Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə18/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   235
2- курс мажмуа лотин

ORALIQ NAZORAT (ON)
3 semestrdan keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi. JBdan to‘liq kredit olmagan talaba ONga kiritilmaydi.
ON semestr oxirida, og‘zaki amaliy ko‘nikmalarga asoslangan holda preparat, mulyajlar va fantomlardan iborat maxsus savolnomalar asosida amalga oshiriladi 100 balli tizimda baholanadi, o‘tish bali 55 ball. JBdan to‘liq kredit olmagan talaba OBga kiritilmaydi.
YAKUNIY NAZORAT (YAN)
YAN modul yakunida og‘zaki va amaliy ko‘nikma shaklida o‘tkaziladi. Bunda talabalarning kompetensiyalarni, amaliy ko‘nikmalarni egallash darajasi va nazariy bilimlari tekshiriladi. YAB 3 ta stansiyadan iborat bo‘lib, 1 ta stansiyada amaliy ko‘nikma, 2 ta stansiyada nazariy savol beriladi. YANda saralash balini (55) yig‘a olmagan talaba YANdan o‘tmagan va modulni o‘zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda to‘liq kreditni yiqqan bo‘lsa ham).
Ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
Modul bo‘yicha joriy va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash bali etib belgilanadi va bunda joriy nazoratga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi balni to‘plagan talabalar ushbu modul bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
Talabaning semestr davomida modul bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan (JN, ON, YAN) belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng. YAkuniy nazorat joriy va oraliq nazoratdan so‘ng semestr oxirida o‘tkaziladi.
Joriy nazorat va oraliq nazoratda saralash ballidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan kursdan kursga qoldiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, modul bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə