Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

ssenariy
(
rejissura

rejissyor partiturasi)ga
ehtiyoj 
seza boshladi. Demak, ssenariy - spektaklning mufassal 
rejasi, alohida asar emas, ish jarayonida foydalaniladigan 
yordamchi vosita, xolos. Odatda, ssenariy mavjud drama
403


yoki boshqa turga mansub asar asosida ham, tamom yan- 
gitdan ham yaratilishi mumkin. Har ikki holda ham ssenariy 
so‘z san’atiga emas, teatr san’atiga aloqador yordamchi 
vosita, ya’ni drama bilan emas, dramaturgiya bilan bogliq 
hodisa ekanligicha qoladi. Ayni shu o'rinda «drama» va 
«dramaturgiya» terminlarini aniqlashtirib o'tish zarurati yu- 
zaga keladi. Avvalo, ularni sinonim sifatida qo‘llash to‘g‘ri 
emas, chunki hozirda «dramaturgiya» adabiy turdan keng- 
roq tushunchani anglatadigan, dramani ham o‘z ichiga 
qamrab oiadigan termin sanaladi. Negaki, dramaturgiya 
deyilganda sahna (ekran)lashtirish ko‘zda tutilgan asar- 
ning yozuvda qayd etilgan predmetli-tasviriy va kompozit- 
sion asosi tushuniladi. Ya’ni bu ma’noda drama ham, sse­
nariy ham; opera, operetta, balet yoki pantomima uchun 
yozilgan libretto ham, kinossenariy ham - hammasi dra­
maturgiya doirasidagi tushunchalardir.
Eposga drama ta’sir qilgani kabi, zamonaviy dramada 
ham eposning sezilarli ta’siri bor. 0 ‘zining badiiy takomi- 
li jarayonida dramatik tur epik elementlar hisobiga boyib 
borgani kuzatiladi. Zamonaviy dramadagi, xususan, epik 
asarlardagi kabi voqealar yuz beradigan joylar ko‘lamining 
kengayishi, syujet vaqtining uzayishi kabilarni shuning 
natijasi deyish mumkin. Deylik, Cho‘lponning «Yorqinoy» 
dramasida voqealar yuz beradigan joylarning olti bora 
o‘zgarishi unda epik elementlarning salmoqliroq (masa- 
lan, «Nurxon»dagiga nisbatan) ekanidan dalolatdir. Yoki 
Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan «Alisher 
Navoiy» dramasida voqealarning yuz berish vaqti sezilarli 
uzaytirilgan. Faqat shunisi borki, janrtalabidan kelib chiqib 
Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlar uzviy davo- 
miylikda berilgan. Natijada ulug1 shoirning hayot yo‘li bilan 
tanish bo'lmagan kishilar spektaklni tomosha qilganlarida 
undagi voqealar orasidagi «vaqt bo‘shlig‘i»ni sezmaydilar 
ham, ularni qisqa vaqt oralig'ida sodir bo‘lgandek qabul 
qiladilar. Ko‘ramizki, bu o‘rinda syujet vaqtining uzaytirili-
404


shi asarni qabul qilishning ruhiy mexanizmlariga shunga 
mos 
0
‘zgartirish kiritolmaydi, voqealar orasidagi «vaqt 
bo‘sh!ig‘i» qahramonlar qiyofasidagi o'zgarishlar hisobiga- 
gina to'ldiriladi, ya’ni bunda ham shartlilik kuchayadi. De- 
mak, drama epik unsurlar hisobiga boyishi mumkin, faqat 
bu unsurlarni kiritish ham ijro vaqti va shartlilik imkoniyat- 
lari bilan ma’lum ma’noda cheklangandir.
Dramatik turning asosiy janrlari sifatida tragediya, ko- 
mediya va drama («drama» atamasi ham adabiy tur ma’n o
sida, ham o‘sha turning bir janri ma’nosida qollanadi) 
ko'rsatiladi. Dramatik asarlarnijanrlargaajratishda ularning 
asosiy estetik belgilariga tayaniladi. Tragediyaning asosiy 
estetik belgisi 
tragiklik,
komediyaning asosiy estetik bel- 
gisi 
komiklik,
dramaning asosiy estetik belgisi 
dramatiklik
sanaladi. Aytish kerakki, adabiyotshunoslikka oid ishlarda 
biz «asosiy estetik belgi» deb atagan narsa ko‘proq pafos 
deb yuritiladi. Pafos deganda tasvirlanayotgan xarakterlar- 
ni mijliy va umuminsoniy ahamiyatini e’tiborda tutgan hol- 
da g'oyaviy-hissiy idrok etish hamda baholash natijasi o‘la- 
roq yuzaga kelgan, asarning butun to‘qimasiga singdirib 
yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragediya 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə