Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

(t00)

(110)



  1. rasm. Kubsimon katakchada o'tkazilgan tekisliklarning
    belgilanishi.

Fazoviy panjaraning elementar katakchalarida (demak,
fazoviy panjaraning o'zida ham) o’tkazish mumkin bo’lgan tekis-
liklarni aniqlash uchun, shuningdek, kristallografik yo’nalishlarni
aniqlash uchun kristallografiyada indekslash tizimi qabul qilingan.
Bu tizim bo’yicha kubsimon panjara tekisliklarini indekslash
yumaloq qavsga olingan uchta raqam bilan amalga oshiriladi. Bu
raqamlar koordinat o'qlarida tekislik bilan kesilgan kesmalar kat-
taligiga o'zaro teskari proporsional uchta oddiy sonlardan iborat
bo'ladi. Bunda kesmalaming o’lchov birligi sifatida panjara pa-
rametrlari qabul qilinadi.
3 - rasmda elementar kubsimon katakchada o’tkazilgan ba’zi
tekisliklar bu tekisliklarning belgilanishi bilan birga keltirilgan.



  1. rasm. Kubsimon katakchadagi belgilanishlar.

Geksagonal elementar katakchada indekslash ko’rilayotgan
tekislik bilan to'rtta kristallografik o’qda kesilgan kesmalarning
kattaligiga teskari olib boriladi. Bu o'qlardan uchtasi olti yoqli
prizmaning (bazis tekisligi deb ataluvchi) asosi tekisligida yotadi.



  1. Plastik deformatsiya haqida tushuncha

Metallning qandaydir hajmiga qo’yilgan tashqi kuchlar tizimi
uni deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Elastik va plastik deforma-
tsiyalar bo'ladi. Agar tashqi kuchlar olingandan so’ng
deformatsiyalangan jism o'zining dastlabki shakl va o'lchamlarini
to'liq tiklasa, bunday deformatsiya elastik deb ataladi. Agar tashqi
kuchlar keltirib chiqargan jismning shakli va o'lchamlarining
o'zgarishi, bu kuchlar olingandan so'ng o'z holida qolsa, bunday
deformatsiyani plastik yoki qoldiq (qaytmas) deb ataladi.
Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish
xomaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik
deformatsiya xomaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida
hajmlarini nisbiy siljitish yo'li bilan detaining berilgan shaklini
olishga imkon beribgina qolmay, balki xomaki mahsulot
materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham ta'sir
ko'rsatadi.
Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg'un muvozanat
holatidan chetlatish hisobiga ro’ y beradi va potensial energiyaning
minimum bo'lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi
qo'shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik
deformatsiya atomlararo masofani o'zgarishi natijasida qaytadigan
hajm o'zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan
o'zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda
po'lat uchun ~ 0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi.
Atomlarni turg'un muvozanat holatidan chetlanishi jismda
to'plangan potensial energiyani oshiradi va belgilangan
chegaralargacha chetlanish kattaligi deformatsiyalovchi kuchlar
oshishiga proporsional ortib boradi. Har qanday sharoitlarda ham
tashqi kuchlarning jismga ta'siri, atomlarni eng kam potensial
energiyali holatga qaytarishga intiluvchi, atomlararo kuchlarning
qarshi ta'siri bilan muvozanatlashadi.
Plastik deformatsiya atomlarni yangi turg'un muvozanat
holatlarga, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofadan ancha
katta bo'lgan nisbiy siljishi hisobiga amalga oshadi. Plastik
deformatsiyalashda jismga qo'yilgan kuchlar keltirib chiqargan
umumiy deformatsiya plastik tashkil etuvchini ham, shu qatorda
deformatsiyalovchi kuchlar olingandan so'ng yo'qoladigan elastik
tashkil etuvchini ham o'z ichiga oladi.

  1. Monokristallning sovuq plastik deformatsiyasi
    mexanizmi.


Monokristallning plastik deformatsiyasi asosan ikki yo’l: sir-
panish va qiyofadoshlanish bilan bo’lishi mumkin.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə