Academic research in educational sciences volume


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 17,55 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü17,55 Kb.
#152256
1   2   3   4
huquqiy-ong-tushunchasini-o-rganishning-nazariy-jihatlar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Huquqiy ong tushunchasi ma’no jihatidan keng qamrovli, tasniflash va tahlil qilish murakkab bo’ldan tushuncha hisoblanadi.Ijtimoiy ongning bir shakli sifatida falsafiy fanlarda o’rganiladigan bu tushuncha huquqiy fanlar, sotsiologiya va psixologiyaning ham muhim ob’ektlaridan biri hisoblanadi.
Bu tushunchani tub ma’nolarini o’rganish va tahlil qilish uchun eng avvalo ong tushunchasiga to’xtalish lozim. Iijtimoiy fanlar tarixida inson ongi to'g'risida g'oyalar asrlar davomida turli olimlarning ta’limotlarida va ilgari surgan g’oyalarida shakllanib borgan. J.Lokk tomonidan ilgari surilgan “ongning asosiy maqsadi”[2] haqidagi, yoki bo’lmasa, G.Leybnisning "o'z-o'zini anglash" kontseptsiyasi[3], E. Dyurkgeym "ijtimoiy (individualdan tashqari) ong" ning mavjudligi to'g'risidagi qarashlari[4], G.Gegelning “antropogenez va ong” haqidagi qarashlari”[5] ushbu masalani kengroq ilmiy tahlil qilishga turtki bo’lgan tadqiqotlar hisoblanadi.
Ong hususida tadqiqotlarni o’rganib quyidagi xulosalarga kelish mumkin.

  • ong - bu voqelikni inson psixik olamida aks ettirishning eng yuqori shakli;

  • ong - bu doimiy holatda faoliyat bilan bo’g’liq bo’lgan psixik jarayon;

  • ong o’z navbatida yagona bo'linmas ma'naviy shakllanishdir hamdir;

  • ong - bu ham tafakkur uslubi va ob’ektiv borlikda mavjud bo’lgan haqiqat bilan aloqalar tizimi hamdir.

Ongning hususiyatlari ichida xulq-atvorni tartibga solishning borligi va ijtimoiy ongda bu bir alohida shaklga ya’ni huquqiy ong shakliga kelganligi ko’plab tadqiqotlarning natijalaridan bizga ma’lum.Jumladan, mamlakatimiz olimlarining bir qatot tadqiqotlari ham shu mavzuga qaratilgandir.Masalan, Z, Islomovning fikricha, “Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan
huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g'oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida ta’riflash mumkin”[6]. Huquqiy ongni tadqiq qilish ishi XX asrda rus olimlari tomonidan ko’plab tadqiqotlari olib borilgan va ularda xilma-xil qarashlarni uchratishimiz mumkin. Masalan Y.Dmitrievning fikricha: “Huquqiy ong bu insonlarning va ularning turli birliklarining hamda butun jamiyatning amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan qarashlari,g'oyalari, tasavvurlari yig’indisidir”[7]. Jamiyatning rivojlanishi, N.M.Korkunovning fikriga “huquqiy ong jamiyatning ideallari bilan bog’liq bo’lib,jamiyatning ideallarni, shu jumladan huquqiy ideallarni yaratish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, u shunchalik ilg'or bo'ladi. Qonun inson hayotining eng yuqori qadriyatlaridan biri sifatida tushunila boshlanadi”[8].



Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə