Adabiy ta’limdagi ch. Aytmatov “oq kema” asarini oʻrganish haqida



Yüklə 479,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.05.2023
ölçüsü479,63 Kb.
#113690
  1   2   3
279-Article Text-1137-1-10-20201028 (1)



Proceedings of Global Technovation- An International Multidisciplinary Conference 
Hosted from Samsun, Turkey 
https://conferencepublication.com 
 
October 31
st
, 2020
 
91 
ADABIY TA’LIMDAGI CH. AYTMATOV “OQ KEMA” ASARINI 
OʻRGANISH HAQIDA 
 
Ergasheva Iroda Abdumuxtor qizi 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O„zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent, 
O„zbekiston 
Annotatsiya 
Mazkur maqolada mashhur qirg„iz adibi Chingiz Aytmatov ijodi, xususan uning “Oq kema” qissasi 
tahlil qilinadi. Qissada ko„tarilgan mavzular hamda qaahramonlar haqida kuzatuvlar bayon qilinadi. Asarni 
oʻrganishda “Kalit soʻzlar” hamda “Qayta hikoya” metodlarining ahamiyati ta‟kidlanadi. Xulosalar beriladi. 
Kalit so‘zlar
:
qirg„iz adabiyoti, proza, Chingiz Aytmatov, “Oq kema” qissasi, oʻrganish metodlari. 
Respublikamizdagi ta'lim tarbiya sohasidagi islohotlarning asosi metodika sohasiga qaratilgan. Ta'lim 
beruvchi nazariy bilimlarini metodika bilan uyg'unlashtira olsagina ta'lim sifati oshadi. Bugungi kunda 
o'quvchilarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va 
bu orqali o'quvchilarning o'qib tushunish malakasini rivojlantirish, og'zaki nutqini oshirish va o'zlashtirgan 
bilimlarini amaliyotda qo'llay olish orqali hayotga tayyorlab borish adabiyot o'qitish metodikasining muhim 
vazifalaridandir. Umumta‟lim maktablarida o„quvchilarga o'zbek adabiyoti namunalari bilan bir qatorda 
jahon adabiyotining durdona asarlari ham o'qitiladi. Xususan, qirg'iz xalqining atoqli yozuvchisi Chingiz 
Aytmatovning "Oq kema" asari ham o'quvchilarning badiiy tafakkurini o'stiradigan, dunyoqarashini 
kengaytiradigan asar hisoblanadi. Asar asrlar davomida qadrlab kelingan an'ana, urf-odatlarga sodiqlik, ota-
bobolarga cheksiz hurmat, o'z o'zligi va tarixini unutmaslik ruhida yozilgan. “Ota-bobolarimizni eslasak, 
bizni ajib his-tuyg„ular chulg„ab oladi. Ular uzoqqa ketmaganlar. Illo, o„zimiz ham ularning qavatiga 
kirajakmiz. Mudom ularni yodlab turish bizning burchimiz, ularning xotirasi o„zimiz uchun zarur. Ularning 
mozoriga tashlaganimiz bir siqim tuproq – bizni bog„lab turgan rishta hisoblanadi.”
1
Asarda tilga qalamga 
olingan mavzularni mangu mavzular deyish mumkin, ya‟ni hayotimizdagi barcha davr va bosqichlarda duch 
kelishimiz mumkin bo„lgan jarayonlar, umuminsoniy tuyg„ular ifodasi uyg„unlashtirilgan. Shuningdek
asarda quvonch va azob, mehr va oqibatsizlik, yaxshilik va yomonlik, xokisorlik va vahshiylik, 
mehnatsevarlik va birovlar mehnati evaziga kun ko„rish ziddiyatlariga duch kelamiz. Asar 
qahramonlarining qalb kechinmalari, quvonch-u azoblari milliylik bilan yo`g„rilgan. Asardagi Mo„min chol 
va bolaning ruhiyati bilan kitobxon ruhiyati uyg„unlashib ketgandek. Mo„min cholning og„ir ruhiy 
holatlarini ta‟sirlanmasdan o„qish ilojsizdek. Badiiy asarda aks etgan mavzu va muammoning aniqlab olish 
asar tahlilida muhimdir. Asarni tahlil qilishda bir jihat o„quvchilarning e‟tiborini tortadi: asardagi asosiy 
qahramonlar Mo„min chol, bola, Bo„key va O„rozqulning o„z muammolari va iztirob-alamlari yozuvchi 
tomonidan mahorat bilan tasvirlangan, lekin asar so„nggida hech bir muammo o„z yechimini topmaydi.
“Ko„p hollarda badiiy asarda birvarakayiga bir necha muammo ko„tariladi, ammo ularning katta qismi hal 
etilmay qolib ketaveradi. Bu tabiiy hol . Negaki, badiiy adabiyot – hayotdagi muammolarni hal qilishga 
emas, balki ularning borligini ko„rsatishda diqqat qaratdigan hodisa.”
2
"Oq kema" asarining o'qitilishi 
bo'yicha bir qancha tavsiyalarni berib o'tamiz. Shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda darslarni innovatsion 
texnologiyalar yordamida tashkil etish, bu jarayonda ta'lim oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olib, 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda metod va texnologiyalarni tanlay olish muhimdir.
1
Aytmatov Ch., Shoxonov M. Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori”. T.,Sharq. 1998-y. 78-bet 
2
Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldosh M. Badiiy tahlil asoslari.T., 2016-y 66-bet 



Yüklə 479,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə