Abdullayev f. S., Mahkamov q. X


bob. PLASTIK DEFORMATSIYANING TABIATI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

bob. PLASTIK DEFORMATSIYANING TABIATI.

  1. Metallarning tuzilishi.

Barcha metall va qotishmalar kristall tuzilishga ega. Kristall
tuzilish umuman atomlarning fazoda qonuniyatli va davriy
joylashuvi bilan ajralib turadi. Bunda har bir atom qo'shnilari bi-
lan bir hil joylashgan bo'ladi. Kristallarning rentgenogrammalari
ko'rsatishicha, ularda atomlar to'g'ri chiziq va tekisliklar bo'yicha
joylashadi va nafaqat atomlarning fazoda o'zaro joylashishini ochib
berishni, balki ular orasidagi angstremlarda o'lchanadigan masofani
(1A°=1-10’ 8sm) ham aniqlashga imkon beradi.

1- rasm. Kristall panjaraning ramziy tasviri.

Atomlarning tekisliklar va to'g'ri chiziqlar bo'yicha qonu-


niyat bilan joylashishi natijasida, kristallning tuzilishini uch
o'lchovli to'g'ri chiziqlardan iborat to'r ko'rinishida tasavvur qi-
lish mumkin. Ularning kesishish nuqtalarida (tugunlarida) atomlar
joylashgan. Bu 1 - rasmda ramziy ko'rsatilgan.
Bunday to'rni bir hil kattalikdagi umumiy tegib turuvchi qir-
ralarga ega geometrik ko'pburchaklardan (parallelopipedlar, priz-
malar va hokazo) tashkil topgan deb hisoblash mumkin. Bu
to'rning har qanday ko'pqirrasi, masalan ABVGDEJZ parallelepi-
ped (agar to'r parallelepipedlardan tashkil topgan bo'lsa) berilgan
to'rning har qanday boshqa parallelepipedi bilan uch yo'nalishdan
(a;b;c) har biri bo'ylab belgilangan masofaga ko'chirish yo'li bilan
to'liq almashtirilishi mumkin ekanligini .payqash qiyin emas.
Uchta kristallografik yo'nalishlarda uzluksiz ko'chirishlar
yo'li bilan barcha fazoviy to'rni qurish mumkin bo'lgan eng kichik
ko'pqirra, kristall panjaraning elementar katakchasi deb ataladi.
Uch o'lchovli fazoda joylashgan, qirralari bilan birlashgan
elementar katakchalarning yig'indisi fazoviy panjara deb ataladi.
Ushbu katakcha atomlarini qo'shni katakcha atomlari bilan to'liq
mos tushishi uchun zarur bo'lgan, elementar katakchaning eng ki-
chik surilish kattaligini aniqlovchi (a,b,c) kesmalar uzunligi, pan-
jara parametrlari yoki qaytarilish davrlari deb ataladi.
Atomlarning katakchada o'zaro joylashishi atomlarning ushbu
fazoviy panjarada joylashuvini to'liq aniqlaydi'.
Kristallarning atomlar faqat panjara tugunlarida (faqat asosiy
elementar katakchaning uchlarida) joylashgan oddiy fazoviy pan-
jaralari va asosiy elementar katakchaning ichida aynan bir xil
joylarda ham atomlar joylashgan murakkab fazoviy panjaralarini
farqlaydilar.
Kristallar yoki kristallarning fazoviy panjarasi tuzilishini
bayon etish uchun odatda koordinat tizimi tanlab olinadi. Uning
o'qlari bo'lib, bir nuqtadan (panjara tugunidan) o'tuvchi,
kristallning asosiy tugun chiziqlari bilan mos tushuvchi uchta
to’g’ri chiziq, (masalan 1-rasmdagi a,b,c vektorlar bilan yo'nalishi
mos tushuvchi to’g’ri chiziqlar), xizmat qiladi. Bunda
kristallografik tizim o'qlarini kristallning simmetriyasiga mos ra-
vishda tanlab olinadi. Kristallografik o’qlar tizimida fazoviy pan-
jaraning elementar katakchasi shakli kristallografik o’qlar orasidagi
uchta koordinat burchagi a, p, y va panjaraning uchta parametri a,
b, c yordamida ifodalanishi mumkin.
Metallar fazoviy kristall panjarasining asosiy elementar ka-
takchalarini namunaviy shakllari 2 - rasmda keltirilgan.



  1. rasm. Kristall panjaraning elementar katakchalari.

Kubsimon panjaralar (2-rasm, a va b) a - 0 = y burchaklar
tengligi vaa = b = c panjara parametrlarining o’zaro tengligi bilan
ajralib turadi. Agar kubsimon panjarada elementar katakcha kubin-
ing uchlarida joylashgan atomlardan boshqa, kub markazida
joylashgan atom ham bo’lsa, unda bunday panjara hajmiy mark-
azlashtirilgan kubsimon deb ataladi. Kub tomonlarining markazida
joylashgan atomiarga ega bo’lgan kubsimon panjara . ■ -
tomonlari markazlashtirilgan kubsimon deb ataladi. Geksagonal
panjaraning elementar katakchasi (2 - rasm, v) a = P = 90° va y
=120° burchaklar qiymati va panjaraning faqat ikkita parametrini
o'zaro tengligi a = b c bilan ajralib turadi.
Panjaralarning keltirilgan uch turi ko'plab metallarga taa-
lluqlidir.
Hajmiy markazlashtirilgan kubsimon katakchali panjaraga
masalan, metallar: a- va P- ternir, litiy, vanadiy, volfram,
molibden, xrom, tantal egadir; alyuminiy, y- ternir, oltin, mis, ni-
kel, platina, qo'rg'oshin, kumush metallari tomonlari
markazlashtirilgan kubsimon katakchali panjaraga ega; geksagonal
zich joylangan katakchali (ya'ni, prizmaning ichida uchta atomga
ega bo'lgan, 2-rasm, v) panjara magniy, rux, beriliy, kadmiy,
kobalt, a - titan metallarida bo'ladi.









j//.



















/




f

























(112)




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə