Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

^haq =^sh V" Mh"

(1-17)
C ning tbpilgan qiymatini (1.16) tenglamaga qo'yib, ushbuni


(1.10) va (1.17) tenglamalardan cho'zilishning (bo’yin hosil


bo’lishi boshlanguncha) har qanday paytidagi R kuchni aniqlash
uchun formula topilishi mumkin:
(1.18)

  1. ifodani differensiallab va dP=0 (bo’yin hosil bo’lishi
    boshlanishi payti uchun) tenglab olib, ushbuni topamiz:

n = v|/sh /(1-Kj/sh)
n ning topilgan qiymatini (1.17) tenglamaga qo’yib, crsh ni
cr = -—£1— nisbat bo'yicha ah bilan almashtirib, uzil-
(1-7A/,)
kesil ushbuni hosil qilamiz.

(1.19)
S.I.Gubkin taklif etgan (1.19) formula, ahaq ning hisoblangan


qiymatlarini daliliy qiymatlar bilan taqqoslash ko'rsatishicha,
mustahkamlanishning haqiqiy kuchlanishlar kattaligiga ta’siri ta-
biati va darajasini yetarlicha to’g’ri ifodalaydi.

  1. Deformatsiya temperaturasi va tezligini deformatsiyalash
    jarayoniga ta’siri


Yuqori temperaturalardagi deformatsiya, qaytish va re-
kristallizatsiya.
Oldinroq mustahkamlanish bilan kechadigan sovuq
deformatsiya mexanizmi yozilgan edi. Deformatsiyalanayotgan
metall temperaturasi oshishi bilan unda mustahkamlanishga teskari
bo'lgan yangi jarayonlar, qaytish va rekristallizatsiya paydo
bo'ladi. Shunday qilib, deformatsiya jarayonida yuqori temperatu-
ralarda bir vaqtda mustahkamlanish ham, va shuningdek,
bo'shalish jarayonlari ham sodir bo'ladi.
Sovuq deformatsiyalarda alohida donachalardagi sirpanish
tekisliklarining turlicha yo'nalganligi, deformatsiyalarning xomaki
mahsulot hajmida notekis taqsimlanishi, donachalarning shakli,
o'lchami va xossalaridagi farq oqibatida ular kattaligi har xil
bo'lgan elastik deformatsiyaga duchor bo'ladi. Shu bilan birga
sovuq deformatsiyada kristall panjaraning qiyshayishi ortadi. Nati-
jada tashqi kuchlar olingandan so'ng sovuq deformatsiyalangan
metallda qoldiq kuchlanishlar hosil bo'ladi.
Ma'lum temperaturagacha qizdirib deformatsiyalashda
atomlarning issiqlik tebranishlari amplitudasi shunchalik ortadiki,
bu atomlarni muvozanat holatiga o'tishini engillashtiradi. Shu
munosabat bilan yuqorida ko'rsatilgan elastik deformatsiyalar sezi-
larli darajada tekislanadi. O'shancha krisstal panjarani hosil
bo'ladigan qiyshayishlari ham kamayadi. Bu esa tashqi kuchlar
olingandan so'ng qoldiq kuchlanishlarning keskin kamayishini
ta'minlaydi (agar xomaki xom ashyoni deformatsiyalashdan keyin
notekis sovutishda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan termik kuchlan-
ishlarni hisobga olinmasa). Bu hodisani qaytish (dam olish) deb
ataladi.
Toza metallar uchun qaytish (0,25-0,30)Terish dan ortiq mutlaq
temperatu ral arda namoyon bo'ladi. Bu yerda Te,.iSh - erish mutlaq
temperaturasi. Metallda eruvchi aralashmalar mavjudligi qaytish
temperaturasining ortishiga olib keladi.
Ishlov berish jarayonida qaytish deformatsiyalashga qarshi-
likni qandaydir kamayishi va plastiklikni ■ oshishiga olib keladi.
Shunga qaramay qaytish temperaturalarida deformatsiyalash, uning
jadalligi bir oz kam bo’lsa ham, mustahkamlanish bilan birga ke-
chadi.
Qaytish mavjud bo'lgan deformatsiyada, shuningdek u
bo'lmaganda ham, metallning eng jadal oqish yo'nalishida
cho'ziladigan donachalarning o’lchami va shakliga qaytish ta'sir
ko’rsatmaydi. Shuningdek qaytish deformatsiyada tekstura hosil
bo'lishiga qarshilik ko’rsatmaydi.
Qaytish vaqt mobaynida sodir bo’ladi; temperatura oshishi
bilan qaytish tezligi ortadi. Shu munosabat bilan qaytish ta'siri
temperatura va deformatsiya tezligi orasidagi nisbatga bog’liq
bo'ladi. Berilgan temperaturadagi deformatsiya tezligini oshishi
qaytish ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Metallni sovuq deformatsiyalashdan so’ng uni qizdirish
(bo’shatish)da ham qaytish ro’y beradi.
Sovuq deformatsiyalangan metallni qaytish temperaturasi-
gacha qizdirish uning mexanikaviy xossalarining ko’rsatkichlariga
uncha sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi (mustahkamlik ko'rsatkichlari
ozgina kamayadi, plastiklik ko'rsatkichlari esa bir qancha ortadi).
Qaytish (bo'shatish) sovuq deformatsiyalangan metallni
korroziyaga qarshiligini oshirishi va o’z- o’zidan darz ketishi
imkoniyatini keskin kamaytirishini ta'kidlab o’tish kerak. Bunday
hodisa sovuq shtamkovkalab olingan, ayniqsa jezdan tayyorlangan
detallarda kuzatiladi va kristallitlararo korroziya hisobiga buzi-
lishga qarshilik kamayganda, qoldiq kuchlanishlar ta'siri ostida
ro’y beradi.
Ba’zi metall va qotishmalarda, masalan, uglerodli po'latda,
qaytish temperaturalarida, mexanik xossalarga qaytishga qarama-
qarshi bo’lgan ta'sir ko'rsatuvchi, eskirish hodisasi kelib chiqishi
mumkin. Eskirish mustahkamlik ko'rsatkichlarining oshishiga va
bir vaqtning o’zida plastiklik ko’rsatkichlari kamayishiga olib ke-
ladi. Eskirishning fizik tabiati hali uzil- kesil aniqlanmagan.
Eskirish jarayonida mexanik xossalarni o'zgarishi aralashma
qo’shimchalarning mayda dispersli zarralari sirpanish tekisliklari
bo’yicha to'kilishi natijasida ro’y beradi deb taxmin qilinadi.
Deformatsiyalanayotgan metall temperaturasini qaytish tem-
peraturasidan ortishi rekristallizatsiya jarayoni kelib chiqishiga olib
keladi. Plastik deformatsiyalashdagi rekristallizatsiya kurtak hosil
bo’lishi, deformatsiyalangan o'rniga yangi donachalar paydo
bo’Iishi va o’sishidan iborat bo'ladi.
Deformatsiyalanayotgan metall temperaturasining oshishi
atomlar energiyaviy potensialini shunchalik ko’taradiki, ular qayta
guruhlanish va jadal o’rin almashinish imkoniyatini oladi. Bu rek-
ristallizatsiyaning o'tishi imkoniyatini yaratadi.
Deformatsiyalanayotgan metallda mavjud bo'lgan, deformat-
siya jarayonida qiyshaymagan, nisbatan to’g’ri panjarali katak-
chalar (mozaikaning alohida bloklari, sirpanish tekisliklaridagi yoki
chegaraviy, donalar aro qatlamlardagi donachalar bo'laklari),
donachalarning kurtaklariga aylanadi.
Panjara parametrlariga mos ravishda, qo'shni kurtakchali
donachalarning atomlari bu kurtakchalarga yondoshib qatorlashadi
va yangi donachalar o’sa boshlaydi. Yangi donachalarning
o'lchamlari kattalashadi va vaqt o'tishi bilan ular
deformatsiyalangan donachalarning atomlarini to'liq yutib
yuborishi mumkin. Yangi donachalarning kurtakchalar atrofida
o'sish imkoniyati hamma yo'nalishlar bo’yicha bir xil bo'lganligi
oqibatida, yangi kurtakchalardan tashkil bo'ladigan donachalar teng
o’qli, ya’ni hamma yo'nalishlar bo’yicha o'rtacha bir xil
o’lchamga ega bo'ladi.
Shunday qilib, metallning rekristallizatsiya temperaturasidan
yuqori temperaturalardagi deformatsiyasi ikkita o'zaro qarama-
qarshi va bir paytda ta'sir qiladigan jarayonlar: donachalarning
deformatsiyasi (mustahkamlanishi) va ularning rekristallizatsiyasi
bilan birga kuzatiladi.
Rekristallizatsiya jarayoni vaqt bo’yicha temperaturaga va
deformatsiya darajasiga bog'liq bo'lgan qandaydir tezlik bilan
sodir bo’ladi.
Deformatsiyalanayotgan jism olayotgan temperatura va
deformatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, rekristallizatsiya
tezligi shunchalik yuqori bo’ladi. Oxirgi natija deformatsiya va
rekristallizatsiya tezligi orasidagi nisbatga bog'liq bo'ladi. Agar
rekristallizatsiya tezligi deformatsiya tezligidan katta bo’lsa, nati-
jada deformatsiyalangan metallning hamma donachalari teng o’qli
shaklni oladi, kristallik tuzilishi esa deformatsiyalanmagan
donachalar tuzilishiga mos keladi va metall xossalarining
mustahkamlanishini keltirib chiqaradigan o'zgarishlar sodir
bo'lmaydi.
A.A. Bochvar ma'lumotlari bo'yicha toza metallar uchun
rekristallizatsiyaning boshlanish temperaturasi ushbu nisbatdan
aniqlanadi:
T rekr >= 0’4 Tersh,
bu yerda: Trek- rekristallizatsiyaning mutloq temperaturasi; Terish -
erish mutloq temperaturasi.
Eriydigan aralashmalar borligi rekristallizatsiya temperatu-
rasini bir oz oshiradi.
Rekristallizatsiya jarayonida kristallit ichida ham, donachalar
chegaralarida ham atomlar diffuziyasi kuchayadi. Bu do-
nachalarning kimyoviy bir xil emasligini tekislashga va kristallitaro
deformatsiya natijasida donachalar chegaralarida paydo bo'ladigan
shikastlanishlarni olib tashlashga yordam beradi.
Rekristallizatsiya bilan deformatsiyalangan metalldagi teng
o'qli donachalarning o'lchamlari rekristallizatsiya sodir bo'ladigan
temperaturaga, deformatsiya darajasiga, shuningdek deformatsiya
tezligiga bog'liq bo'ladi. Rekristallizatsiyali deformatsiyadan so'ng
donacha kattaligi, temperatura va deformatsiya darajasi orasidagi
bog'lanishni odatda rekristallizatsiyaning (ikkinchi xildagi) hajmiy
diagrammalari bilan tasvirlanadi. Bu diagrammalar maxsus
o'tkazilgan tajribalarning natijalari bo'yicha quriladi va har bir
metall va qotishma uchun xususiyatli hisoblanadi. 16- rasmda kam
uglerodli po'latning hajmiy rekristallizatsiya diagrammasi tasvir-
langan. Boshqa metallar va qotishmalar uchun rekristallizatsiya
diagrammalari ham o'xshash xususiyatga ega bo'ladi.
Rekristallizatsiyali deformatsiyadan so'ng donacha kattaligini
deformatsiya darajasiga bog'liqligini alohida xususiyati bo'lib,
deformatsiyaning kritik darajasi deb ataluvchi, rekristallangan
donachalarning o'lchamini keskin kattalashuvi kuzatiladigan kat-
talik mavjudligi hisoblanadi.
Deformatsiyaning kritik daraj'asi kattaligi, rekristallizatsiya
boshlanishi temperaturasiga yaqin bo'lgan temperaturalarda odatda
8 - 10% dan oshmaydi va temperatura oshishi bilan kamayib
boradi (deformatsiyani kritik darajasi koordinata boshiga suriladi).

16-rasm. Kam uglerodli po'latning hajmiy


rekristallizatsiya diagrammasi
Deformasiyaning kritik darajasi mavjudligini quyidagi tarzda
tushuntirib berish mumkin. Deformasiyaning dastlabki bosqichida
deformasiya asosan donachani o’rab turgan kristallararo modda
buzilmasdan kristallit ichidagi jarayonlar hisobiga ro’y beradi.
Buning natijasida, donachalar o’lchamining rekristallizatsiyada
ularni birlashishi yo’li bilan kattalashuvi qiyin bo'ladi. Bundan
tashqari deformatsiyalarning nisbatan kichik qiymatida hosil
bo'lgan - kristallitning singan bo’lak parchalari soni katta emas,
demak mumkin bo'lgan rekristallizatsiya markazlari soni ham ko’p
emas. Kritik darajalarda rekristallizatsiya markazlari soni ko’p
bo’lmaydi (bir oz ko'payadi), biroq kristallararo modda qisman
buziladi, bu kristallarning bir - biriga bevosita tegishiga olib ke-
ladi. Rekristallizatsiya jarayonidagi bu holat qo'shni donachalar
atomlariga rekristallizatsiya markazidan o’sayotgan yangi donacha
qo’ shilishini engillashtiradi. Pirovard natija bir nechta
deformatsiyalanayotgan donachalarni bittaga birlashishiga, ya'ni
rekristallangan donachalar oTchamini kattalashishiga olib keladi.
Deformatsiya darajasini bundan keyingi oshishi rekristallizatsiya
markazlari sonining ortishiga olib keladi, demak, rekristallan-
gan donachalar soni ortadi. Bu berilgan jism hajmida ularning
o’Ichami kamayishini keltirib chiqaradi.
Temperatura ortishi bilan kristallararo moddaning
mustahkamligi kamayadi, kristallitlarni bir - biriga bevosita tegishi
deformatsiyaning kichik darajalarida ro’y beradi, bu deformatsiya
kritik darajalarini koordinat boshiga surilishiga olib keladi. Tcm-
peratura oshishi bilan, bundan tashqari, atomlar qo’zg’aluvchanligi
ortadi, rekristallizatsiya jarayonida qo'shni donachalarning birlash-
ishi engillashadi. Bu deformatsiyaning barcha darajalarida rckristal-
langan donachalar o'lchamining nisbiy kattalashuviga olib keladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə