Navoiy davlat pedagogika instituti tarix yo'nalishi b2 guruh talabasi mustofoyev dilshod o'zbekiston tarixi


Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi



Yüklə 311,64 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü311,64 Kb.
#153577
1   2   3   4   5
MUSTOFOYEV DILSHOD

Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi
Balxash ko‘li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo‘lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti qipchoq deb atala boshlandi. qipchoqlar va boshqa turkiy qabilalar hukmronligi ostida bo‘lgan bu hududni 1236 yilda Botuxon o‘zining turk mug‘ul qo‘shinlari bilan egalladi. Tarixda Oltin O‘rda deb atalgan bu davlat XIV asr boshlarida ikki qismga bo‘linib ketadi. Sharqiy qismi Oq O‘rda tarixiy manbalarda “O‘zbeklar mam-lakati” deb ham yuritilgan. XV asrning o‘rtalariga kelib, Jo‘jli-xonning beshinchi o‘g‘li Shayboniy urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon (1412-1468 y) ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soladi. Bu davrda temuriylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o‘zaro feodal urushlar nihoyatda kuchayib ketgan edi. Bundan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni Xorazm-ning bir qismini bosib olib, temuriylar davlatining yon qo‘shnisi bo‘lib qoladi. Abulxayrxonning vafotidan keyin inqirozga uchragan bu davlat XV asrning 80 yillarida Muhammad Shayboniyxon (1481-1510) tomonidan qayta tiklanadi.
Shayboniylar davlatining asoschisi Muhammad Shoxbaxt Shay-boniyxon iste’dodli shoir va zamonasining o‘qimishli, bilimdon kishilaridan biri edi. U taxtga o‘tirmasdan oldin Buxoroda yashab, madrasada ta’lim oladi. Mashhur ilohiyot olimi Muhammad Xitoiy uning ustozi bo‘lgan.
Tarixchi olimlardan Kamolitdin Binoiy va Muhammad Solih “Shayboniynoma” asarida Shayboniylar davlatining tarixi haqida hikoya qiladi. Movarounnahrdagi temuriylar saltanatini zaiflashib borayotganidan foydalangan Shayboniyxon 1497 yil Samarqandga yurish qilib, Buxoroni jangsiz egallagan. 1500 yil Samarqandni ham jangsiz qo‘lga kiritgan. Samarqand hokimi Sulton Alining onasiga uylanadi. Asta-sekin qarshi va Fuzor shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olinadi. Movarounnahrning ikki yirik shaharlarni Buxoro va Samarqandni jangsiz Shayboniyxonnning qo‘liga o‘tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda balki yetuk davlat arbobi va aqlli siyosatchi ham ekanligini ko‘rsatadi. 1501 yil Toshkentga yurish qilib ko‘plab qal’alalarni qo‘lga kiritadi.
Xonlik iqtisodining asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik) savdo-sotiq va hunarmandchilik hisob-langan. Shayboniylar davrida yer egaligining asosiy tarmoqlari mavjud edi.
Mulki sultoni – davlatga qarashli yerlar.
Mulki xolis- xususiy shaxslarga tegishli.
Vaqf – diniy mahkamalarga, madrasa va masjidlarga tegish-li, qabristonlarga qarashli yerlar.
Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar.
Mehnat qiladigan kishilarning asosiy qismi kambag‘al qishloq aholisi bo‘lib, ular ijaraga olingan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Manbalarda keltirilishicha, bu davrda bug‘doyning 10 xil navi, arpa, jo‘xori, mosh, no‘xot, makkajo‘xori va sabzavot, poliz ekinlari, sholi, paxta yetishtirilgan.
Dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan hosildor yer maydonlari bepayon yaylovlar xon va uning yaqinlari, yirik harbiy-ma’muriy amaldorlarga qarashli edi. Bu davrda iqto, suyurg‘ol va tanho kabi xususiy yer egaligi keng tarqalgan. harbiy-ma’muriy amaldorlarga yirik din peshvolariga davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan bunday yerlarda asosan, yersiz kambag‘al dehqonlar yollanib ishlaganlar.
Chorvachilik qishloq-xo‘jaligida yetakchi tarmoq sifatida katta ahamiyatga ega edi.
Yirik va mayda tuyoqli hayvonlarni boqish, yilqichilik, tuyachi-lik ancha rivojlanadi. Yarim ko‘chmanchi hayot kechiruvchi o‘zbek qabi-lalari boshliqlari, yirik chorvador boylar, shuningdek, xon va saroy amaldorlari, harbiy-ma’muriy mansabdorlar, din peshvolari tog‘ va tog‘ oldi tumanlarida, dashtlarda katta-katta yaylovlarga ega bo‘lganlar.

Yüklə 311,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə