Abdurashid to xtaboyev



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

Liberal uslub:
natija muhim emas;
• motivasiyaning amalda y o ‘qligi;
• bo‘ysunuvchilar xo‘ja k o ‘rsinga boshqarishga jalb etiladilar;
• talabchanlikning sustligi.
Samaradorlik 
- mazmunan ish faoliyatining natijaviyligi va ushbu ishni 
bajarish uchun sarflangan eng oz (minimal) xarajatlar hajmini aks ettiruvchi 
tejamlilik tushunchalari bilan bevosita bog‘liq. Samaradorlik deganda 
sarflangan xarajatlar bilan natijaviylik darajasini taqqoslash tushuniladi.
Boshqarish samaradorligi uning boshqariluvchi ob’ekt maqsadlariga 
erishishdagi va ijtimoiy-iqtisodiy samarasini ta ’minlashdagi natijaviyligi 
bilan boshqarish xarajatlari va unda foydalanilgan resurslami taqqoslash 
orqali aniqlanadi.
Boshqarish samaradorligining iqtisodiy mazmuni boshqarish xarajat- 
larining joriy holatida makro va mikro darajada eng ko‘p iqtisodiy samarani 
ta ’minlashni anglatadi.
Boshqarish samaradorligining ijtimoiy mazmuni boshqarishning joriy 
holatida eng ko ‘p ijtimoiy samarani ta’minlash.
Sardorlik 
- ayrim kishi va kishilar guruhiga ulam ing kuch-g‘ayratlarini 
tashkilot maqsadlariga erishishga yo'naltirish orqali ta’sir o ‘tkaza olish 
qobiliyati.
Sardoming xatti-harakati madaniyati bir qancha tashkil etuvchilardan: 
ijtimoiy-fuqarolik yetukligi, mehnatga munosabati, bilim darajasi, tashki- 
lotchilik qobiliyati, tizimli boshqara olish qobiliyati, yangilikni qo‘llab- 
quvvatlash qobiliyati va tabiatining m a’naviy-axloqiy tomonlaridan 
iboratdir.
Sardoming ijtimoiy-fuqarolik yetukligi o ‘zining shaxsiy manfaatlarini 
jam oam anfaatlariga bo'ysundira olish, tanqidni qabul qila olish, o ‘zigatanqid 
ko‘zi bilan qarash, ijtimoiy faoliyatda faol qatnashish bilan belgilanadi.
Sardoming mehnatga munosabati quyidagicha baholanadi:
• o ‘ziga topshirilgan ishga shaxsiy m as’uliyat sezishi;
121


• kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli b o ‘lishi;
mehnatsevarlik;
• shaxsiy intizomi va talabchanligi;
• ishining estetik darajasi.
Sardoming bilim darajasi uning o ‘zi egallab turgan lavozimiga mos 
keladigan malakaga egaligi, boshqarishning ob’ektiv asoslarini bilishi va o ‘z 
faoliyatida qo‘llay olishi, zamonaviy boshqarish texnikasi imkoniyatlaridan 
xabardorligi va o ‘z faoliyatida qo‘llay olishi hamda umumiy bilimdonligini 
o ‘z ichiga oladi.
Sardor tabiatining m a’naviy-axloqiy tomonlariga uning vijdonliligi, 
sofdilligi, insofiiligi, prinsipialligi, o ‘zini tuta bilishi, muloyimligi, maqsad 
sari intilishi, odamshavandaligi, jam oani o ‘ziga ergashtira bilishi, kamtarligi, 
yaxshi salomatlikka ega bo‘lishi va tashqi ko‘rinishining orastaligi kiradi.
Sifat to ‘garagi - ixtiyoriy ravishda sifat muammolarini muhokama qilish 
va ulami bartaraf etish choralarini ishlab chiqish uchun yig‘ilgan xodimlar 
guruhi. Bu to ‘garaklarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar sifatini yaxshilash bo ‘yicha guruhlar tashkil qilinib, ushbu 
guruhlarga tajribali va yuqori malakali xodimlar jalb qilinadi. Guruh 
a’zolari haftada bir marta yoki mahsulot va xizmat ko‘rsatish sifatining 
pastligi to ‘g ‘risida biror m a’lumot (reklamasiya) kelganida chaqiriladi va 
muhokama qilinadi.
Sifat 
(mukammalik) - ishlab chiqarilayotgan buyumlar to ‘g ‘risida 
doimo g ‘am xo‘rlik qilish. Buyum sifati, uning ishchi tavsiflarini shunday 
shakllantirish lozimki, bu xaridorlaming tashkilotga hurmati va sadoqatini 
saqlab qolsin.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə