|
Siz bu bilimlarni qo‘lingizdagi darslikdan o‘rganasiz
|
tarix | 30.05.2023 | ölçüsü | 2,16 Mb. | | #114142 |
| Okeanlar, muzliklar, materiklar,qit’alar - Yer yuzida yashaydigan kishilar hayoti tabiatga juda bog‘langan. Inson o‘ziga kerakli bo‘lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Odamlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan narsalarni tabiatdan olish uchun mehnat qilishadi.
- Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida Yer yuzi tabiatida o‘zgarishlar, ba’zan zararli o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiat ifloslanadi.
- Bularning oldini olish uchun Yer yuzining turli joylarida va butun geografik qobiqda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish kerak.
- Materiklar, okeanlar va ularning tarkibiy qismlari. Geografik qobiq eng yirik tabiat kompleksidir.
- U tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti bo‘lib, uning tarkibiy qismlari — materik va okeanlar ham alohida tabiat komplekslari hisoblanadi (1- rasm).
- Qadimdan Yer yuzini ikkita yirik muhitga bo‘lishgan: suvli muhit va quruqlik muhiti.
- Suvli muhit yaxlit, shuning uchun uni Dunyo okeani deb atashgan.
- Materik — tektonik tuzilishiga ko‘ra bir butun yirik quruqlikdir. Yer yuzida oltita materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya. Materiklarni o‘rganish Afrikadan boshlanadi. Chunki u tabiatining barcha xususiyatlariga ko‘ra takrorlanmas hamda o‘ziga xos bo‘lgan materikdir.
- So‘ng Avstraliya, Antarktida, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyo ketma-ket o‘rganiladi.
- Shuningdek, Yer yuzi oltita qit’a — Afrika, Avstraliya, Antarktida, Amerika, Yevropa va Osiyoga ajratilgan. Qit’a — kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-madaniy tushunchadir.
- Okeanlar. Dunyo okeanining materiklar oralig‘idagi qismlari okean deyiladi. Dunyo okeani to‘rt qismga bo‘linadi: Tinch okean (180 mln kv km), Atlantika okeani (91 mln kv km), Hind okeani (76 mln kv km) va Shimoliy Muz okeani (14 mln kv km).
- Olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar. Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar okeanlarning kichik qismlaridir. Qirg‘oq chizig‘i. Okean yoki dengiz yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashgan chegara qirg‘oq chizig‘i deyiladi.
- Maydoni: 180 mln km2
- Suv hajmi: 724 mln km3
- O`rtacha chuqurligi: 3976 m
- Eng chuqur joyi: 11022 m
- (Mariana botig`i)
- Sho`rlanish darajasi: 35 0/00
- Maydoni: 93 mln km2
- Suv hajmi: 337 mln km3
- O`rtacha chuqurligi: 3597 m
- Eng chuqur joyi: 9207 m
- (Puerto Riko botig`i)
- Sho`rlanish darajasi: 35 0/00
- Maydoni: 75 mln km2
- Suv hajmi: 292 mln km3
- O`rtacha chuqurligi: 3711 m
- Eng chuqur joyi: 7450 m
- Yava (Zond) botig`i
- Sho`rlanish darajasi: 35,5-36,5 0/00
- Maydoni: 13 mln km2
- Suv hajmi: 17 mln km3
- O`rtacha chuqurligi: 1125 m
- Eng chuqur joyi: 5449 m
- (Litke botig`i)
- Sho`rlanish darajasi: 10-11 0/00
- Dunyo okeaninig taqsimlanishi
- (% hisobida)
Dostları ilə paylaş: |
|
|