4-mavzu. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. Asosiy savollar



Yüklə 148,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü148,57 Kb.
#150886
  1   2   3   4   5   6
2.2 mavzu



4-mavzu. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. 
Asosiy savollar: 
1.
Motivatsiyaning irratsional va ratsional nazariyasi. 
2.
Psixoanalizda motivatsiya. 
3.
Bixeviorizmda motivatsiya muammosi.
4.
K.Levin maydon nazariyasining umumiy holati. 
5.
A.Maslou extiyojlar ierarxiyasi.
6.
Mak Gregorva Gertsber motivatsiya nazariyalari. 
7.
Xakman va Oldxemning ishchi motivatsiya modeli.
8.
Yo’nalishlariga ko’ra mehnat faoliyati tahlili. 
9.
Protsessual nazariya va adolatlilik nazariyasi. 
10.
A.N.Leontev faoliyat nazariyasining umumiy holati.
11.
M.Sh.Magomed-Eminovning motivatsiyami tizimli-dinamik modeli.
12.
E.P.Ilin nazariyasida motiv integral tuzilma sifatida. 
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan 
yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik 
maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar 
mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning 
ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, 
I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, 
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, 
V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu 
mualliflarning qarashlari oldingi hisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to‘xtalishga hojat 
yo‘qdir. 
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika 
mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu 
psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga 
harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz
strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya
gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar. 

Yüklə 148,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə