4-mavzu. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. Asosiy savollar


Motivatsiya muammosini yoritishda psixologiya va eksperimental psixologiyada bir



Yüklə 148,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü148,57 Kb.
#150886
1   2   3   4   5   6
2.2 mavzu

Motivatsiya muammosini yoritishda psixologiya va eksperimental psixologiyada bir 
qator tushunchalarga tayanilgan: iroda, instinkt, qo‘zg‘alish, ehtiyoj, harakatlantiruvchi 
kuch, motiv, sabab va boshqalar. Bugungim kunga kelib esa motivatsiya nafaqat ta’limni 
yoki xulq-atvorni, balki idrok, tasavvur va tafakkurni tushuntirishda ham qo‘llanilmoqda. 
Motivatsiyani dastlab irodaviy akt sifatida o‘rganilganligi fanda mavjud. 
 
 
 
Дарвин 
1859 
Вундт 
1874 
Джеймс 
1890 


 
1-sxema. Motiv tadqiq etish yo‘nalishlari 
2.Psixoanalizda motivatsiya.
Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivatsiya ortganlik 
ravishda inson mayllariga xosdir, degan g‘oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi 
qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. 
Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o‘rtasida hech qanday 
tafovut yo‘qdir. Ongsizli ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivalari va ehtiyojlari 
muammosini ishlab chiqayotir, motivatsiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish 
shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potensiya sifatida talqin 
etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining 
irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi. Uningcha, «u» 
tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql 
darajalari, ko‘rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulsiv 
shakldagi mutlaqlashgan qo‘zg‘ovchilarni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Ushbu 
qo‘zg‘atuvchilar (turtkilar) ning impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqiydiylik, 
ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini 
mutlaqlashtirish bo‘lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo‘zg‘atuvchilar 
yotadi. Z.Freyd takidlab o‘tgan dinamik xususiyatlar va xossalari mohiyatida motivatsiyaning 
chuqur asosiy manbasini ko‘radi. Uning konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli 
jinsiy instinkt hamda uning transformatsiyasi ustuvor o‘rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar hisoblanmish 
A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o‘tamiz. A.Adlerning fikricha, insonni 
harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo‘llari 
hukumatga va qudratga erkdir. Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan 
ma’lumotlar mohiyati Freyd tomonidan kiritilgan psixika tushunchasi va uning harakatlantiruvchi 
nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xorning nuqtai nazaricha, inson 
qanchalardir tug‘ma kuchlarga ega bo‘lib, uning negizi bolalarcha yordamga muhtojlikka 
qurilgandir, bu holatlar birlamchi bezovtalanish tuyg‘usida va tug‘ma qo‘rqinch hissida o‘z 
ifodasini topadi. Xorning ta’kidlashicha, inson xulqining motivatsiyasi boshqa motivlar yordami 
bilan aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga muhtojlik 
keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug‘diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni 
boshqa odamlar tomonidan baholash va o‘z-o‘zini baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga 
keltiradi. Fromm ham o‘z qarashlarida libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni 
qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o‘zaro ta’sir 
o‘tkazish jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga keltirishga olib 
keladi, shuningdek, o‘z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tanholik hissiyotidan forig‘ 
bo‘lishga intilish tuyg‘usi inson motivizatsiyasini va uning xulq shakllarini aniqlaydi. 
Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir qiluvchi intim omillariga va uning 


motivatsiyasiga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo‘lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning 
harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tug‘ma kuchlar asosiy o‘rinda turadi.

Yüklə 148,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə