Adabiy ta’limdagi ch. Aytmatov “oq kema” asarini oʻrganish haqida


Proceedings of Global Technovation- An International Multidisciplinary Conference



Yüklə 479,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.05.2023
ölçüsü479,63 Kb.
#113690
1   2   3
279-Article Text-1137-1-10-20201028 (1)

Proceedings of Global Technovation- An International Multidisciplinary Conference 
Hosted from Samsun, Turkey 
https://conferencepublication.com 
 
October 31
st
, 2020
 
92 
"Kalit so'zlar bilan ishlay olish" - 
bu topshiriqning asosiy xususiyati matndagi kalit so'zlarni ajratib 
olib, ularning ma'nosi va asarning umumiy mazmunidagi o'rnini aniqlashdan iborat.(Adabiyot o'qitish 
metodikasi 287-bet). Asardan kalit so'zlar tanlab olinadi. "Oq kema" asaridan "bug'u", "qirg'iz", "Issiqko'l", 
"oq kema" so'zlarini kalit so'z sifatida tanlash mumkin. O'quvchilar tomonidan bu so'zlarning ma'nosi 
o'rganiladi, badiiy asar matni bilan ishlash ko„nikmasi shakllanadi. “O„quvchilarni badiiy matn ustida 
ishlashga o„rgatish ularning adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirishda muhim omil vazifasini 
o„taydi.”
3
bu esa badiiy asarni tahlil qilishda , asardagi qahramonlarning ruhiyatini tushunishda, asarning 
asosiy g'oyasini anglab yetishda katta yordam beradi. “Tahlilni so„zdan obrazga, obrazdan ifodaga, ifodadan 
fikrga tartibida amalga oshirish yaxshi samara beradi.”
4
"Qayta hikoya"
metodining asosiy maqsadi o'quvchilarning og'zaki nutqini riojlantirishdan iborat. 
"Qayta hikoya" metodi adabiyot o'qitishning samarali metodlaridan hisoblanadi. O'qituvchi tomonidan "Oq 
kema" asari sujetining qisqacha, lekin muhim qismlari mantiqiy izchillikda hikoya qilib beriladi. O'quvchilar 
esa eshitganlarini matn ko'rinishida yozib, yozilgan matnni qayta hikoya qilib beradilar. Bu jarayonda 
o'quvchilarning tinglab tushunish, yozish hamda qayta hikoya qilish asosida og'zaki nutqi rivojlanadi. 
Shuningdek, asar voqealarining ma'lum qismi bolaning tilidan hikoya qilinadi. O'quvchilar bu qismlarni 
o'zgacha shavq bilan o'qiydilar va hikoya qilib beradilar. Bunda oʻquvchilarning intellectual qabul qilishi 
hamda vazifani bajarishda ma‟lum tafovutlar boʻlishi tabiiy hol sanaladi. Lekin mahoratli oʻqituvchi 
natijadorlikni yuqoriga koʻtarishi mumkin. 

Yüklə 479,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə