Academic Research in Educational Sciences Volume 3



Yüklə 274,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü274,19 Kb.
#111531
1   2   3   4
navoiy-qit-alarida-ma-naviy-axloqiy-masalalarning-badiiy-ifodasi (1)

NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Biz yuqorida ilgari surgan maʼnaviy- axloqiy masalalar zamirida til masalasi 
ham yotadi. Fikrimizning dalili sifatida " Oz-oz demakning manfaati-vu va koʻp 
soʻzning manzarasida" nomli qitʼasi ham ahamiyatlidir: 
Navoiy tiling asragʻil zinhor 
Desangkim, yemay dahr ishidin fusus. 
Nazar qilki, oʻq ogʻzi tilsiz uchun, 
Qilur tojvarlar bila dast boʻs. 
Necha tojvardur kesarlar boshin, 
Chu hamgomsiz nagʻma tortar xurus. 
Yuqoridagi qitʼaning ilk baytida ijodkor oʻtkinchi dunyo ishlaridan 
afsuslanmaslik uchun tilingni asragil deb oʻziga xitob qiladi. Qitʼa boshidan 
oxirigacha til odobiga bagʻishlanadi. Behuda soʻzlashning zarari, soʻzning qadri 
xususida fikrlar bayon etiladi. 
Yana bir tarbiyaviy ruhdagi qitʼasi sifatida " Hukamo qalbining tarjimasi 
insoniyat" bobida ( "Donishmandlarning insoniyat haqidagi fikrlari tarjimasi") nomli 
qitʼasini misol qilib olishimiz mumkin: 
Tavozeʼ yaxshi, ammo yaxshiroqdur, 
Agar daʼb etsa ani ahli davlat. 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-216-219 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
218
 
April, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Erur ham avf xoʻb-u xoʻbroq ul 
Ki, zohir boʻlgʻay el topganda qudrat. 
Ato ham turfa ishdur turfaroq bil, 
Agar yoʻqtur aning yoʻqtur yonida minnat. 
Hakim insoni komil debdur ani, 
Ki, boʻlgʻay zotida bu necha hislat. 
Yuqoridagi misralarda uch narsa muhim sanaladi:tavoze, kamtarlik, kechirimli 
boʻlish,bergan hadyasini minnat qilmaslik. Mana shu yuqoridagi hislatlarni oʻzida 
mujassam etgan insonlarni biz toʻlaqonli komil inson qatoriga qoʻshishimiz mumkin.
Insonga maʼnaviy-axloqiy tarbiya berish deganda, avvalo, insonlarda 
maʼnaviy axloqiy ongni shakllantirish, his-tuygʻularni tarbiyalash va rivojlantirish, 
xulq atvor koʻnikma va odatlarini tarkib toptirish maqsadida yaratilgan Navoiyning 
koʻplab asarlari bor. Ayniqsa, bularnig ichida oʻzining qisqaligi loʻnda maʼnoga 
egaligi, taʼsirchanligi bilan qitʼa janri ajralib turadi. Mana shunday qitʼalarining 
biriga "Kamol kasbiga dalolat-u nuqsondin izhori malomat" qitʼasini misol qilib 
olishimiz mumkin. Ushbu qitʼa judayam mashhur qitʼa hisoblanib, barcha uchun oʻta 
muhim boʻlgan ezgu amalga chorlaydi: Bu dunyoga kelganingdan keyin kamolotni 
kasb et. Bu dunyodan kamolotga erishmay ketmoq hammomga kirib poklanmay 
chiqishdan gap. 
Eʼtibor berilsa,ushbu misralardan inson oʻzi uchun oʻzligi uchun katta 
tarbiyaviy ozuqani olish mumkin: 
Kamol et kasbim olam uyidin - 
Sanga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq. 
Jahondin notamom oʻtmak biaynik
Erur hammomdin nopok chiqmoq. 
XULOSA 
Birinchi bor nazar tashlaganimizda Navoiy ijod mahsulida tushunarsiz soʻz 
yoʻqdek tuyulishi mumkin. Lekin eʼtibor berib qarasak, qoʻllangan soʻzlarning oʻz 
lugʻaviy maʼnolaridan koʻra ancha keng qamrovli maʼnolar kelib chiqadi. Mana 
shulardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, Navoiy qitʼasidagi maʼno 
mazmun rang-barang. "Qitʼa oʻzbek mumtoz sheʼriyatida hazrat Navoiy qalamining 
quvvati bilan katta oʻrin egallaydi",- deya fikr bildirishlari bejiz emas. Hamid 
Sulaymon: "Navoiy qalamidan toʻkilgan "Xazoyin ul Maoniy"da 
503 baytdan iborat 210ta qitʼa jamlangan". Yuqoridagilardan 
koʻrinib turibdiki, bu oz meros emas. Navoiy ijodining oʻziga xos 



Yüklə 274,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə