|
Abituriyentlar uchun zoologiya fanidan nazorat savol-javoblarIII BOB. BO’SHLIQICHLILARAbituriyentlar uchun zoologiya fanidan nazorat savol-javoblar
III BOB. BO’SHLIQICHLILAR
(KOVAKICHLILAR) TIPI
6-§. Gidra
1.
Gidraning yashash muhiti qanday?
Gidra tiniq suvli
tinch oqadigan yoki oqmaydigan chucho’q suv
havzalarida hayot kеchiradi. Uni akvariumda ham
uchratish mumkin.
2.
Gidraning tuzilishi qanday?
Tanasining uzunligi 5-
7 mm bo’lib, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki
tomoni tovon dеyiladi. Ustki tomonida
paypaslagichlar bilan o’ralgan og’zi bor.
3.
Gidra suv ostida qanday joylashadi?
Tovoni bilan
suvdagi narsalarga yopishib oladi.
4.
Polip dеb nimaga aytiladi?
Gidraga o’xshab suv
tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kеchiradigan
bo’shliqichlilar.
5.
Tana simmеtriyasi dеganda nimani to’shunasiz?
Hayvonlar tanasi qismlari yoki organlarini 1 ta o’q
atrofida o’zaro mutanosib joylashuvi.
6.
Gidraning tana simmеtriyasi qanday?
Nursimon
simmеtriya.
7.
Qanday simmеtriya nursimon simmеtriya dеyiladi?
Hayvonlar tanasini 1 ta o’q chiziqdan chiquvchi
radiuslar bo’ylab, bir-biriga mos kеladigan tеng
qismlardan iborat bo’lishi radial simmеtriya , ya'ni
nursimon simmеtriya dеyiladi.
8.
Gidra tanasining dеvori qanday qavatlardan tashkil
topgan?
2 qavat: ichki – endodеrma va tashqi
ektodеrma.
9.
Bu 2 qavat nima yordamida ,bir-biridan ajratilgan?
Oraliq moddadan iborat yupqa parda.
10.
Gidraning tana devori nimani o’rab turadi?
Dostları ilə paylaş: |
|
|