kabi
turli savollar berib, ular yordamida uning kimligini aniqlab
olish mumkin. Agar avvallari unga «sen» yoki «siz»lab
murojaat
qilganingizni
aniq bilmasangiz, olmoshlami ishlatmang. Agar uni
eslashingizga hech narsa yordam bermasa, suhbatdoshingizdan
vizitkasi
yoki telefon raqamini ismi, familiyasi bilan yozib berishini
iltimos qiling.
• Suhbatni asosiy muammodan boshlamang. Har qanday suhbat
umumiy ruhiy holatni belgilab olishdan boshlanishi kerak. Ob-
havo, oila, «xobbi» va boshqa umumiy mavzudagi bir nechta iborani
ishlating. Hech qanday aniqlikka yo ‘l qo‘ymang!
Shundan keyingina
asosiy masalaga o ‘tish mumkin. Oxirgi ibora esda yaxshiroq saqlanib
qoladi. Shuning uchun eng zarur so‘zlami suhbatning oxirida aytgan
maqsadga muvofiqdir. Faqat shundagina siz suhbat oxiriga katta va
chiroyli nuqta qo‘ygan bo‘lasiz.
• Agar siz o ‘zingizdagi boshqaruvchilikka bo‘lgan qobiliyatingizni
aniqlamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi savollarga «ha» yoki «yo‘q» deb
ob’ektiv javob bering:
1. 0 ‘z tabiatingiz bo‘yicha sardormisiz?
2. 0 ‘zingiz qaror qabul qilishni yoqtirasizmi?
3. Boshqalar qaror qabul qilayotganda sizga maslahat so‘rab murojaat
qilishadimi?
4. Sizga raqobat yoqadimi?
5. Sizda o‘z-o‘zini nazorat qilish kuchi va iroda yetarlimi?
6. B o‘lajak ishingizni rejalashtirasizmi?
7. Kishilar bilan ishlashni yoqtirasizmi?
8. Kishilar bilan til topisha olasizmi?
9. 0 ‘z ishingizni ochib, har kuni 12-14 soatdan, haftada 6 kun, hatto
yakshanba va bayram kunlari ham ishlay olasizmi?
10. Sizda bunday og‘ir ishni bajarish uchun kuch yetarlimi?
11. Tashkilot oyoqqa turib olguncha o ‘z
kundalik ehtiyojlaringizni
qisqartira olasizmi?
12. Sizning bu og‘ir taqdiringizni oila a ’zolaringiz siz bilan bo‘lishishga
tayyormi?
13. 0 ‘z shaxsiy jam g‘armangizdan voz kecha olasizmi?
14. Shu ishni samarali olib borish uchun qanday bilimlar zarurligini
bilasizmi?
15. Siz o ‘sha bilimlarga egamisiz?
16. Xodimlami ishga yollayotganingizda ulardagi qobiliyat siz
tayinlamoqchi bo‘lgan lavozimga mos kelishini aniqlay olasizmi?
17. Siz avval rahbarlik lavozimida ishlaganmisiz?
18. Siz avval ham shunday ishda ishlaganmisiz?
110
19. Shu sohada maxsus bilimlarga egamisiz?
20. Agar sizda zarur bilimlar bo‘lmasa, o‘z rejangizni keyinroqqa
surasizmi?
Agar siz savollaming ko‘piga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz, siz
uchun rahbarlik cho‘qqilariga y o ‘l ochiqdir.
Dostları ilə paylaş: