Reja: Bir komponentli sistemalar



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#160657
  1   2
Reja Bir komponentli sistemalar (1)

Bir komponentli sistemalar. Suv va oltingugurtning holat diagrammasi. Klauzius – Klapeyron tenglamasi.

Reja:

1.Bir komponentli sistemalar

2. Suv va oltingugurtning holat diagrammasi

3. Klauzius – Klapeyron tenglamasi..




Bir komponentli sistemalarda komponentlar soni faqat birga teng, ya’ni, K= 1 bo‘lib, ayrim fazalar shu moddaning turli agregat holatlarini ko'rsatadi: (Фй 3) bo‘ladi va F= 3 —F. Agar Ф=3 bo'lsa, F= 0 bo'ladi, Ф= 2 bo'lsa, F= 1 bo'ladi, Ф = 3 bo'lsa, F= 2 bo'ladi.

Sistema holatini aniqlovchi o'zgaiuvchan parametrlaming qiymatlari orasidagi bog'lanishni topish uchun yagona metod sifatida temperatura, bosim va muvozanat sistemadagi komponentlar konsentratsiyasi (yoki hajmi)ni bevosita o'lchashdan foydalaniladi

Qo'lga kiritilgan ma’lumotlaidan foydalanib, holat diagrammalar tuziladi. Bir necha fazadan iborat muvozanat holatidagi sistemaning xarakterli belgisi ikkita: biri — moddalaming barcha fazalardagi kimyoviy potensiallari biri-birinikiga teng (bir xil qiymatga ega), ikkinchisi — fazalaming temperaturalari ham birdek bo'ladi

Bir necha fazadan iborat sistema muvozanat holatiga kelganida ham molekulalaming bir fazadan boshqa fazaga o'tish jarayonlari to'xtamaydi. Masalan, ≪suv — suv bug'i≫ dan iborat muvozanat sistemada molekulalar har doim suvdan bug'ga va, aksincha, bug'dan suvga o'tib turadi.

Muvozanat holatida suvning bug'lanish tezligi bug'ning kondensatlanish tezligiga teng bo'ladi. Binobarin, muvozanat bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan, lekin bir xil tezlik bilan boradigan ikki jarayon tufayli qaror topadi.

Klauzius— Klapeyron tenglamasi faza o'zgarishida bosimning temperatura koeffitsiyenti bilan faza o'zgarish issiqligi orasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Bu tenglama modda holati o'zgarishining qator-qator turlarida, masalan, bug'lanish, suyuqlanish, moddaning bir allotropik ko'rinishidan boshqa allotropik ko'rinishga o'tishi kabi jarayonlarda qo'llanila oladi.


Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə