Mavzu: temuriylar davrida movaronnahr va xuroson boshqaruvining o’ziga xos xususiyatlari reja



Yüklə 38,41 Kb.
səhifə1/4
tarix07.10.2023
ölçüsü38,41 Kb.
#126008
  1   2   3   4
TEMURIYLAR DAVRIDA MOVARONNAHR VA XUROSON BOSHQARUVINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


MAVZU: TEMURIYLAR DAVRIDA MOVARONNAHR VA XUROSON BOSHQARUVINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
1 Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy- iqtisodiy hayot
2 O‘rta Osiyoda XIV-XV asrlarda madaniyat va bunyodkorlik ishlarining rivoj topishi
3 Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’atning ravnaqi
4.O‘rta Osiyoda ilm-fan taraqqiyoti


Kirish
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, sobiq ittifoq davrida noto‘g‘ri baho berilgan yoki yuzaki ko‘rib chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi “O‘zRFA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagi” qaroridan so‘ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e’tibor berish, qo‘yilgan muammoni soha mutaxassislari tomonidan hal etilishi, mavjud muammolar echimini ilmiy asoslash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, uzoq o‘tmishlarga borib taqaluvchi ulkan tariximizda yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Ana shunday fundamental masalalardan biri – o‘zbek xalqi davlatchiligi hamda davlat boshqaruvi tarixidir.
Chunonchi, Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma’naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz qayd etganlaridek, «...bizning tariximizda Amir Temurdek ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni echishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q».1 O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ... Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblaymiz. Bu borada buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin.” degan chuqur ma’noli so‘zlari har birimiz uchun hayotiy e’tiqodga aylanishi zarur, deb ta’kidlagan fikrlarida ham bugungi kunimizda Amir Temur shaxsiga e’tibor yanada kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Voqealarning tadrijiy rivojini qamrab olish va aks ettirish maqsadida Amir Temur davlatining tashkil topishi masalalariga qisqacha to’xtalib o’tishni lozim topdik.
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og`ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Ana shu davrdan bosh boshdoqlik kuchayib ketadi2. Amir Temur o`z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro`yobga chiqarish ishini avvalo ichki g`animlariga qarshi kurashdan boshlaydi. 1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo`shinlari bilan kuchli raqib, Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yolga chiqadi. Qo`shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog`iga yetganida uning huzuriga taniqli sayidlardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo`llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalov-bayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur qo`shini to Balxga yetib borgunicha, yo`l-yo`lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo`shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko`pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo`shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so`ng, 1370- yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo`ladi. Amir Husayn asir olinib, qatl etiladi3.
1370-yilning 11-aprelida Chig`atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug`alari, Amir Temurning yoshlikdan birga bo`lgan quroldosh do`stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o`tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.
Amir Temur davlatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishdi. U 1370- yil, iyul oyida Samarqandda qurultoy chaqiradi. Qurultoyda Shibirg`on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning barcha amirlari va qabila boshliqlari to`plandilar. Ikki daryo oralig`ida yashovchi turk-mo`g`ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb e'lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal'alar hamda saroylar barpo etiladi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo`shin tuzib, unga katta imtiyozlar berdi. Amir Temur yirik harbiy bo`linmalarning boshliqlari etib Joku, Sayfuddin, Abbos, Iskandar, A'lam Shayx, Ardasher qavchin va boshqalarni tayinladi. Tajribali harbiylar sipohsolarlikka tayinlandi. 1370-yildayoq Shibirg`on bo`ysundirildi. Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o`tdi. Amir Temur sharqiy hududlarni mo`g`ullar ta'siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilib, Mo`g`uliston xonlariga zarba berib, Farg`ona vodiysi hududlarini, O`tror, Yassi (Turkiston) va Sayramni o`z tasarrufiga oldi. Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo`ysundilar. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari ham jangsiz Amir Temurga bo`ysundi va uning tasarrufiga o`tdi. Shu tariqa butun Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi.
Amir Temur saltanati bilan Oltin O`rda xonligi oralig`ida bu davrga kelib mustaqil bo`lib olgan Xorazm davlati qaror topgan edi. Qadimdan iqtisodiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan bevosita bog`liq bo`lgan Xorazm mo`g`ullar davrida ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo`lgan Shimoliy Xorazm Oltin O`rdaga, markazi Kat qal'asi bo`lgan Janubiy Xorazm esa Chig`atoy ulusiga bo`ysundirilgan. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O`rdada yuz bergan g`alayonlar vaqtida Qo`ng`irot so`filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolalarning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So`ngra Kat va Xiva shaharlarini fath etib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Amir Temur esa butun Xorazmni Chig`atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o`z davlatiga qo`shib olish siyosatini tutdi. Amir Temur 1372-yilda Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Biroq tarixiy voqealarning taqozosi bilan Amir Temur Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo`ysundirildi.
Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Boshqa avlodlari u boshlab bergan ijtimoiy – madaniy hayotdagi yo‘nalishlarni davom ettirishga, Temuriylar saltanatining an’analarini saqlab qolishga harakat qildi.
Markaziy Osiyodagi ΙX – XΙΙ asrlardagi ilm – fan, madaniyatning gurkirab yashnashi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida ilk uyg‘onish davrini tashkil etgan bo‘lsa, XΙV asr oxiri XV asr mo‘g‘ul mustamlakachiligidan qutulib, mustaqil davlatning shakllanishi va rivoji asosida madaniyatda yana ko‘tarilish va keskin rivoj ro‘y berdi. Bu davrni madaniyatdagi keskin ravishda bo‘linib qolgan uyg‘onish davrining yakuni – so‘ngi uyg‘onish davri deb atash mumkin. XV asrning temuriylar saltanatini Shoxruh idora qila boshlagan 20-30 yillariga kelib, shahar qurilishiga oid keng ko‘lamdagi ishlar uning poytaxti Hirotda olib borildi. Shaharning yuqori ko‘tarilgan qismi yangi devor va handaqlar bilan o‘rab olindi. Hirot devori to‘rtburchak shaklda bo‘lib, ikkita markaziy shohko‘cha shahar markazida kesishgan, shaharning ular xosil qilgan to‘rtta qismida esa qurilish erkin rejalashtirgan. Shahar tevaragida rabotlar joylashgan, keng – mo‘l xiyobon bo‘ylab asilzodalar uchun qarorgohlar, diniy – me’moriy majmualar quritgan, bog‘ rog‘lar, uzumzorlar barpo qilingan. 
XV asrda esa mahallalar bog‘lar ichida ko‘milib ketgan. Asosiy ko‘chalar gumbazlar panasida qolgan yoki ustiga chodir – soyabon tortilgan do‘konlaru ustaxonalarning uzluksiz qatorlaridan bilinib turadi. Ana shu umumiy manzarada poytaxt shaharning asosiy me’moriy inshootlari – biridan ulug‘vor masjid, minora, madrasa va maqbaralar yaqqol ko‘rinadi. Yiroq – yiroqlarda esa qal’aning qudratli devorlari ko‘zga tashlanadi.
Bu davrda arab tili din va qisman fan tili bo‘lib qolsada, asosan ilm va badiiy adabiyot – san’at tili sifatida turkiy va forsiy tillarning mavqei kuchayib, asosiy o‘ringa chiqdi. Davlat ishlari ham shu tillarda olib borildi. Temur va temuriylar davri deyarli bir yarim asr Osiyo, ayniqsa, Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda ko‘p serqirra, rang barang, madaniy manaviy boyliklarni yaratgani, xalq talantlari uchun imkoniyat yarata olganligi, turkiy xalqlar madaniyati tarixida tamoman yangi uzoq asrlarga ozuqa bergan qatlamlar, yangi sahifalar vujudga keltirgani bilan mashhurdir. Temur mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirishga harakat qildi. U ishg‘ol qilgan xorijiy mamlakatlardagi ilm ahlini o‘z panohiga oldi. Movarounnahr va Xuroson shaharlari – obodonchiligi uchun jon kuydirdi4.
Rus olimi A.Y.Yakubovskiy Temurning bu sohadagi ishlari haqida yozgan edi: “U yaxshi hisob kitoblik xo‘jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli tuman boyliklarni balki hunarmand, musavvir, me’mor va olimlarni ham olib keldi. To‘g‘ri Movarounnahrning o‘zi mutaxassisi va olimlarga boy edi. Lekin fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar qancha ko‘p bo‘lsa, hunarmandchilik, madaniyat ilm fan ham shuncha tez rivojlanadi”. Shunday qilib XΙV asrning oxiriga kelib Samarqand sharqning eng go‘zal, obod shaharlaridan biriga aylandi. Bu yerda ulkan binolar, keng hiyobonlar qurishga katta e’tibor berildi. XV asr boshida Movarounnahrga kelgan ispan sayyohi Rui Ganzales de Klavixoning ma’lumotiga qaraganda, Samarqandning boyligi faqat oziq – ovqat mo‘lligi bilan emas balki shoyi matolari, atlasi, mo‘ynadan qilingan kiyimlari, turli mamlakatlardan keltirilgan son – sanoqsiz mollari, bozor va maydonlari, ko‘chalarining keng va ko‘rkamligi bilan ko‘zga tashlanadi. Xullas, bu davr madaniyatining yutuqlari xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi. 

Yüklə 38,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə