Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • — COS
Qiyofadoshlanish «qiyofadoshlanish tekisligiga» parallel
tekisliklarda joylashgan atomlaming ma'lum masofaga siljishidan
iborat bo'lib, bu masofa tekisliklarning qiyofadoshlanish tekisligi-
gacha bo'lgan masofasiga proporsional bo'ladi. 7 - rasmda
deformatsiya natijasida hosil bo'lgan qiyofadosh punktir chiziq bi-
lan ko'rsatilgan. Bunda kristall panjara qirralari, dastavval
qiyofadoshlanish tekisligiga a < 90° -burchak ostida bo'lgan bo'lsa,
180° - 2a ga teng burchakka buriladi.
Qiyofadoshlanish orqali deformatsiya oigan kristall
bo'lagining panjarasi, kristallning..... deformatsiyaga uchramagan
qismi panjarasini qiyofadoshlanish tekisligiga nisbatan oynadagi
tasviri (qiyofadoshi) bo'ladi. Qiyofadoshlanish statik yuklanishda
nisbatan kam, zarb bilan deformatsiyalanishda ancha tez-tez kuzati-
ladi. Qiyofadoshlanish nafaqat deformatsiyalanuvchi jismga tashqi
kuchlarning ta'siri natijasida, balki plastik deformatsiyadan so'ng
otjig (bo'shatish) natijasida ham paydo bo'lishi mumkin. Bunday
hodisa, xususan, misda, latun (jez) va ba'zi boshqa, kubsimon yon
tomoni markazlashtirilgan panjarali metallarda kuzatiladi.
Qiyofadoshlanish sirpanib deformatsiyalanish bilan birga kelishi
mumkin. Sirpanish bilan deformatsiyalanishda qiyofadoshlanish
deformatsiyalash uchun zarur bo'lgan kuchni keskin kamaytiradi.
Ishlov beriladigan metallarning plastik deformatsiya jarayoni
asosan sirpanish hisobiga amalga oshiriladi.

8-rasm. Monokristallning R kuch ta’sirida cho'zilishi


Berilgan metallni sirpanish bilan plastik deformatsiyasi


boshlanishi uchun zarur bo’lgan siljituvchi (urinma) kuchlanishlar,
berilgan temperatura va deformatsiya tezligida, jismga ta’sir
ko’rsatayotgan kuchlarga nisbatan sirpanish tekisliklar yo'nalishiga
bog'liq bo’lmagan doimiy kattalik ekanligi ko’p sonli tadqiqotlarda
ko'rsatilgan. Agar ko'ndalang kesim yuzasi F bo'lgan monokristall
namunani R kuch bilan cho’zilsa, bunda sirpanish tekisligiga
normal (tik chiziq) ta’sir etayotgan kuchlar yo'nalishi tomoniga cp
burchak ostida, sirpanish yo'nalishiga esa X burchak ostida qiya-
langan bo’lsa (8 -rasm), u holda siljituvchi kuchlanish t kattaligi
ushbu formula bo’yicha topilishi mumkin:


(1.1)
(P} .
T = — COS (p COS X
F
bu yerda: cos^ “ namunaning sirpanish tekisligi bo'yicha may-
doni.

o



  1. rasm. O’zgarmas t qiymatlarida oqish chegarasining
    costp cosX, ga bog’liqligi

9-rasmda (1.1) formula bo'yicha r=const bo'lganda hisoblab

hosil qilingan
WS(p COSZ) bog'lanish keltirilgan. Nuqta-
lar bilan tajriba natijalari ko'rsatilgan. Keltirilgan ma'lumotlar ta-
jribalar aniqligi chegaralarida, o'zgarmas temperatura va
deformatsiya tezliklari uchun, sirpanish boshlanishiga mos kelu-
vchi siljituvchi kuchlanish kattaligi doimiy va sirpanish tekisligini
ta'sir etuvchi kuchlar yo'nalishi tomon og'ish burchagiga bog'liq
ekanini tasdiqlaydi.
Bu ma'lumotlar har bir metallning monokristalli uchun
oquvchanlik chegarasi kattaligini (plastik deformatsiya boshla-
yo'nalishiga nisbatan q>=X=45° burchaklarda minimumga ega
bo'lib, sirpanish tekisliklarining qanday yo'nalganligiga sezilarli
bog'liqligini ko'rsatadi.
Xuddi shunday tajribalar bilan plastik deformatsiya kattalash-
gan sari namunani keyingi deformatsiyalanishi uchun zarur bo'lgan
siljituvchi kuchlanish t oshib borishi ko'rsatilgan.
Ko'p sonli tadqiqotlar bilan sirpanish jarayoni bitta tekislik-
dagi barcha atomlarning qo'shni atomlarga nisbatan bir vaqtdagi
siljishi sifatida qaralishi mumkin emasligi ko'rsatilgan.
Zamonaviy tushunchalar bo'yicha sirpanish jarayoni atom-
larning alohida guruhlarini ketma-ket siljitish yo'li bilan amalga
oshiriladi. Deformatsiya jarayonida atomlarning parallel kristal-
lografik tekisliklarda joylashgan faqat bir qisminigina nisbiy sil-
jishi mumkinligi metallda to'g'ri kristall tuzilishning buzilishi
borligi bilan izohlanadi. Haqiqiy monokristall va donachalar
mozaik tuzilishga ega, ya'ni o'lchami 10‘4 - 10'6 sm atrofida
bo'lgan bloklardan iborat, shuningdek, har bir blok mukammal
kristall (to'g'ri kristall tuzilishga ega) ekanligi, qo'shni bloklar bir-
biriga nisbatan 10 ’ - 20 ’ atrofida burchakka burilganligi tajribalarda
isbotlangan. Bunday bloklar mozaika bloklari deb ataladi. Bundan
tashqari haqiqiy monokristall va donachalarda kristall tuzilishi
to'g'riligining mahalliy buzilishi mavjud bo'lib, bunda panjaraning
alohida tugunlarida atomlar bo'lmaydi yoki panjara-ning ba'zi
joylarida «ortiqcha» atomlar bo’Iadi. Haqiqiy kristall tuzilishidagi
to’g’rilikning bunday buzilishi, ko’rinib turibdiki, kristallanish
jarayonining mukammal emasligini natijasi bo’ladi.
Kristall tuzilishining to’g’riligini buzilishi kristall panjaraning
alohida joylarida deformatsiyalanmagan metallda atomlar eng kam
potensial energiyali turg'un muvozanat holatidan siljigan bo'lishiga
olib keladi. Bunday siljishlarning mavjudligi shunga olib keladiki,
atomlarning alohida guruhlarini yangi turg'un holatlarga surilishi
uchun, bunday surilishlar bo'lmagandagiga qaraganda, kamroq su-
ruvchi kuchlanishlar talab qilinishi mumkin.
Hozirgi vaqtda fazoviy panjaraning, dislokatsiya deb atalu-
vchi alohida nomukammalliklarini sirpanish tekisligida sirpanib
surilish jarayonini tushuntiruvchi taxmin keng tarqalgan.
Disiokatsiya deb kristall panjaraning mahalliy buzilishi (qiyshayi-
shi)ga aytiladi. Unda qo'shni parallel tekisliklarda atomlar sonidagi
farq oqibatida atomlarning sirpanish tekisligidan bir tomonda
joylashgan qismi kichiklashgan atomlararo masofaga ega bo'ladi
(siqilgan), sirpanish tekisligining qarshi tomonida joyiashgan
atomlarning boshqa qismi esa kattalashgan (cho'zilgan) atomlararo
masofaga ega bo'ladi. Shartli ravishda kristallning sirpanish tekis-
ligi tepasida joylashgan qismida atoinlararo masofa kichiklashgan
musbat dislokatsiyalar va kristallning sirpanish tekisligidan pastda
joylashgan qismida atomlararo masofa kichiklashgan manfiy
dislokatsiyalarni farqlaydilar.

  1. rasmda kristallik panjarada musbat va manfiy
    dislokatsiyalarni sirpanish tekisligi bo’ylab surilishi natijasida bitta
    atomlararo masofaga sirpanish sxema tarzida ko'rsatilgan.

Dislokatsiyalarni surish uchun kerakli siljituvchi kuchlanish
kattaligi, berilgan tekislikdagi hamma atomlarni bir vaqtda siljitish
uchun kerak bo’Iganidan ko'plab marta kam. Shunday qilib, tashqi
kuchlarning ta’siri ostida sirpanish birinchi navbatda kristall tuzil-
ishining dastlabki nomukammalligi - dislokatsiyalarga ega bo’lgan
tekisliklarda hosil bo'ladi. Dislokatsiyalar soni plastik deformatsiya
jarayonida oshadi deb taxmin qilinadi.
Kristallik tuzilishining to’g’riligi buzilishi oqibatida
dislokatsiyalar atrofida kuch maydoni bo'ladi. Dislokatsiyalar
orasidagi masofa nisbatan kam bo'lgan hollarda kuch maydonlari
o'zaro ta'sir ko'rsatadi. Bir ishorali dislokatsiyalar itariladi, turli
ishoralilari esa tortishadi. Qandaydir darajagacha plastik
deformatsiya jarayonida siljituvchi kuchlanishning oshishi
deformatsiya vaqtida bir xil ishorali dislokatsiyalar sonini
ko'payishining oqibati bo'lishi mumkin.






Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə