Reja: Motivatsiya tushunchasi va evolyutsiyasi. Motivatsiyaning mazmunli nazariyalari. Motivatsiyaning jarayonli nazariyalari. Motivatsiya va ish xaki. Motivatsiya tushunchasi va evolyutsiyasi



Yüklə 16,28 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü16,28 Kb.
#146654
  1   2   3   4
Motivatsiya tushunchasi va evolyutsiyasi-fayllar.org


Motivatsiya tushunchasi va evolyutsiyasi

Boshkaruvda motivatsiya.


Reja:


  1. Motivatsiya tushunchasi va evolyutsiyasi.


  2. Motivatsiyaning mazmunli nazariyalari.


  3. Motivatsiyaning jarayonli nazariyalari.


  4. Motivatsiya va ish xaki.


MOTIVATSIYA TUSHUNCHASI VA EVOLYUTSIYASI. Motivatsiya – bu uzini va boshkalarni shaxsiy yoki tashkilot maksadlariga erishish uchun faoliyat uilishga yunaltirish jarayoni.
Tashkilot vazifalarini yaxshi bajarish uchun odamlarga ta’sir etish mumkin. Eng birinchi kullanilgan usullardan biri bu kamchin va kulcha usuli bulgan. Taxminan 1910 yilda «Ilmiy boshkaruv maktabi» vujudga keldi, texnologiya rivojlanishiga karamasdan, ishchilar shart-sharoiti yaxshilanmadi. Teylor va uning zamondoshlari motivatsiyani «kamchin va kulcha» usulini takomillashtirib, «yetarli kunlik ishlab chikarish» usulini kullay boshlashadi, ya’ni maxsulot ishlab chikishiga karab ish xaki tulanar edi.
Boshkarishda psixologiyaning kullanilishi natijasida, ya’ni Elton Meyo ishidan keyin motivlashtirishda «kulcha va kamchin» usuli yetarli bulmaganligi va xali aniklanmagan, katta saloxiyat borligi aniklandi. Elton Meyo uz davrining ukimishli kishilaridan biri edi va ilmiy boshkarish xakida yaxshi tushunchaga ega edi, xuddi shunday boshkaruv soxasi buyicha xam. Tajribalar natijasida Meyo shunga ishonch xosil kildiki, raxbarlar xodimlarning psixologiyasini xisobga olishi kerak.
1920 yilning oxirida Meyo va uning xodimlari bilan Xoutornda eksperiment utkazildi, bunda ishchi ish joyida urganildi. Xoutornda ishlagan gurux xulosalari natijasida, yangi menendjment yunalishiga asos soldi, bu «insoniy munosabatlar» konsepsiyasi, bu nazariya 1950 yillarning urtalarigacha boshkaruv nazariyasida yetakchilik kildi.
Ammo Xoutorndagi eksperiment ishlashga yunaltiradigan motivatsiya modelini bermadi. Motivatsiyaning psixologik nazariyasi kechrok vujudga keldi, anikrogi 1940 yillardan boshlanib to xozirgi davrgacha rivojlantirilmokda.
Zamonaviy motivatsiya nazariyasini ikki turga ajratish mumkin, Bular: mazmunli va jarayonli nazariyalar.
Extiyoj tushunchasi moxiyatini ochish uchun mayl tushunchasini keltirish zarur. Inson juda kup narsalarga ega bulishga moyil buladi. Boshkacha, maylni xoxish, istak kabi ifodalash mumkin. Ammo kishilar mayllariga ayni vaktda erisha olmasliklarini uzlari xam yaxshi bilishadi. Shunday kilib, extiyojlar, bu – insonga ayni damda fiziologik va psixologik jixatdan nimaningdir yetmasligidir. Mazmunli motivatsiya nazariyasi umuminsoniy extiyojlarni turkumlashga xarakat kildi, ammo shuni aytish kerakki, barcha extiyojlarni anik turkumlash mumkin emas. Xozirgi kunda kupgina psixologlar ikki xil extiyojlar turkumi mavjudligini tan olishgan. Bular birlamchi va ikkilamchi extiyojlar.
Birlamchi extiyojlar uz tabiatiga kura fiziologik va tugma buladi (oziklanishga, dam olishga, chankogini kondirishga bulgan extiyojlar), ikkilamchi extiyojlar tabiatiga kura psixologik buladi (xurmatga, muvaffakiyatga bulgan extiyojlar). Birlamchi extiyojlar genetik utuvchan buladi, ikkilamchi extiyojlar yillar davomida vujudga keladi.
Extiyojni kuzatish va ulchashning imkoniyati yuk. Uning mavjudligini fakatgina inson xatti-xarakatidan aniklash mumkin. Psixologlar, insonni kuzatib shuni anikladilarki, extiyojlar xatti-xarakatga motiv bulib xizmat kiladi. Inson biron bir narsaga extiyoj sezsa, u extiyojni kondirishga intiladi. Intilish – biror bir narsa kamchilik sezganda yunalishni aniklash. Bu extiyoj sezganda xatti-xarakatdir va maksadga erishishga yunaltiradi. Bu yerda maksad deganda, shu extiyojni kondirishda asosiy dastak xisoblanadi. Inson bu maksadga erishsa, extiyoj kondiriladi, kisman kondiriladi yoki aksincha kondirilmasligi xam mumkin.
Extiyojni kondirish darajasi inson kelajagidagi xatti-xarakatini belgilaydi. Kaysi xatti-xarakat inson extiyojini kondirsa, u xatti-xarakatni takrorlaydi, agar kaysi xatti-xarakat inson extiyojini kondirmasa, u bu xatti-xarakatni takrorlamaydi. Menejerlar shunday sharoitni yaratishlari kerakki, bunda xodim tashkilot maksadlari sari intilish natijasida uz extiyojini xam kondira olsin.
Xozirgi kunda odamzotning turli xil anik extiyojlari mavjud. Raxbar doimo extimollik elementini xisobga olishi kerak, chunki motivatsiyada anik bir yaxshi usul yuk. Biror bir kishiga bir motivatsiya usuli ta’sir kilsa, boshkasiga umuman ta’sir kilmasligi mumkin.
Mukofotlar – bu odamzot uzi uchun kadrli deb xisoblagan barcha narsalar. Xar bir odam uchun kimmatli narsa xar xil buladi, demak mukofotga bulgan karash xam turli xil. Raxbar ikkita asosiy mukofot turlari bilan ishlaydi: ichki va tashki. Ichki mukofot – bu ishning moxiyatidir. Masalan, natijaga erishish, uzini xurmat kilish xissiyoti va muvaffakiyat zavki. Ish jarayonida vujudga keladigan munosabat va dustlik xam ichki konikishga misol bula oladi. Ichki konikishni vujudga keltirishning eng oddiy usuli – bu ish joyida kerakli sharoitni yaratish va anik vazifani kuyish.



Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə