Navoiy davlat pedagogika instituti tarix yo'nalishi b2 guruh talabasi mustofoyev dilshod o'zbekiston tarixi


Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi



Yüklə 311,64 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü311,64 Kb.
#153577
1   2   3   4   5
MUSTOFOYEV DILSHOD

Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi
Shayboniylar davlati o‘z mohiyatiga ko‘ra yirik davlat bo‘lib, oliy hokimiyat cheklanmaga huquqlarga ega bo‘lgan davlat boshlig‘i xon tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvida Amir Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyatlar bilan birga ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga xos an’analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun qoidalariga amal qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qo‘lidagi mahalliy boshqaruv asosiy o‘rin tutib, ular mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar.
Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma’muriy boshqaruvni amalga oshirardi.
Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog‘liq barcha masalalarni hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo bo‘lgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni ko‘rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdiqi bilan-gina kuchga kirar va hayotga joriy etilardi.
Ko‘kaldosh, Otalik, Naqib, vaziri a’zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, no‘yon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a, qurchiboshi va boshqa harbiy amaldorlarning fikri va man-faatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi.
Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, aynan Shayx ul-islom, qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta’siri katta bo‘lgan. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketdi.
Shayboniylar davlati harbiy qo‘shin va soliq tizimi
Mamlakat siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida yirik sarkar-dalar, qo‘shin boshliqlarining o‘rni katta edi. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarida qo‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, qo‘shin boshliqlarining qo‘mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi.
Shayboniylar qo‘shini asosan otlik va piyoda askarlardan tash-kil topgan. qo‘shin urishda o‘q-yoy, uzun, nayza, qilich, gurzi, uzun das-tali jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy hujum qurollari-dan foydalangan. Abdullahon II davrida qo‘shin Xorijdan keltirilgan pilta miltiqlardan qurollantirilgan. Shayboniylar qo‘shnida navkarlar himoya uchun qalqon (sipar)dan foydalanganlar, hamda temir simdan mayda qilib to‘qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-jovshan (forscha baxtar) yoki jiba (jeva) – temir yoki po‘latdan ishlangan maxsus kiyim kiyib jang qilganlar. Abudllahon II davrida Yevropadan keltirilgan jovshan (sovut) ham bo‘lgan. Urushda yaroq va o‘q o‘tmasligi uchun otlar ustiga maxsus yopinchiq gejm (kejim) yopishgan.
Qo‘shin tarkibida Naftandozlar, manjaliqchilar va tosh otuv-chilar ham bo‘lib, ular shahar va mudofaa qo‘rg‘onlarini egallashda katta o‘rin tutgan. XVI asrning 2-yarmidan boshlab Abdullahon II qo‘-shinida chet ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydor bo‘ladi.
Qo‘shin tarkibi, uning jangovor saflanishi, jang qilish tartibi, Chingizxon va Amir Temur qo‘shinlari harbiy tuzilishi, urish taktikasiga asoslangan bo‘lib, unga Shayboniyxon davrida ko‘chmanchi o‘zbeklarga xos bo‘lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi. (Turlama).
Shayboniylar qo‘shini asosan, qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy qism, barong‘or (o‘ng qanot) va javong‘or (so‘l qanot) qismlaridan hamda xirovul (qo‘shinning orqa qismi)dan tashkil topgan. Ularga xonning o‘zi va tajribali o‘zbek sarkardalari boshchilik qilgan.
Qo‘shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o‘g‘lon deb yuritilgan.
Qo‘shini oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor qism - ilg‘or bo‘lgan. Shayboniylar qo‘shinida umumiy qism oldida boruvchi «qoravul» deb atalgan maxsus qism, qo‘shinining o‘ng va so‘l qismlari oldida boruvchi "kichik" g‘o‘l deb yuritilgan bo‘linmalar va ortidan boruvchi maxsus yordamchi bo‘linma-chanoh bo‘lgan.
qo‘shin tarkibida tug‘chi qism, ya’ni bayroq ostida ehtiyotda turuvchi (tug‘ni qo‘riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy bo‘linma hamda zabongilari – ya’ni dushman tomonidan yashirish ravishda “til” tutib keluvchi maxsus bo‘linma va xabarchi-dushman to‘g‘risida umumiy ma’lumot keltiruvchi bo‘linmalar ham bo‘lgan.
Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari o‘tkaziladigan maxsus joy-bargoh hozirlashgan.
Qo‘shinda saralangan o‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning qo‘riqchilari ham katta rol o‘ynagan.

Yüklə 311,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə