Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI



ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ABDULLAYEV F.S., MAHKAMOV Q.X.
Metallarni bosim bilan
ishlash nazariyasi asoslari

Toshkent 2004
UDK 621.73.073
Abdullayev F.S., Mahkamov Q.X. Metallarni bosim bilan ish-
lash nazariyasi asoslari. Toshkent: ToshDTU, 2004. -216 b.
Darslikda metallarni bosim bilan ishlash nazariyasining
asoslari 5520600 - «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik
ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish» yo'nalishi
bakalavrlarining o'quv dasturi hajmida bayon etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashi bakalavrlar uchun
darslik sifatida nashr etishga tavsiya etgan.
Taqrizchilar:
T.f.n., dotsent Zoirov E.U., t.f.d., professor Kalamazov R.U.
(ToshDTU)
Texnika fanlari doktori, professor Mehriddinov R. (O'zbekiston
qiyin eruvchi va o'tga chidamli materiallar kombinati)
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2004
Toshkent davlat texnika universitetining 75
yilligiga bag'ishlanadi

KIRISH.
Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi amaliy muhandislik
fani bo'lib, uning vazifasi metallarni bosim bilan ishlash
jarayonlarini ratsional qurish va tahlil qilishning umumiy prinsi-
pial asoslarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda metallarga bosim
bilan ishlov berish faqat xomaki mahsulot, ko'pincha talab qilin-
gan shakldagi tayyor detallar ham olishni ta'minlash emas, balki
metallda sifat o'zgarishlarini ham keltirib chiqarishini hisobga
olish lozim.
Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi bunday ishlov be-
rish texnologiyasining ilmiy asosi bo'lishi kerak.
Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi quyidagilarni ko'rib
chiqadi va o'rganadi:

  1. Operatsiyalari ' soni eng kam bo'lgan, ya'ni eng samarador
    texnologik jarayonlar yaratish maqsadida turli operatsiyalarda me-
    tallning eng katta shakl o'zgarishlari imkoniyati ta'minlanadigan
    sharoitlar.

  2. Xomaki mahsulot va detallarning eng yaxshi foydalanish
    tavsiflari olish maqsadida bosim bilan ishlov berishni metallning
    mexanik va fizikaviy xossalariga ta'siri.

  3. Dastlabki xomaki mahsulotni yoki bosim bilan ishlov
    berishdan keyin olinadigan detallarni o'lchamlari va shakllari
    orasidagi eng qulay nisbatlarni qidirib topish, xususan mahsulot
    sifatini oshirish va metall sarfini kamaytirish maqsadida xomaki
    mahsulotning turli operatsiyalarda shakl o'zgarishlari xarakteri.

  4. Bosim biian ishlov berivh opehatsiyaltsida medallning pias-
    tik dyfbamatsiyalargg qgrshiligi, dg’ni jihozlarni tb’g’ai taplaeh va
    ishchi gsbobai muetghkamlikka hisbblgsh maqsgdida kuchlgnish-
    |grai, bu bpergtsidnlgl'ai gmglgg bshlrieh uchun kerakli kuchlgapl
    va ishlarni taqsimlgniehi.

Metallami bosim bilan ishlash nazariyasi uchun asosiy
poydevor bo’lib, reologiya, ya’ni moddalarning oqishi to’g’risidagi
fanning boTimi bo’lgan, metallarning plastik deformatsiyasi haqi-
dagi fan hisoblanadi.
Metallning plastik deformatsiyalari haqidagi fan quyidagi,
metallarga bosim bilan ishlov berish nazariyasi uchun birdek mu-
him ahamiyatga ega boTgan o'zaro bogTiq uchta asosiy
yo'nalishlarda birgalikda rivojlanmoqda:

  1. Metallning plastik deformatsiyasi jarayoni fizikasi. Bu
    yo’nalish metallning plastik shakl o'zgarishi mexanizmini tajribada
    va nazariy o’rganadi, turli omillaming, asosan temperaturani,
    deformatsiya tezligi va kuchlanganlik holatining turini bu
    jarayonga ta'sirini belgilaydi, demak, metall elastik holatdan plas-
    tik holatga o'tish shartlarini belgilaydi.

  2. Plastik deformatsiyani metallning kimyoviy tarkibi va
    fazaviy holati bilan bogTanishini ko'rib chiqadigan deformatsiya
    jarayonining fizikaviy kimyosi.

  3. Kuchlangan va deformatsiyalangan holatlami, plastik
    deformatsiyalanuvchi jismda kuchlanishlaming kattaligi va taqsim-
    lanishi masalalarini matematik ishlab chiquvchi, jismni plastik
    holatga o’tish shartlarini tahlil etuvchi plastik deformatsiya
    mexanikasi.

Plastik deformatsiya nazariyasi nisbatan yosh fan hisoblanadi.
Uning jadal rivojlanishini boshlanishi yaqin yuz yillikka tegishli.
Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi yanada yangi hisoblanadi.
Uni ishlab chiqish faqat asrimizning 30-yillarida, bunday ishlov
berishning sanoatdagi ahamiyati keskin o’sishi munosabati bilan
boshlandi.
Metallami bosim bilan ishlash nazariyasi ko’plab zamonamiz
olimlari mehnati bilan yaratildi. Ular orasidan S.I.Gubkin,
E.P.Unksov, G.A. Smirnov-Alyaev, N.I. Komeev, I.M. Pavlov va
boshqalar bu nazariyaning alohida boshqa ko’plab boTimlari va
masalalarini ishlab chiqqanlar: L.A. Shofman, A.D. Tomlenov,
K.N. Shevchenko, I.A. Noritsin, M.V. Storojev, E.A. Popov va
A.G. Ovchinnikovlarni birinchi navbatda eslab o'tish lozim.
O'zbekistonda fanning bu tarmog'ini rivojlanishi va joriy qili-
nishiga M.T.O’rozboev va boshqalar o’z hissalarini qo'shganlar.
Bu ishlaming ahamiyati beqiyosdir. Ular texnologik
jarayonlarni ijodiy va tushungan holda takomillashtirish,

sanoatimiz texnikasini yanada baland pog'onalarga ko'tarish


imkoniyatini beruvchi muhandislik fani sifatida metallarga bosim
bilan ishlov berish texnologiyasi ilmiy asosini yaratishni
ta'minladilar.
Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi bo'yicha ko’p sonli
adabiyotlar mavjud. Ularda ko’plab alohida olimlar ham, ilmiy
tadqiqot institutlari jamoalari va texnika o’quv muassasalari ham
bajargan nazariy va tajriba ishlari ifodalangan.
Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasining sanoatdagi
ahamiyati, temirchilik-press ishlab chiqarishni uzluksiz oshib
borayotgan qiymatini nazarda tutsak, tinmay oshib bormoqda.


  1. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə