Antarktida materigiga umumiy tavsif reja: Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari



Yüklə 22,04 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü22,04 Kb.
#130198
1 MAVZU


1 MAVZU. ANTARKTIDA MATERIGIGA UMUMIY TAVSIF
REJA:

  1. Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari.

  2. Antarktida materigining geologik tuzulishi.

Antarktida tabiatining betakrorligi jihatidan yagona va o’ziga xos materikdir. Qutb tadqiqotchilari bu materikni turli nomlar bilan muz materigi, zim-ziyo materik, qor cho’llari, sirli materik, oq materik deb ataganlar. Qishda Antarktida qutb tuni qoronghiligiga botadi, yozda esa yarim kechada ham Quyosh muz-qor chohqqilarini yoritib turadi. Bu joyda Yyerdagi eng kuchli shamollar bo’ladi. Materikda doim turadigan axoli yohq. Sayyoramizning 80 foiz chuchuk suvi Antarktida muzlarida tohplangan.


Maydoni 13991 ming km2, shundan shelf muzliklari 1543 ming km2.Muz qoplamining o’rtacha balandligi 2040 m, eng baland nuqtasi Vilson tepaligi 5140 m. chekka nuqtasi Sifre 63013’ j.k.
1958 yilda sovet ekspeditsiyasi materikning geometrik markazi-borish qiyin bo‘lgan qutbga birinchi bo‘lib yetib bordi. Sovet Ittifoqi, AQSh va boshqa mamlakatlarning olimlari materikning ichki qismiga uzoq poxodlar qilishdi, bunda materik Janubiy qutb orqali bir necha bor kesib o‘tildi. Hozirgi vaqtda Antarktidada ko‘p ilmiy-tadqiqot stansiyalari ishlab turibdi, ulardaeng yangi metodlarni qo‘llanib, Janubiy qutbiy ulkaning tabiiy sharoiti kompleks o‘rganilayapti. Keyingi yillarda Antarktidani tadqiq etishda aviatsiya katta rol o‘ynayaptiktika-Yerning janubiy qutbiy o‘lkasi. Uning nomi grekcha anti (qarshi) va artikos (shimoliy) so‘zlardan yasalgan. Antarktika tarkibiga muz bilan qoplangan juda katta Antarktida materigi va uni o‘rab turgan janubiy qutbiy suvlar hamda unda sochilib yotgan orollar kiradi. Antarktika Yer sharining tabiati eng qattiq qismidir. Ba’zy orollarni hisobga olmaganda unda doimiy turadigan aholi yo‘q.
Antarktidaning mavjudligi haqida geograf va dengizchilar o‘rta asrlardayoq taxmin qilgan bo‘lsalar ham, lekin u insoniyatga boshqa materiklardan keyin ma’lum bo‘ldi. Antarktida qirg‘oqlarini va Antarktikaga tegishli ko‘p orollarni rus dengizchilari F. Ch. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev boshchiligida 1819- 1821 yillarda maxsus tashkil etilgan ekspeditsiya vaqtida birinchi bo‘lib ko‘rdilar.
Keyingi o‘n yilliklarda Antarktika o‘zining hal etilmagan yalmiy masalalari bilan ham suv havzalarining juda katta boyliklari bilan ham turli mamlakatlar tadqiqotchi hamda dengizchilarining diqqatini o‘ziga tortdi.
1911 -1912 yillarda norvegiyalik qutb tadqiqotchisi R. Amundsen va ingliz olimi R. Skott deyarli bir vaqtda janubiy qutbga tib borishdi.
Bundan keyin ham sirli materikka qiziqish kamaymadi, lekin Antarktikani muntazam ravishda o‘rganish Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etayapti.
40-50-yillarda bir qator davlatlar Antarktida materigida ilmiy-tekshirish stansiyalarini bunyod etishdi. 1957 yili 3-Xalqaro geofizika yiliga tayyorgarlik va uni o‘tkazish munosabati bilan tadqiqot ishlarining yagona xalqaro programmasi ishlab chiqildi.
Xalqaro programmaga muvofiq 1957 yilda boshlangan tadqi-qot ishlari ilmiy-tadqiqot stansiyalari va punktlari ishlarini, kontinent ichki qismiga qilinadigan ekspeditsiyalarni va ilmiy-tadqiqot kemalarining dengizdagi zkspeditsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Umumiy ma’lumotlar va chegaralari. Antarktika nihoyatda o‘ziga xos va qattiq tabiiy sharoitga egaki, bunga uning Janubiy qutb yaqinida joylashganligi, shuningdek janubiy yuqori kengliklardagi quruqlik bilan dengizning nisbati sabab bo‘lgan. Hatto Arktika tabiati ham Antarktika o‘lkasi tabiatiga bir oz o‘xshasa ham, lekin har holda undan keskin farq qiladi.
Antarktikaning o‘ziga xos sharoiti juda katta quruqlik va suv havzasida hukmron. Antarktikadagi quruqlikda Antarktida quruqligidan tashqari orollar arxipelaglari va alohida orollarni: Aleksandr I Yeri, Ja?1ubiy Shotlandiya, Janubiy Orkney, Janubiy Sandvich, Janubiy Georgiya, Ballen va boshqa ko‘p orollarni o‘z ichiga oladi. Bu orollarning ba’zilari materikning shunday yonginasida joylashgan va tabiiy sharoitiga ko‘ra undan deyarli farq qilmaydi, boshqalari keng dengizda materikdan hamda bir-birlaridan uzoqda joylashgan.
Antarktida qirg‘oqlarini Janubiy Muz okeani suvlari yuvib turadi. Okean materik qirg‘oqlarini o‘yib kirib, Ueddell, Bellinsgauzen, Amundsen, Ross, Jamiyat, Kosmonavtlar dengizlarini hosil qiladi. Antarktika suv havzalari suvining rejimi, florasi, faunasi boshqa kengliklardagi suv havzalaridan farq qiluvchi o‘ziga xos ko‘p xususiyatlarga ega. Ular Yerning bu qismi tabiatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Qutb atrofida joylashgan Antarktika faqat bitta shimoliy chegaraga ega va bu chegara okeanlardan o‘tganligidan uni belgilash qiyin. Antarktikaning chegarasi haqidagi masala uzoq vaqt munozarali bo‘ldi va turli tadqiqotchilar turlicha hal qildilar. Bu chegarani Antarktika atmosfera sirkulyatsiyasi sharoiti mo‘tadil mintaqa atmosfera sirkulyatsiyasi sharoiti bilan almashinadigan joydan, ya’ni mo‘tadil kengliklar havo massalarini Antarktika havo massalaridan ajratadigan frontning shimoliy o‘rtacha o‘rni orqali o‘tkazish eng to‘g‘ridir. Front zonasida atmosferadagina o‘zgarish bo‘lib qolmasdan okean havzalari rejimida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Antarktika konvergensiyasi zonasi deb ataladigan zona ham front zonasiga taxminan to‘g‘ri keladi. Antarktika konvergensiya zonasida Antarktikaning sovuq suvlari mo‘tadil kengliklarning iliq suvlari bilan qo‘shilishadi.
Okean suv rejimining Antarktikaning shimoliy chegarasi yaqinida keskin o‘zgarishinya hamma tadqiqotchilar qayd qilishadi. Bu o‘zgarish shunchalik kattaki, bu hol Dunyo okeanida Antarktika o‘lkasining tabiiy zonal chegarasining mavjudligiga shubha tug‘dirmaydi. Antarktika o‘lkasi Yerning Janubiy Antarktika mintaqasiga to‘g‘ri keladi.
Antarktika konvergensiya zonasi Antarktikaning turli sektorida turli geografik kengliklarda joylashgan, lekin yil davomida uning o‘rni juda kam o‘zgaradi. Atlantika sektorida va Hind okeani sektorining g‘arbiy qismida bu zona 48-50° janubiy kengliklar orasida joylashgan, Avstraliyadan janubi-g‘arbroqda u janubga buriladi va Tinch okean sektorida 60° janubiy kenglikka yaqinlashadi. Bu zona aysberglar uchraydigan yerlarning shimoliy chegarasi bilan dengiz muzlari eng ko‘paygan vaqtdagya ularning chekkasi orasida bo‘lib, o‘rta hisobda olganda 53°05 janubiy kenglikka yaqin joylashgan. Antarktikaning shu chegaralar ychidagi umumiy maydoni, Antarktidani ham qo‘shib hisoblaganda, 52 mln. km2 ga yaqin. Antarktika o‘lkasining shimoliy qismi tabiati uning boshqa qismlari tabiatiga qaraganda bir oz yumshoqrok. Ana shunga ko‘ra Antarktika o‘lkasida shimoliy yarim shardagiga o‘xshatib, subantarktika mintaqasi-Subantarktika ajratiladi. Unta janubiy okeanlarning yozda mo‘tadil kengliklarning g‘arbiy shamollari ta’siri kuzatiladigan anchagina qismi va undagi orollar kiritiladi.
Antarktida atrofidagi materik sayozligi Yer sharining boshqa qismlaridagiga qaraganda ancha chuqur jbilashgan (o‘rta hisobda 500 m gacha). Materik sayozligining bunday chuqur joylashganligiga okean tagining materik chekkalarini ham qamrab olgan yosh cho‘kishlari sabab bo‘lgan. Materik sayozligi relefida materik muz bosishining eng kuchaygan vaqtdagi faoliyati izlari saqlanib qolgan. Antarktikaning chekka dengizlari deyarli butunlay materik sayozligida joylashgan.
Materik sayozligining tik yonbag‘irlari shimolroqda joylashgan va chuqurligi 4000-5000 m bo‘lgan okean botiqlari bilan tutashgan. Okean botiqlarini bir-biridan suv osti tog‘ tizmalari va qirlari ajratib turadi. Eng yirik botiqlar Afrika-Antarktika, Avstraliya-Antarktika, Bellinsgauzen botiqlaridir. Bularni bir-biridan Afrika-Antarktika tizmasi, Avstraliya-Antarktika qirlari, Janubiy Tinch okean qirlari ajratib turadi.
Suv osti tizmalarining tepalarisuv ustiga chiqib, orollarni hosil qiladi. Ular turli yoshdagi vulkan jinslaridan tuzilgan.
Janubiy qutbiy suvlarining yuza qismida temperatura juda past va sho‘rligi kam. Qishda Antarktikaning janubiy qismlarida suvning yuza qismida temperaturasi taxminan -2°S, shimolda + 1°S ga yaqin va undan bir oz yuqoriroq bo‘ladi. Yozda suvning eng yuza qismi ba’zi joylarda faqat +2, +3°S gacha iliydi. Suvning yuzasi nisbatan sovuq qatlamining qalinligi bir necha o‘n metrdan bir necha yuz metrgacha boradi.
Antarktika suvlarining sho‘rligi aysberglarning chuchituvchi ta’sir tufayli hech yerda 35% ga yetmaydi, suvning yuza qismida 34% ra teng.
Yuqori gergrafik kengliklarda g‘arbiy havo oqimlari hukmron -bo‘lganligi sababli Antarktikada suv g‘arbdansharqqa tomon muttasil harakatlanib turadi. Yerning aylanishi ta’siri ostida suv yuzasidagi4 bu oqimlar shimolga tomon buriladi va suv to‘xtovsiz shimolga qarab oqib turadi.
Shu munosabat bilan ma’lum chuqurlikda to‘ldiruvchi (kompensatsion) oqim vujudga keladi, bu oqim Antarktikaga nisbatan iliq suv qeltiradi. Bu iliq suv Antarktika suvlarining doimiy +1, +2°S temperaturali o‘rta qatlamini vujudga keltiradi. Bu qatlamdan pastda to dengiz tagigacha temperaturasi 0°S va undan biroz pastroq bo‘lgan suv joylashgan.
Antarktika suvlari uchun katta to‘lqinlar (balandligi 10- 15 m), dovullar, qor bo‘ronlari xosdir, bular yozda kema qatnovini qiyinlashtiradi, qishda esa kema yurishi butunlay mumkin bo‘lmay qoladi. Janubiy okean dunyo okeanining eng serto‘lqin qismi.
Suzuvchi muzlar Antarktika suvlarida kema qatnovi uchun katta xavf tug‘diradi. Ular dengizda hosil bo‘ladi va quruqlikdan tushib turadi. Dengiz muzi qishda qattiq dovul va qor yoqqanda ko‘pincha kulcha muz shaklida hosil bo‘ladi, Dengiz muzi sentabr Janubiy yarim shardagi geografik mimtaqalar va muzlar oktabr oylarida shimolga tomon eng uzoq kirib borib, uning chekkasi ba’zi joylarda deyarli 55° janubiy kenglikkacha yetadi. Yozda dengiz muzi erib, janubga tomon deyarli materikkacha chekinadi.
Materik muzligining yoki shelf muzining parchalari (aysberglar) Antarktikada ikki tipda-kursisimon, piramidasimon bo‘ladi. Kursisimon aysberglarning maydoni juda katta, suv uetidan ko‘tarilib turgan qismining balandligi nisbatan kam bo‘ladi, uzunligi o‘nlab kilometrga yetadi (uzunligi 120 va hatto 117 km ra yetadigan aysberglar uchratilgan). Piramidasimpn aysOerglarning balandligi katta (400-500 m gacha), lekin eni, bo‘yn kichikroq bo‘ladi. Antarktikadagi ba’zi aysberglar o‘n yilgacha va undan ham ortiq vaqt erib ketmay suzib yuradi. Aysberglarning soni juda ko‘p va ular kema qatnoviga, ayniqsa qor bo‘ronlari va tuman vaqtida, katta xavf tug‘diradi.
Antarktida janubiy yarim shardagi boshqa materiklardan minglab km uzoqda joylashgan. Uning yagona yarim oroli-Antarktika yarim orolining chekka nuqtasidan Janubiy Amerikagacha bo‘lgan eng yaqin masofa 1000 km dan oshadi. Materik deyarli butunlay Janubiy qutb doirasi ichida joylashgan. Materikning qutb doirasining ichida va boshqa materiklardan uzoqda joylashganligi tabiiy sharoitining o‘ziga xos hamda juda qattiq ekanligiga sabab bo‘lgan.
Antarktidaning asosiy xususiyati uni qalin materik muzligioplaganligidir, bu muzlik ba’zan kichrayib, ba’zan kattalashib, neogen davridan buyon mavjud. Materikning muz qalqoni Muz Antarktida uning tagidagi quruqlik Tosh Antarktida deb ataladi.Materikning deyarli hamma qismi muz qalqoni bilan qoplangan. Materikning faqat chekka qismlarida muz bilan hoplanmagan ayrim tor cho‘qqilari muzlik ustidan ko‘tarilib turadi. Materik muzligi faqat materik yer yuzasini qoplab yotmasdan unga yaqin ko‘p orollarni ham qoplagan. Muz qo‘shni dengielarni ham Qoplab, shelf muzliklarini hosil.qilgan. Ba’zi joylarda muz tagi dengiz sathidan ancha past (-2555 m)da joylashgan. Materik muzi va shelf muzi tagidagi quruqlik maydoni, orollar bilan birga 13,975 mln. km2 ga teng. Buning taxminan 10% shelf muzliklariga to‘g‘ri keladi. Muz bosmagan maydon 2500 km2 yoki materik maydonining 0,2% iga teng.
Antarktidadagi muz qoplamining qalinligi o‘rta hisobda 1720 m, lekin ayrim rayonlarda 4000 m ga yetadi. Ana shu muz qoplami hisobiga materikning o‘rtacha balandligi 2040 m, bu esa qolgan barcha materiklarning o‘rtacha balandligidan uch hissa ortiqdir
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra materik muzining umumiy hajmi 24 mln. km3, ya’ni Yerdagi hozirgi zamon muzliklarining 90% ini tashkil etadi, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra bundan ham ko‘p.
Materik muz qalqonining ustini qor qoplagan, qor tagida firn bor, katta chuqurlikda katta muzlik joylashgan. Muzni keng va chuqur yoriqlar kesib o‘tgan, odatda bunday yoriqlarni zich qor ko‘prik kabi qoplab yotadi. Bunday qor ko‘priklar juda xavfli, chunki katta og‘irlikni ko‘tara olmaydi va ba’zan odamni ko‘tara olmay o‘pirilib tushadi.Antarktida muzliklari ba’zi joylarda dengizga qiya tushib keladi, ba’zi joylarda tik jarlik hosil qilib tushib, ayrim yerlarda balandligi o‘nlab metr keladigan to‘siqlar hosil qiladi. Shelf yoki materik muzlarining bunday jarliklari ko‘p joylarda Antarktida qirg‘og‘i bo‘ylab yuzlab kilometrga cho‘zilib, dengiz tomondan materikka chiqib bo‘lmaydigan qilib qo‘yadi. Eng katta shelf muzligi Ross dengizining janubiy yarmiyi qoplagan.
Uning tik shimoliy chekkasining uzunligi 950 km ga yetadi, Ross to‘sig‘i deb ataladigan tik muz jarligining balandligi ba’zi joylarda 70 m dan oshadi.
Muzlik osti relefining pastlik yerlari orqali muz ichki rayonlardan okean tomonga oqadi. Bu muzlarning harakat tezligi yiliga 1000-1500 m ga yetadi. Muz zapasi yog‘inlar hisobiga to‘xtovsiz to‘lib turadi. Muz erishga juda kam sarf bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Antarktidaning muz qoplami ilgari o‘ylanganidek kamayayotgani yo‘q, balki bir xil muvozanatda turibdi. Hatto materikning ichki qismlarida muz massasi bir oz ko‘payayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Muzlikning chekka qismlarida muzdan xoli maydonlar ham bor, ular Antarktida vohalari deb ataladi. Ba’zilarining maydoni yuzlab kvadrat kilometrga yetadigan bu vohalar hamma tomondan muzlar bilan o‘ralgan. Yozda bunday vohalarda qor bo‘lmaydi va ba’zan qor erishidan hosil bo‘lgan ko‘lchalar ham uchraydi. Vohalarda yer yuzasidagi havo temperaturasi musbat bo‘ladi, lekin bir necha metr balandlikda keskin pasayadi. Vohalarning vujudga kelishiga balandroq yerlarni muz aylanib o‘tib, uning ustini qoplamasligi sabab deb taxmin qilishadi. Materik muzligi chekka qismining ba’zi bir yerlarda vohalarning ko‘p bo‘lishiga sabab, bu yerlardagi muzliklar materik ichki qismidan muz oqib kelishi hisobiga mavjud ekanligidir.
Muz qoplamagan vohalarni, tog‘larning tik yonbag‘irlarini va qirg‘oqdagi jarliklarni o‘rganish, shuningdek gravimetrik, seysmik va magnit tadqiqotlar Tosh Antarktidaning geologik tuzilishi hamda relefi haqida fikr yuritishga va uning janubiy yarim sharning boshqa quruqliklari bilan bo‘lgan aloqalari to‘g‘-risida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Materikning g‘arbiy chekkasini Antarktika And tog‘laritu-zilishn va geomorfologik jihatdan Janubiy Amerika And tog‘larining davomi bo‘lgan tog‘ sistemasi egallagan. Bu tog‘ sistemasi Antarktika yarim oroli va unga yaqin joylashgan Meri Berd Yeri oroli orqali cho‘zilib Eduard II yarim orolida tugaydi. Bu tog‘ sistemasining katta qismini materik muz qoplagan, lekin balandligi 3000-4000 m dan ortiq bo‘lgan eng baland cho‘qqilar muz ustndan ko‘tarilib turadi, ularda katta tog‘ muzliklari bor. Elsuert Yerida tog‘lar eng baland ko‘tariladi, bu yerda Antarktidaning eng baland cho‘qqisivinson tog‘i (5140 m) bor. Tog‘lar mezozoy erasining kuchli metamorfiklashgan yotqiziqlari va vulkan jinslaridan tuzilgan. Tog‘larning tuzilishida yoriqlardan neogen oxiridan boshlab oqib chiqqan lavalar katta rol o‘ynaydi. Sharq tomondan tog‘larga ilk mezozoy chekka bukilmasi tutashib turadi.
Antarktika And tog‘lari Tinch okean suvlari ostida Yangi Zelandiya suv osti marzasi sifatida davom etib, so‘ngra Yangi Zelandiya tog‘lari bilan tutashadi. Antarktika And tog‘larining ikkinchi tomondagi davomi Janubiy Antil orollar yoyi bo‘lib, undagi orollar (Janubiy Georgiya, Janubiy Sandvich, Janubiy Orkney va Janubiy Shetland orollari) suv osti tnzmasining vulkan tepalaridan iborat. Platformaning sharqiy katta qismi platforma tuzilishiga ega. Bu platforma bir vaqtlar Gondvana tarkibida bo‘lgan Antarktika platformasidir. Uning g‘arbiy qismi platodan iborat bo‘lib, unda kembriydach oldingi platformaning kristall fundamenti ustida kembriy dengiz yotqiziqlari yotadi, uning ustini esa Gondvana tarkibiga kirgan boshqa materiklardagi kontinental jinslarga o‘xshagan paleozoy hamda mezozoy kontinental cho‘kindilari qatlamlari qoplagan. Toshko‘mir konlari ana shu yotqiziqlar orasida uchraydi.
Platformaning g‘arbiy qismida neogenda tektonik harakatlar aktivlashib, Antarktika gorsti vujudga kelgan. Viktoriya Yeri, Kots Yeri, Koroleva Mod Yerini baland palaxsali tizmalar egallagan, ularning balandligi 3000-4000 m ga yetadi va ayrim joylarda materik muzidan ko‘tarilib turadi. Yeriqlar bo‘ylab Yer po‘stining cho‘kishi natijasida Ueddell va Ross dengizlari vujudga kelgan. Vertikal harakatlar bilan birga bazalt lavalari oqibchiqqan va vulkan konuslari hosil bo‘lgan. Ross dengizidagi orollarda harakatdagi Erebus va Terror vulkanlari 3000 m dan ortiq baland ko‘tarilgan. Ular kaynozoyning ikkinchi yarmida vu judga kelgan.
Antarktidaning sharqiy chekkasi barqaror kristall palaxsadan iborat, uni neogen va antropogenda hosil bo‘lgan yoriqlar kesib o‘tgan. Antarktika platformasining qadimgi kristall jinslari orasida ba’zi bir metall rudalari: mis, molibden, qo‘rg‘oshin va boshqa konlar topilgan.
Yüklə 22,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə