Mavzu: temuriylar davrida movaronnahr va xuroson boshqaruvining o’ziga xos xususiyatlari reja


O‘rta Osiyoda ilm-fan taraqqiyoti



Yüklə 38,41 Kb.
səhifə4/4
tarix07.10.2023
ölçüsü38,41 Kb.
#126008
1   2   3   4
TEMURIYLAR DAVRIDA MOVARONNAHR VA XUROSON BOSHQARUVINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O‘rta Osiyoda ilm-fan taraqqiyoti
XV asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzarolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to`plangan edi. Ilm-fan va san'atning taraqqiyotida zamonasining madaniy doiralari muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug`bekning roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug`bek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa uning ma'naviy kamolotida ilm-fanning va san'atning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. Ulug`bek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug`ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Ulug`bek o`tmishdoshlari Ahmad Farg`oniy, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolemeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi. Ulug`bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda,Gijduvonda madrasalar qad ko`taradi. Hatto Buxoro madrasasinihg darvozasiga "Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir" degan kalima o`yib yozib qo`yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi8. Ushbu madrasalarda ilohiyat ilmlari: Qur'on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot, (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay'at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo`g`rofiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi (kofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o`qitilardi.XV asrda kitobat san'ati, ya'ni qo`lyozma asarlarni ko`chirib yozish va u bilan bog`liq bo`lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san'ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi. Bu davr nafis kitob va xattotlik sarTati taraqqiyotida yangi bir bosqich bo`lib, mohir san'atkorlarni yaratdi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko`paytirish og`ir mehnat va ko`p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo`lgan. Har bir kitob qog`ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo`yoqlari-yu zarhaligacha ma'lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo`lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland, ijodkor kishi bo`lishi lozim edi. Mohir xattotlar o`z usuli va uslubini shogirdlariga o`rgatardi. Shu tariqa xattotlik an`analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi. Bir necha kasb-hunar sohibining uzoq va mashaqqatli mehnati bilan bunyod etilgan nafis kitob oz nusxada bo`lib, bahosi qimmat bo`lar edi. Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa'diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko`chiradi. Sultonali tomonidan ko`chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko`pgina qit'alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o`ymakorlik san'atida ham mohir bo`lgan. Husayn Boyqaroning "Bog`i Jahonoro" bog`idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabr toshidagi lavha Sultonali tomonidan o`yib bitilgan. U xattotlik san'ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy "Qiblat ul-quttob" (Kotiblar qiblasi) va "Sulton ul-xattotin" (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi. Samarqand va Hirotda maxsus saroy kitobxonalari tashkil etilgandi9. Kitobxona ishlariga kitobxona dorug`asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo'1 ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug`bekning ukasi Boysung`ur kitobxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo`lyozma asarlardan nusxalar ko`chirish va ularni bezash bilan'band bo`lgan. 1429-yilda bu kitobxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur "Shohnoma" dostoni ko`chirtirilib, u 20 ta turli mazmtin Va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g`amxo`rlik qiladilar.

1 Амир Темур – фахримиз, ғуруримиз. Қаранг: Маънавий юксалиш йўлида. –
Тошкент: Ўзбекистон, 1998, 414-б.



2 Шарофиддин Али Яздий.Зафарнома /форс тилидан ўзбек тилига Муҳаммад Али ибн Дарвеш Али Бухорий таржимаси. – Тошкент: Шарқ, 1997, 19-20 б.

3 Қаранг: Ибн Арабшоҳ. «Ажойиб ал-Мақдур фи тарихи Таймур» (Темур тарихида тақдир ажойиботлари. 2-қисм. – Тошкент: Меҳнат, 1992, 70-б.

4 Мўминов И. М. Амир Темурнинг Ўрта Осиё халқлари тарихида тутган ўрни ва роли. Тошкент. Фан, 1996.

5 Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1990. 56-б.

6 Shahrisabz ming yillar merosi. 2700 yilligi munosabati bilan. – Toshkent: Sharq, 2002. B-33.

7 O’sha asar. B-33

8 O‘zbekiston tarixi (1 jild). -T.: Yangi asr avlodi, 2014. B-464.



9 O‘zbekiston tarixi (1 jild). -T.: Yangi asr avlodi, 2014. B-460.




Yüklə 38,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə