorlar Hirotdan chiqib ketdi. 1520-yillarning boshida shoh Ismoil I Behzodni Tabrizga chaqirtirib, katta imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod Tahmosga musavvirlikni o‘rgatadi. Lekin shoh Behzodning san’atini qadrlamaydi. Rassom ona yurti Hirotga qaytadi.

Shayx Sa’diyning “Bo‘ston”iga ishlagan miniaturalari (1478) musavvirning ilk asarlaridir. 1488-yilda Sulton Husayn buyurmasi bilan u 4 ta miniatura ishlagan. Behzod asarida hayot manzaralarini jo‘shqin tasvirlaydi. Turli ranglar bir-biriga mos, asarlaridagi shaxslar harakatchan, tabiatan jonli. Ilk asarlaridayoq Behzod mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlandi.

Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Xisrav Dehlaviyning “Majnun va Layli” asariga ishlagan miniaturalari butun dunyoga mashhur.

Behzod miniatura san’ati tarixida maxsus - “Behzod maktabi”ni yaratdi. Darvesh Muhammad, Maqsud Muzahhib kabi rassomlar uning maktabida ta’lim olganlar. Behzod ustoz san’atkor sifatida Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Miniatura san’atini yangi bosqichga ko‘tardi, uning tarixida yangi davr yaratdi. Behzod miniaturalari uning tirikligidayoq bu san’atning oliy yutug‘i deb tan olingan.

Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535-yilda Hirotda vafot etgan.

Yunus Rajabiy

O‘zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari qoldirgan asarlar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bular fan va madaniyatning rivojlanishiga katta ta’sir etmoqda.

Boshqa ilmlar qatorida musiqa ilmi ham fanning yirik tarmog‘i - xalq merosidir.

Xalq yaratgan kuy va qo‘shiqlar avloddan-avlodga o‘tib hozirgi kungacha yetib keldi.

O‘zbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olimYunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U o‘zbek musiqasini o‘rgandi, to‘pladi.

1960-yilda Yunus Rajabiyning ”O‘zbek xalq musiqasi” nomli besh tomlik kitobi nashr etildi. Bu besh tomlik kitob o‘zbek musiqa madaniyatida katta voqea bo‘ldi.

Xalq madaniy merosini hurmat bilan saqlab kelgan, o‘zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy olim edi.


Yüklə 276,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə