Adabiy tur tushunchasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

398


Adabiyotlar:
1. Адабий турлар ва жанрлар (Тарихи ва назариясига 
дойр): 3 томлик. Т.2. -Тош кент: Фан, 1991.
2. Ахмедов X,. Насрий шеър турлари // Узбек тили ва ада- 
биёти,- 1994,- №3. - Б.48 - 52.
3. Гегель. Лирическая поэзия // Эстетика. В 4-х т. Т.З. - М.: 
Искусство, 1971. - С.492 - 536.
4. Жураев Ж. Туркий адабиётда муаммо жанри // Узбек 
тили ва адабиёти.- 1998. №6. - Б. 10 - 12.
5. Носиров О. Узбек адабиётида 
газап.
- Тошкент, 1972.
6. Ойматова М. Фардларнинг вужудга келиши масаласига 
дойр // Узбек тили ва адабиёти,-1998.- №5. - Б.8 - 11.
7. Файзуллаева О. Рауф Парфи ижодида сонет // Узбек 
тили ва адабиёти.- 2007,- №4.
8. Холлиева Г. Мусаммат жанри х;ак;ида мулох;азалар // Уз­
бек тили ва адабиёти.- 2 0 0 1 № 6 . - Б.22 - 24.
9. Узбек адабиётида жанрлар типологияси ва услублар 
ранг-баранглиги. - Тошкент: Фан, 1983.
10- Х,аКК'/пов И. Узбек адабиётида рубоий. - Тошкент, 1981.
Dramatik tur va uneng janrlari
I
Dramatik turning o ‘ziga xos xususiyatlari. Drama va teatr,
dramatik asar va uning sahna talqini. Dramatik asarlarni
janrlarga ajratish prinsiptari. Dramatik janrlar haqida.
Avval aytganimizdek, dramaning tasvir predmeti -
harakat (sodir bolayotgan voqea), unda obyektning pias- 
tik obrazi yaratiladi. Shu ma’noda, «dramada subyekt ham 
obyektga singdirib yuboriladi» qabilidagi keng ommalash- 
gan qarashni izohlashga zarurat bor. Gap shundaki, agar 
subyektning obyektga singishini, masalan, «muallif perso- 
najlarga o'zidan nimadir qo'shgan, ya’ni talqinda avtobi- 
ografiklik bor» tarzida tushunilsa, badiiy ijod tabiati bilan 
belgilanuvchi bu jihatni aslo inkor qilib bolmaydi, bunga
399


qo'shilish lozim. Biroq dramada muailif har qanday holda 
ham «sahna»da sodir bo'layotgan voqeani tashqaridan 
kuzatib turuvchi maqomida qolishi, ya’ni, epik turdagidan 
farqli o'laroq, subyekt hech qachon obyektga qorishib ket- 
masligini unuimaslik kerak.
Mazkur ikki jihat dramaning turga xos belgilovchi xususi- 
yatlari bolsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o'ziga xos- 
ligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun 
yaratilishidir. Zero, sahnaga mo‘ljallab yozilgan asar ijroni 
ham ko‘zda tutishi zarur boladi. Ayni talabga muvofiq hol­
da, awalo, dramatik harakat - syujet voqealari makon va 
zamonda cheklangan bo‘ladi. Bu esa ijro vaqtiga sig'ish 
uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivoj- 
lanuvchi syujetga qurilishini taqozo qiladi. Ravshanki, bu xil 
syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu bois 
dramatik syujet voqealari sabab-natija munosabatlari aso­
sida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-natija 
munosabati esa ularning makoniy (yuz berish joyi) va za- 
moniy (yuz berish vaqti) jihatlardan-da yaqin bo'lishini taqo­
zo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning 
syujet voqealari ijro vaqtiga sig‘ishi masalasida qayg'urishi 
darkordir. Shunga ko‘ra, dramatik asarda syujet voqeala- 
rining keskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi 
zaruratga aylanadi, Bundan tashqari, dramatik asarda, 
epik asardan farqli o'laroq, syujet voqealari yuz beradigan 
makon sifat jihatidan ham cheklangan: voqealar sahnada 
shartli qayta yaratish (ya’ni sahna ustalari, rassom tomoni- 
dan tomoshabinda o‘sha joy iiiyuziyasini hosil qila oladigan 
dekoratsiyalarni ishlash) mumkin bo'lgan makonda ke- 
chadi. Boz ustiga, harakat makoniy o'zgarishlar jihatidan 
ham cheklangan, ya’ni dramatik asar voqealari ko‘pi bilan 
to‘rt-besh joydagina kechishi mumkin. Masalan, «Nurxon» 
dramasidagi voqealar asosan ikki joyda: hojining hovlisi va 
Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; «Yorqi- 
noy» dramasidagi voqealar esa besh joyda: Olmas botirning
400


qo‘rg‘on bog'chasi, boshqa bir bog‘cha, Nishobsoy begining 
bog‘chasi, shu bekning haram uyiaridan biri, Polatning qa~ 
rorgohi va xon saroyida kechadi. Odatda, bir parda davomi- 
da sodir bo'luvchi voqealarning bitia joyda kechishini, syujet 
voqealari ayni shu joy bilan bog'liq hoidagina rivojlanishini 
e’tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning syujet qurilishini 
belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi.
Dramaturg asarda jonlantirmoqchi bo'lgan hayot ma- 
terialining barcha unsurlarirti ham sahnada qayta yaratish 
imkoniyati mavjud emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar av- 
valboshdan «shartlilik» kasb etadi. Ya’ni muallif mavjud ijro 
imkoniyatlaridan foydalangan holda ayrim ishoralar orqali 
o'quvchi (tomoshabin) tasavvurida o'sha «sahnada qay­
ta yaratish mumkin bolmagan narsalar»ni uyg'otishi va 
bu bilan bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo'lgan 
voqealarni to'ldirishi zarur bo'ladi. Masalan, muallif re- 
markalarida «sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi», 
«sahna ortidan keskiri to'xtagan mashina ovozi eshitiladi» 
qabilidagi ishoralar beriladi, ular yordamida sahnada jon- 
lanmagan narsani shartli (ya’ni o'quvchi tasavvuridagina) 
jonlantirish mumkin boladi. Shunga o'xshash, syujetga 
kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar ti- 
lidan muxtasar hikoya qilinishi ham dramatik shartlilikning 
bir ko'rinishidir. Sababi, personajlaming har ikkisi ham 
o‘sha voqeadan xabardor, ularning o‘sha voqea haqida- 
gi «suhbati» o‘quvchi (tomoshabin)da tasavvur hosil qilish 
uchungina zarurdirki, shu zaruriyat suhbatning tabiiylikdan 
chiqishiga, shartlilik kasb etishiga olib keladi. Umuman, 
zarur tafsilotlarni ko'proq shu yo'sinda (ya’ni personajlar 
nutqida) berish majburiyati dramatik asar personajlari 
nutqining biroz «sun’iy» bo‘lishiga olib keladi.
Avval aytganimizdek, asosiy nutq shakli bo‘lmish dia- 
logik nutq bilan bir qatorda dramatik asarda monologik nutq 
ham qollanadi. Monologik nutq shaklida ko'pincha perso- 
najlarning mushohadalari beriladiki, haqiqatda kishining
401


ongida kechuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi - ovoz 
chiqarib o'ylash ham shartlilikning bir ko‘rinishidir. Shu bi- 
Ian birga, dramadagi monologik nutq qurilishida muayyan 
o'ziga xosliklar mavjud ekanini ham ta’kidlash zarur. Zero, 
dramada monoiogik nutq ham ko‘proq personajning o‘zi bi- 
ian o‘zi yoki xayolidagi kim bilandir suhbati, bahsi, kimgadir 
murojaati shaklida quriladi. Ya’ni shaklan monologik (bitta 
personaj tilidan aytilgan) bo‘lgani holda ham dramadagi 
monologik nutq mohiyatan dialogik asosga egadir.
Dramatik asarning o'qilishi va sahna taiqinida bir qa- 
tor o'ziga xosliklar mavjud. Avvalo, dramani o'qiyotgan 
0
‘quvchining ijodiy faolligi bilan shu asar asosidagi spek- 
taklni tomosha qilayotgan tomoshabinning ijodiy faolligi bir 
xil darajada emas. Negaki, o'quvchi mutolaa jarayonida 
«rejissyor» vazifasini ham o‘z zimmasiga oladi - drama­
ni tasavvuridagi sahnada jonlantiradi; ayni paytda, u «ak- 
tyor» sifatida asardagi har bir personajning rolini ijro etishi 
ham kerak boladi. Dramada obyektiv ibtidoning ustuvor 
ekanligi konkret dramatik asarning turli o‘quvchilar tasav- 
vurida turlicha «sahnalashtirilishi»ga asos bo‘ladi. To‘g‘ri, 
bu xususiyat har qanday adabiy asarning qabul qilinishiga 
xos, biroq dramatik asarning qabul qilinishida «variantlilik» 
xususiyati chandon ortadi.
Sahnalashtirilgan dramatik asar - spektaklda badiiy mu- 
loqot zanjiri uzayadi: dramaturg bilan tomoshabin orasida 
rejissyor (aktyorlar, sahnalashtiruvchi rassom, bastakor va 
b.) 
0
‘rinlashadi. Ya’ni drama sahnaga o‘zi emas, boshqa 
san’at turlari bilan birgalikda chiqib boradi, sahna ko'rimli- 
likni, turli vizual va audial effektlarni xush ko'radi. Dramaning 
tabiati, ya’ni sahnada ijro etish uchun mo'ljallangani, uning 
rassomlik va musiqa bilan o‘zaro aloqada yashashi va rivoj- 
lanishini, sahnalashtirish jarayoniga yangi texnik vositalarni 
muttasil kiritib borishni taqozo etadi. Xullas, sahnalashtiril- 
ganida drama so‘z san’ati doirasidan chiqib, sintetiklik xu- 
susiyatini kasb etadi, sababki, endi unda teatr, rassomlik,
402


musiqa san’atlari uyg‘unlashib ketadi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, 
sahnalashtirilgan drama - spektakl endi so‘z san’atining 
emas, balki teatr san’atining vakili, demak, u endi adabi- 
yotshunoslik emas, teatrshunoslikning obyektiga aylana- 
di. Shunga ko‘ra, agar o'quvchi uchun drama matni so‘z 
san’atining vakili bo'lmish tugal badiiy asar bo‘lsa, rejissyor 
(umuman, sahnalashtiruvchilar: aktyorlar, rassom, kom- 
pozitor va b.) uchun u spektaklning bir qismi, xolos. Ayni 
jihatni mahkam tutgan holda ba’zan dramaga spektaklning 
asosi debgina qarash ham uchraydiki, bu yanglish tasav- 
vurdir. Sababi, bunday qarash drama bilan «ssenariy», «re­
jissyor partiturasi», «rejissura» atamalari bilan yuritiluvchi 
tushunchaning chalkashtirilishi natijasida yuzaga keladi.
Teatr san’atining rivojlanishi barobarida unda ko'rimlilik 
ustuvor ahamiyat kasb etib borgani ko'riladi. Antik davr- 
lardan boshlab to XIX asrga qadar teatr san’ati tabiatida 
deklamatsiyaviylik xususiyati ustuvor bo'lgan. Ya’ni sahna 
talqinining mohiyati ko'proq aktyorlarning drama matnini 
shunga mos ohang (hamda shunga mos mimika va jest- 
lar) bilan talaffuz qilishi hisobiga namoyon etilgan. Teatr 
san’atining keyingi taraqqiyotida esa spektaklning vizual 
va audial tomonlari - sahna bezaklari, aktyorlarning xat- 
ti-harakatlariga, sahnadagi umumiy ko'rinish (personajlar, 
narsa-buyumlaming joylashuvi), musiqa jo ‘rligi, turli ovoz 
va chiroq effektiari kabilarga ko'proq badiiy-estetik vazi- 
falar yuklanib, uiarga ham jiddiy e’tibor berila boshladi. 
Shu bois ham zamonaviy teatr spektaklning mazkur to­
monlari bilan bog'liq tafsilotlar, unga jalb qilingan aktyorlar, 
rassom, bezakchi, ovoz rejissyori, chiroq ustasi - xullas, 
asarni sahnalashtirishga qaysidir darajada bog'liq kishilar- 
ga moljallangan yo'riq va ko'rsatmalar mufassal qayd eti- 
luvchi 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə