Abdullayev f. S., Mahkamov q. X



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/24
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107168
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Abdullayev F.S.,Metallarni bosim bilan ishlash

4000 -

0 20 4060%

17-rasm. Rekristallizatsiya egri chiziqlarida ikkinchi mak-


simum kuzatilishi.
Ba’zi nav po’latlarda, juda yuqori deformatsiya darajalarida,
rekristallizatsiya egri chiziqlarida ikkinchi maksimum kuzatilishi
(17-rasm) tadqiqotchilarning qator ishlarida ko'rsatib o’tilgan.
Yana rekristallizatsiyadan so'ng donachalarning kattaligi qi-
zitilgan metallni rekristallizatsiya temperaturasidan ortiq tempera-
turada tutib turish davomiyligiga ham bog'liqdir. Uzoq vaqt tutib
turilganda, ilgari bayon qilingan ishlov berish rekristallizatsiyasi-
dan farqli ravishda, yig’iluvchi rekristallizatsiya deb ataluvchi
hodisa kuzatiladi. Uning mohiyati shundaki, ishlov berish rekristal-
lizatsiyasi natijasida hosil bo'lgan teng o’qli donachalar o'lchami
birlashish hisobiga kattalashadi.
Yig’iluvchi yoki yuza rekristallizatsiyasi ishlov berishdagi
rekristallizatsiyaga qaraganda sekinroq ro’y beradi. Yig'iluvchi
rekrlstallizatsiyada donachalarning o'sish imkoniyati atomlarni
qayta qurish jarayonida potensial energiyaning minimumiga javob
beradigan holatni egallashga intilishidan kelib chiqadi.
Donachalarning sirtqi qatlamlarida bo’lgan atomlarning o'zaro
joylashishidagi to’g’rilikni buzilishi polikristallda to’plangan
potensial energiyani oshiradi. Donachalar o'lchami oshganda ularn-
ing jamlangan yuzasi kamayadi, demak, jismda to'plangan po-
tensial energiya ham kamayadi. Rekristallizatsiya boshlanishi
temperaturasidan ancha orttirilgan temperaturada yig’iluvchi rek-
ristallizatsiya ayniqsa jadal sodir bo'ladi.
Rekristallizatsiya shuningdek sovuq deformatsiyalangan me-
tallni rekristallizatsiya boshlanish temperaturasidan bir oz ortiq
temperaturagacha qizdirganda ham (past yoki rekristallizatsiya
yumshatishi) sodir bo’ladi.
Sovuq deformatsiyalangan metallni rekristallizatsiyasi nati-
jasida hosil bo'lgan donachalar kattaligi boshlang’ich xom ashyo
yoki uning alohida joylari olgan deformatsiya darajasiga, rekristal-
lizatsiya temperaturasi va bu temperaturada tutib turish vaqtiga
bog’liq bo’ladi.
Donacha kattaligining bu omillardan bog'liqlik xususiyati il-
gari ko’rib o'tilganga o'xshash. Bu holda ham deformatsiyaning
kritik darajalari mavjud bo’lib, unda rekristallangan donachalarning
o’lchamlarini ancha kattalashuvi kuzatiladi, buning ustiga qizdirish
temperaturasi qanchalik yuqori bo’lsa, donachalar o'lchamining
oshishi shunchalik katta bo'ladi. Nihoyatda katta darajada
deformatsiya olgan va deformatsiya teksturasiga ega bo'lgan sovuq
deformatsiyalangan metallni rekristallizatsiyasi teksturani
yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Biroq, rekristallizatsiya doimo
ham uni yo’qotilishiga olib kelmaydi. Deformatsiya teksturasiga
ega bo’lgan metallni rekristallik yumshatish natijasida teksrekristal-
lizatsiya deb ataluvchi, rekristallangan teng o’qli donachalarning
kristollografik o'qlari fazoda ustuvor yo'nalishli holat hosil
bo'lishi mumkin (ko’pchilik donachalar kristallografik o’qlarining
fazoda yo'nalishi bir xil bo’ladi).
Rekristallizatsiya teksturasi deformatsiya teksturasiga aynan
o'xshash bo'lishi mumkin, lekin undan farq qilishi ham mumkin,
ya’ni jismda kristallografik o’qlarning ustuvor mo’ljalli yo’nalishi
rekristallizatsiyadan so’ng o’zgaradi.
Rekristallizatsiya teksturasini paydo bo’lishi chamasi shunday
tushuntiriladi; deformatsiyalangan metallda bo'lgan yangi
donachalar kurtaklari fazoda kristallografik o’qlarning ustuvor
mo'ljaliga ega bo’ladi. Rekristallizatsiya teksturalari dastlabki
deformatsiya teksturasiga aynan o'xshash bo’lishi mumkin, lekin
ulardan ancha farq qilishi ham mumkin. Rekristallizatsiya tekstu-
rasi, shuningdek, deformatsiya teksturasini yumshatishdan so’ng
yangi tekstura hosil qilmasdan yo'qotish imkoniyati qotishma
tarkibi va aralashmalar miqdoriga, sovuq deformatsiyalashda
olingan deformatsiya darajasiga, deformatsiya teksturasi
xususiyatiga, yumshatish temperaturasi va uning davomliligiga
bog’liq bo'ladi. Rekristallizatsiya teksturasining bo’lishi yumshatil-
gan metallda mexanikaviy xossalarning anizotropiyasiga olib ke-
ladi. Bu bosim bilan ishlov berib olingan detalning xizmat
xususiyatlarida yoki yumshatilgan dastlabki xom ashyoni keyin-
chalik plastik deformatsiyalashdagi o’zini tutishida aks etishi
mumkin. Masalan, yumaloq yassi dastlabki xom ashyodan stakan
tortib olishda festonlar (quloqlar) hosil bo’lishi jo'valangan (va
yumshatilgan) metallda (tunukada) rekristallizatsiya teksturasi
bo'lganligining natijasi hisoblanadi.

  1. Metallarga bosim bilan ishlov berishdagi
    deformatsiyalarning turlari


Ilgari bayon etilganlardan ko'rinadiki, bosim bilan ishlov
berishda, umumiy holda, metallda o’zaro qarama -qarshi bo'lgan
jarayonlar: mustahkamlanish jarayoni va bo'shatuvchi jarayonlar
(qaytish va rekristallizatsiya) bir vaqtning o’zida sodir bo'lishi
mumkin.
U ham, deformatsiya sharoitlari (temperatura, deformatsiya
tezligi va darajasi) va deformatsiyalanayotgan metall tabiati sabab
bo'lgan boshqalari ham, vaqt mobaynida muayyan tezlik bilan
sodir bo'ladi. Jarayonlardan qaysi biri ustuvor bo'lishiga bog'liq
holda, deformatsiya natijalari turlicha bo’ladi.
S.I.Gubkin bo'yicha issiq, to’liq bo'lmagan issiq, toTiq
bo'lmagan sovuq va sovuq deformatsiyalarni farq qiladilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə