Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

Sirpanish kristallning yupqa qatlamlarini yonidagilarga nis-
batan parallel siljishdan iborat bo’ladi. Harakat qator tekisliklami
yoki oralig'ida plastik deformatsiya elementlari bo'lmagan juda
yupqa qatlamlarni (sirpanish yo'llarini) qamrab oladi.
Sirpanish yo'llari bir-biridan o’rtacha 1 mkm atrofidagi
masofada ketma-ket saflanadi, bu vaqtda qo'shni atom tekisliklari
orasidagi masofa esa 10 4 mkm raqami bilan ifodalanishi tajriba
yo’li bilan aniqlangan.
Monokristallning sirpanish yo’li bilan deformatsiyalanishi 6 -
rasmda keltirilgan mis va alyuminiy qotishmasi monokristallini
cho’zilishga uchragan namunasi fotosuratidan yaqqol ko'rinib
turibdi.

6-rasm. Monokristallning sirpanish yo’li bilan deformat-


siyalanishi.
Monokristallarda sirpanish aniq kristallografik tekisliklar
bo’yicha ro’y beradi. Bularni sirpanish tekisliklari deyiladi. Odatda
atomlar joylashuvining eng katta zichligiga ega tekisliklar sirpanish
tekisliklari bo'lib hisoblanadi, atomlararo masofalar minimal kat-
talikka ega bo’lgan yo'nalishlar esa sirpanish yo’nalishi bo’lib hi-
soblanadi. Masalan, yon tomoni markazlashgan kubsimon kristall
panjarali metallarda odatda (111) turidagi oktaedr tekisliklari sir-
panish tekisliklari hisoblanadi, (101) turidagi yo'nalish esa sir-
panish yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.
Geksagonal kristall panjarali metallarda odatda sirpanish
tekisligi bo’lib (0001) turdagi bazis tekisligi, sirpanish yo'nalishi
bo'lib esa, oltiburchakning diagonaliga mos tushadigan (100)
turdagi (bu katakchaning asosi) yo'nalish hisoblanadi.
Atomlaming qandaydir kristallik tekisliklari bo'yicha siljishi
mumkinligiga temperatura ancha sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Tem-
peraturaning oshishi qator hollarda shunga olib keladiki, bunda
sirpanish jarayoni, xona temperaturasida sirpanish bo'ladigan tekis-
liklardan farqli, boshqa tekisliklar bo'yicha amalga oshishi mum-
kin. Masalan, geksagonal zieh joylashgan panjarali metallarda xona
temperaturasida bitta sirpanish tekisligi - (0001) bazis tekisligi
bo'ladi, 200° dan oshiq temperaturada esa qo'shimcha (0111) yoki
(1012) turidagi tekisliklar bo'yicha sirpanish imkoniyati paydo
bo'ladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə