Navoiy davlat pedagogika instituti tarix yo'nalishi b2 guruh talabasi mustofoyev dilshod o'zbekiston tarixi



Yüklə 311,64 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü311,64 Kb.
#153577
  1   2   3   4   5
MUSTOFOYEV DILSHOD

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX YO'NALISHI B2 GURUH TALABASI MUSTOFOYEV DILSHOD O'ZBEKISTON TARIXI

  • NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX YO'NALISHI B2 GURUH TALABASI MUSTOFOYEV DILSHOD O'ZBEKISTON TARIXI
  • MUSTAQIL ISHI

Movorounnahrda Shayboniylar davlatining tashkil topishi
Reja:
  • Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi.
  • Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi.
  • Shayboniylar davlatida harbiy qo‘shin va soliq tizimi.
  • Shayboniylar davlati huquq tizimi.

Shu yillarda Shayboniyxon qo‘shinlari O‘ratepa, Shosh, Shohruhiya, Sayramni egallaydi. 1503-1504 yillarda Xorazmga yurish qilib, 1505 yil Xorazmni bosib olgan. 1507 yil Xurosonni bosib oladi. Shayboniyxon zamondoshlari tomonidan «Xalifa ur-Rahmon» va «Imom-az-zamon» deb ulug‘langan. Shayboniyxon Movarounnahr va Xurosonni o‘zbek sultonlariga “suyuorg‘ol” sifatida taqsimlab ber-gan edi. Keyin Shayboniyxon Eronni zabt etishga intilgan jangda vafot etadi. Taxtga amakisi Kuchkunchixon o‘tiradi (1510-1529) undan keyin uning o‘g‘li Abu Saidxon (1529-1533) o‘tiradi.
Buxoro viloyati hukmdori Ubaydullahon hokimiyatni qo‘lga oladi. (1533-1539) Buxoro viloyati har tomonlama rivojlanadi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chiriladi. Shundan so‘ng Shaybo-niyxon davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. Shayboniylar davlatining so‘nggi vakili Pirmuhammad ibn Sulaymon bo‘lgan 1601 yil Pirmuhammaddan keyin Buxoro taxti Ashtarxoniy (Joniylar) qo‘liga o‘tadi.
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvida tutgan o‘rniga, mavqeiga qarab quyidagi bir necha ijtimoiy tabaqa-larni ajratish mumkin:
  • 1. Oliy tabaqa, unga xon va uning yaqinlari, o‘zbek sultonlari, yirik saroy amaldorlari (vaziri-vuzaro) kirgan. Davlat boshqaruvini ana shu ijtimoiy tabaqa amalga oshirgan.
  • 2. Umaro-harbiy-ma’muriy amaldorlar, yirik sarkardalar, viloyat hokimlari, qo‘shin va qabila boshliqlari. Mahalliy boshqaruv ular qo‘lida bo‘lgan;
  • 3. Ulamolar-yirik din peshvolari, shayxlar, xojalar. Ular nafaqat diniy balki dunyoviy boshqaruvda ham faol ishtirok etganlar.
  • 4. Fuzalo. Jamiyat madaniy-ma’naviy hayotini aks ettirgan ijtimoiy tabaqa olimlar, shoirlar va boshqalar.
  • 5. Raiyat. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi, moddiy boylik yaratuvchi, xazinaga soliq to‘lovchi ijtimoiy tabaqa bo‘lib, ularga do‘kondorlar, hunarmandlar, o‘rtahol dehqonlar va chorvadorlar, yollanib ishlaydigan aholi kirgan.
  • 6. Qullar. qullar asosan harbiy talonchilik yurishlari paytida asirga tushirilgan, o‘lja qilib olingan kishilar tashkil etgan. Ma’lum haq evaziga ular ozod bo‘lishi mumkin bo‘lgan. qullar mehnatidan saroyda, yirik amaldorlar va ulamolarni xo‘jaliklarida foydalanishgan.


Yüklə 311,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə