Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

IKKI YORTI – BIR BUTUN
Kamolxonov iltimosiga «xo‘p»degan javobni kutib, savol
alomatiday gajak bo‘lib turganida telefon jiringlab qoldi.
Bo‘lim mudiri Sulaymonov go‘shakni oldi.
– Labbay... ha...ha...a? Vah-hah-ha-ha...
Negadir Kamolxonov ham kuldi va qomatini rostlab,
kursiga sekin o‘tirdi.
– Albatta, albatta,– dedi Sulaymonov jiddiy qiyofada,–
masalan: baliq ko‘p yaxshi narsa – qovurilsa qanday shirin
bo‘ladi! Biroq qovundan baliq hidi kelsa ko‘nglingiz ayniydi.
Kamolxonov bu so‘zni kulgi uchun aytilgan gumon qilgan
bo‘lsa kerak, o‘zini qattiq kulgiga chog‘lagan edi, Sulay-
monovning kulmaganini ko‘rib, o‘zini jiddiy ko‘rsatish uchun
qoshlarini chimirdi, ustki labini so‘ra boshladi.


169
– Qachon? – dedi Sulaymonov achchig‘i kelib, – o‘zin-
giz bilasiz-ku, birodar, mingta xushomadgo‘yni ho‘l olib borib,
quruq olib kelaman-a! Darrov taniyman-da. Otam sigirning
sersut yoki kamsutligini ma’rashidan bilar edi. Yo‘q, yo‘q,
ishoning! Kecha hammomga kirgani bilet olayotsam, kassir
«sovun kerak emasmi?» deydi. Bu nima degani? Men, birodar,
yerning tagida ilon qimirlasa bilaman.
Sulaymonov shu gapni aytib, Kamolxonovga bir qarab
qo‘ydi: shu qarash bilan faqat «ko‘rdingmi, men shunday
odamman», demoqchi edi, xolos. Kamolxonov o‘zidan hadik-
sirab, jinday qizardi, ammo sirini boy bermadi.
Sulaymonov go‘shakni qo‘yib, tantanali ravishda tug-
machani bosdi. Kotiba kirdi.
– Ayting, ovqat keltirilsin? – dedi Sulaymonov va Kamol-
xonovga murojaat qildi. – Endi bo‘ladigan gap shuki, birodar,
bu hojatingizni chiqarish ko‘p qiyin, ko‘p qiyin, birodar.
Kamolxonov iljaydi.
– Bilaman, o‘rtoq Sulaymonov, faqat qiyin bo‘lgani
uchungina sizning oldingizga kirdim. Siz, endi, qiyin deb...
kamtarlik qilayotibsiz-da. Eshakni yashirsangiz hangrab sharmanda
qiladi. Tag‘in ko‘nglingizga kelmasin, misol uchun aytayotibman,
azbaroyi ochiqligim uchun... Siz aravaning gupchagini yerga
ko‘msangiz, xudo ursin, bodring ko‘karib chiqadi!
Sulaymonov juda iyib ketdi, labidagi mamnuniyat tabas-
sumini yashirish uchun o‘ng qo‘li bilan so‘l mo‘ylovini silay
boshladi. Ovqat keltirildi. Sulaymonov bedananing suvxo‘rli-
giday kichkina xurmachani oldiga tortdi va bo‘lak gap topol-
may, qaymoqning ta’rifini qildi:
– Bir shaharning qaymog‘i boshqa shaharning qay-
mog‘idan farq qiladi-da?
– Ha, albatta!
– Ha, barakalla! Qaymoqni bir yalab qaysi shaharning
qaymog‘i ekanini ayta olasizmi? Men darrov aytaman. Bay-
bay... men yegan qaymoqlarni ariq qilib oqizsangiz hech
qanday to‘g‘on turish bermaydi. Shuning uchun qaymoqning
yaxshi-yomonini darrov ajrataman. Mana buningday qaymoqni
umrimda yegan emasman. Ko‘ring-a, ajoyib!
Sulaymonov non bilan qoshiq uzatdi. Kamolxonov tarad-
dudlanib qoldi: qaymoqdan, masalan, bir qoshiq yemak
xushomadgo‘ylikka kirmasmikin?


170
Telefon jiringladi? Sulaymonov go‘shakni oldi? Kamolxonov
jilmaydi va nazokat bilan nonga qaymoq surtib bir tishladi. Ajab,
shunday maqtalgan qaymoq qatiqning mazasini beradi! Qatiq
bo‘lganda ham qanday – achigan qatiq! Kamolxonov nonni bir
iloj qilib yedi va mazza qilganiga ishora qilib, bosh chayqadi.
– Qalay? – dedi Sulaymonov go‘shakni qo‘yib, – umrin-
gizda shunday qaymoq yeganmisiz?
– Haqiqatan... Sigirda bir gap bo‘lsa kerak. Men eng
yaxshi qaymoqni Marg‘ilonda yegan edim, buning oldida
uni un atalangan sut desa bo‘ladi. Xushbo‘yligini ayting...
Sulaymonov qaymoqdan bir qoshiq olib ichdi-da, birdan
afti burushdi, tuflagani joy izladi, tufladi.
– E, o‘lmabsiz, – dedi u og‘zini artib, – axir, bu qatiq-ku!
Kamolxonov bir irg‘ib tushdi, gangidi:
– Yo‘g‘-e, rostdanmi? – dedi shoshib va qoshiqdagi yuqni
yalab uzoq ta’mini oldi, – haqiqatan qatiqqa o‘xshaydi.
– Qatiqning o‘zi! Puf... Isini qarang, achigan qatiq!
– Darhaqiqat, achigan qatiq, – dedi Kamolxonov va yana
yalab ko‘rdi, – yo‘q, buzilgan qaymoqdir. Men hali betini yegan
ekanman-da. Yaxshi qatiqning beti qaymoqday bo‘ladi-ku!
Kabinetga ikki kishi kirdi. Kamolxonov o‘rnidan turdi.
– Endi men ishni boshlay beraymi?
– Va’da berib ustidan chiqmasam to‘g‘ri kelmaydi-da.
– Va’da bersangiz bas, qilmasangiz ham mayli.
Kamolxonov oyog‘ining uchida yurib chiqib ketdi. Idora
xizmatchilarining bir majlisida Sulaymonovni rosa sulaytirishdi.
Kamolxonov kim nima desa «To‘g‘ri!» deb chapak chalar edi.
1936-yil

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə