Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə9/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

Issiq deformatsiya deb rekristallizatsiya to'liq ro’y berib ul-
guradigan jarayonga aytiladi. Metall issiq deformatsiya natijasida
mustahkamlanishning hech qanday izlari bo'lmagan, to’liq rek-
ristallangan teng o’qli mikrotuzilish (mikrostruktura) oladi. Issiq
deformatsiya, deformatsiya tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha
ko’p darajada rekristallizatsiya boshlanish temperaturasidan ortiq
bo’lgan temperaturalarda amalga oshiriladi.
To’liq bo’lmagan issiq deformatsiyada rekristallizatsiya
to’liq sodir bo’lmaydi. To’liq boTmagan issiq deformatsiyada me-
tallda uni deformatsiyalashda, shuningdek deformatsiya tugagandan
keyin bir vaqtda ikkita har xil turdagi mikrotuzilish: rekristallan-
gan (teng o’qli donachalar bilan) va rekristallanmagan (cho’zilgan
donachali) joy olishi mumkin. Deformatsiyalangan donachalar bi-
lan bir qatorda rekristallangan donachalar boTishi deformatsiya
notekisligini oshishiga olib keladi. Bu metall plastikligini kamayi-
shi va buzilish ehtimolini ko'payishiga yordam beradi. ToTiq
boTmagan issiq deformatsiyada olingan deformatsiyalangan metall
kattaligi bo'yicha ancha ko’p qoldiq kuchlanishlarga ega boTib,
ular plastiklik yetarli boTmaganda metallning buzilishini keltirib
chiqara oladi.
ToTiq boTmagan issiq deformatsiya rekristallizatsiya
boshlanish temperaturasidan ozgina oshadigan deformatsiya tem-
peraturalarida bo'lishi mumkin. Shu bilan birga uning paydo
bo'lish ehtimoli deformatsiya tezligi oshishi bilan ko'payadi.
To'liq bo'lmagan issiq deformatsiyani amaliyotda qo'llashdan
iloji boricha qochish kerak, chunki u bolg'alash sifati past
bo'lishiga sabab bo'ladi. Deformatsiyaning bu turi kichik rekristal-
lizatsiya tezligiga ega bo'lgan qotishmalarda (masalan, ko'p fazali,
metastabil tizim bo'lgan ba'zi alyuminiy va magniy qotishmalari)
oson paydo bo'ladi. Shuning uchun ularni deformatsiyalash kichik
tezliklar bilan o'tkaziladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə