Academic research in educational sciences volume



Yüklə 17,55 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü17,55 Kb.
#152256
1   2   3   4
huquqiy-ong-tushunchasini-o-rganishning-nazariy-jihatlar

NATIJALAR


Boshqa ijtimoiy ong shakllari kabi huquqiy ong ham o’zining strukturasi va o’z tizimiga ega.Bu buammoni o’rganish ijtimoiy fanlar ichida yuridik psixologiya uchun xosroq mavzudir. Huquqiy jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, huquqiy ong - bu amaldagi qonun va u qanday bo'lishi kerakligi to'g'risida odamlarning yoki shaxsning qarashlari, g'oyalari, baholari tizimidir. Yuridik ma'noda shuni ta'kidlash kerakki, inson o'zini huquq va erkinliklarning to'la huquqli tashuvchisi yoki buzilgan shaxs sifatida bilishi, ba'zi bir huquq va erkinliklarda cheklanganligi to'g'risida xabardorligi huquqiy ongning asl mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Huquqiy ong huquqiy faoliyatga, ya'ni insonning o'z huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan harakatlariga ta'sir qiladi.
Huquqiy ong fuqarolik jamiyatining huquqiy hayotining asoslaridan biri desak to’g’ri bo’ladi.Sababiki, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida huquqiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy omillar ta'sir ko'rsatadi. Huquqiy ong - bu huquq haqidagi bilim, amaldagi qonunni baholash, qonunchilikdagi kerakli o'zgarishlar haqida fikr va g'oyalar tizimidir.. Huquqiy ong, shuningdek, davlatning barcha huquqiy tizimiga ta'sir o'tkazish vositasi sifatida ishlaydi. Jamiyatda tug'ilgan inson ijtimoiylashuv jarayonida barcha o’zidan oldindi avlodlar tomonidan yaratilgan qadriyatlarni o'zlashtiradi, shuning uchun jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida huquqiy ong ob'ektivlashadi.
Huquqiy ong va biron bir jamiyatda shakllangan huquqiy tizim o’zro bir-biriga ta’sirda bo’ladi. Bir tomondan, huquqiy ong qonunlarga bog’liq holda rivoj topib borsa, boshqa tomondan, ushbu jamiyatda shakllangan huquqiy tizim huquqiy ongga ta'sir qiluvchi eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Huquqiy ongning tuzilishini hisobga olgan holda, odatda,odatiy yoki kundalikhuquiy ong va nazariy huquqiy ong darjalariga ajratish o’rinlidir


MUHOKAMA


Huquqiy ongning yana bir o’ziga xos hususiyati shundaki, u individual tajriba doirasidan tashqariga chiqmaydi. Shuning uchun u o'z rivojlanishida aniqlangan ob'ektiv ijtimoiy qonuniyatlarni yanada kengroq umumlashtirish darajasiga intiladi, ya'ni nazariy bo'ladi. Nazariy huquqiy ongda uchta qatlam mavjud: yuristlarning kasbiy huquqiy ongi, huquqiy nazariyaning o'zi va huquqiy mafkura. Nazariy huquqiy ong amaldagi va rivojlanayotgan huquqiy tizimni ma'naviy ravishda ko'paytiradigan ilmiy tushunchalar tizimiga o'xshaydi.
Huquqiy ongning har xil turlari mavjud, ularni bir necha asoslarga ko'ra tasniflash mumkin: tuzilishi (huquqiy g'oyalari va huquqiy tuyg'ulari), darajasi (ilmiy, kasbiy, kundalik), sub'ektlari (ommaviy, guruh, individual) va boshqalar bo'yicha tasniflash mumkin. ma'lum bir jamiyatda mavjud bo'lgan va uning huquqiy haqiqatining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan g'oyalar, qarashlar, fikrlar, nazariyalar.
Shunday qilib, huquqiy ongni tizim sifatida o’rganishda uning quyidagi elementlari borligiga etibor qaratish lozim:

  • huquq;

  • ustuvor prinsiplar ustuvorligi;

  • huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslari;

  • huquqiy munosabat;

  • shaxsning huquqiy savodxonligi.




Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə