Mavzu: temuriylar davrida movaronnahr va xuroson boshqaruvining o’ziga xos xususiyatlari reja


O‘rta Osiyo XIV-XV asrlarda madaniyat va bunyodkorlik ishlarining rivoj topishi



Yüklə 38,41 Kb.
səhifə2/4
tarix07.10.2023
ölçüsü38,41 Kb.
#126008
1   2   3   4
TEMURIYLAR DAVRIDA MOVARONNAHR VA XUROSON BOSHQARUVINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O‘rta Osiyo XIV-XV asrlarda madaniyat va bunyodkorlik ishlarining rivoj topishi
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda madaniyat o‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga chiqdi. Temuriylar sulolasining yalovbardori ulug‘ Amir Temurni shu paytga qadar o‘tgan jahongirlarning birontasi bilan ham qiyoslab bo‘lmaydi. Bu fikrni ulug‘ bobomiz va uning avlodlari qoldirgan ulkan moddiy madaniyat yodgorliklarigagina emas, balki jahon fan va madaniyatga buyuk va salmoqli hissa qo‘shgan Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning temuriylar sulolasidan bo‘lganligi ham isbotlaydi. XIV va XV asrlarda Movarounnahrda madaniy taraqqiyot o‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga chiqdi. Odatda madaniyat haqida gap borganda, ko‘p hollarda xonlar, amirlar va sultonlar olimu fuzalo, yozuvchiyu mutaffakkirlar tomonidan yaratilgan tarixiy obidalar, osmono‘par binolar, ilmiy – badiiy asarlar va shu singari tashqi belgilarga qarab bir tomonlama baho beradilar. O‘z hokimliklari davrida moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishi va ravnaqiga homiylik qilgan davlat arboblarini shaxsiy sifatlari, ularning ichki ma’naviy dunyoqarashlari va madaniyatlarini esa unchalik e’tiborga olmaydilar. Haqiqatda esa bu o‘lchov madaniylik tushunchasining eng nozik va o‘ta muhim ko‘rinishi tomonidir.
Amir Temur juda katta doirada (qariyb 27 ta davlat va amirlikni birlashtirgan) o’z saltanatini o’rnatib kuchli ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va moddiy salohiyatli tizimni vujudga keltirdi. “Temurning tuzumi Movarounnahr uchun hech shubhasiz, eng dabdabali davr bo’ldi, turk xalqi uchun shunday ziyo berdiki, ba’zi qavmlar , ellar hozirgacha undan harorat oladilar”, - deb yozgan edi tadqiqodchi olim H.Vamberi5.
Sohibqiron Amir Temur o‘zining o‘n ikki tuzuklarida madaniylikning oliyjanob fazilatlarini ulug‘labgina qolmay balki bu fazilatlarning bajarilishi davlat hududida yashab kelayotgan kishilardan eng avvalo o‘z oila a’zolaridan ham talab qilgan. 
XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda bunyodkorlik ishlari rivojlangan. Bu davrda Movarounnahrda hukmronlik qilgan Temuriylar Samarqandni o‘z poytaxtiga aylantirgach, juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Samarqand Ko‘ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda mavzeyi, Go‘ri Amir, Samarqand atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘ishamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Nav hammasi bo‘lib Samarqand atrofida o‘n to‘rtta go‘zal bog‘lar barpo etildi va saroylar qurildi, yo‘llar qurilib, Zarafshon daryosi orqali ko‘priklar qurdirildi. Aynan shu davrda Amudaryo va Sirdaryo daryolarida ko‘priklar barpo etildi. Samarqand shahri o‘rtasida to‘ppa – to‘g‘ri kesib o’tuvchi usti yopiq ikki tomonidan rasta qurdirildi. Toshkent atrofida kanallar jumladan Ohangaronga ham kanal o‘tkazildi. Shahar tipidagi Ohangaron qishlog‘i qurildi. Buxoro, Shahrisabz, Farg‘ona va Turkistonda karvonsaroylari qurildi. Sohibqiron Amir Temur boshqa qurilishlar bilan birga irrigatsiya inshootlariga alohida e’tibor berdi. Shaharlar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Ayniqsa sohibqiron Amir Temur davrida qurilish ishlari misli ko‘rilmagan miqyosda, keng masshtabda olib borildi. Qurilishga mahalliy ustalar, sohibi hunarlarning hammasi, bulardan tashqari Amir Temur zabt etgan o‘zga mamlakatlarning ko‘plab hunarmandlari va quruvchilari safarbar etildi.
Amir Temur davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi va Turkistonda, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda ulkan yaratuvchilik ishlari olib borilgan. 
Sohibqironning farmoniga asosan 1365-yilda Qarshi, 1370-yilda Samarqand, 1380-yilda Kesh shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etilgan. Turkistonda Ahmad Yassaviyga atab qurilgan osmono‘par muxtasham madrasa o‘z davrida ulug‘ bobomiz saltanatining kuch – qudratini ko‘z – ko‘z qilgan.
O‘rta Osiyoda XIV-XV asrlarda ya’ni Temuriylar davrida Samarqandni dunyoning eng ko‘rkam va go‘zal shaharlaridan biriga – yer yuzining “sayqali”ga aylantirishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. Amir Temur davrida Samarqandning dovrug‘i doston bo‘ldi. Uning to‘rt tomonidan to‘rtta darvoza bo‘lgan shahar atrofi qazilgan handaklarda zilol suvlar bilan o‘ralgan edi. 
Bu davrda Movarounnahrda madaniyat va san’at shu darajada rivojlangan ediki, bugungi kunda O‘rta Osiyo san’atining ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilar san’atshunoslik fanlar doktorlari I.Rempel va G.A.Pugachenkolar o‘sha davr san’atini har tomonlama keng tahlil qilib, olib borilgan tekshirishlari natijasida XIV asr oxiri va XV asrning boshlarida umuman Movarounnahr, Xuroson, Samarqandda yangicha san’at yuzaga kelganini qayd etdilar. Amir Temur hukmronlik qilgan davrida Movarounnahr O‘rta Osiyoning original o‘ziga xos me’morchilik san’ati xususiyatlarini hamda O‘rta va yaqin Sharqda rivojlangan badiiy tafakkurni asosini ifodalagan edi, deb ta’riflaydilar. Bu mualliflar XIV asr oxiridan boshlab Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharq ijodiy kuchlarining bosh markaziga aylanganini, san’atda yangi yo‘nalish paydo bo‘lganini ta’kidlaydilar. Bu fikrni hattoki, Amir Temurning zamondoshlari ham tan olishgan. Masalan : Ibn Arabshoh Amir Temurning shahar atrofidagi saroylari haqida hikoya qilib, ular yangi uslubda qurilganligini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatadi. Arxitekturaning yangi tasviriy vositalarini qidirish qisman o‘sha davrda butun Sharqda tengi bo‘lmagan hashamat, dabdabaga erishgan rang barang bezakda o‘z aksini topganligi qayd qilinadi.
XIV asrlarda O‘rta Osiyo rassomchiligi, naqqoshchiligi sohasidagi ishlar, O‘rta asr traditsion adabiy syujet bilan birga zamonaviy tematikadan foydalanish, janrlar, kompozitsiyalarni xilma – xilligi, rasm ishlash mahoratini takomillashtirish va shunga intilish tendensiyasi Temur saltanati davrida ko‘zga tashlanadi. XIV asrda bezakli – badiiy buyumlar hunarmandchiligi yuksak darajaga ko‘tarildi. Uning rivojlanishi arxitektura, rassomchilik, naqqoshlik, maishiy buyumlar ishlash bilan o‘zaro bog‘lanish yo‘li bilan birga qo‘shilib boradi. Har xil san’at turlarini bunday bir – biriga bog‘lanib ketishi, yog‘och va toshga o‘yib naqsh solishda ham, gilam to‘qishda ham, qo‘lyozma kitoblarni bezashda ham, metall va sopol idishlarni eng yaxshi namunalarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘rta Osiyo ma’naviy taraqqiyotida Temuriylarning xizmati va himmati katta bo‘lgan. XIV-XV asrlarda taraqqiyot o‘zining yuksak taraqqiyot nuqtasiga chiqqanligi Turon yurtida ilm – fan, adabiyot va xullas ma’naviy madaniyatning bu darajada barq urib, rivojlanganligini sabablari quyidagicha: 1. Sohibqironning shaxsan o‘zi o‘qimishli, savodxon va ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Faqat shunday insongina olimu ulamo va ziyoli yurti taraqqiyoti el farovonligi hamda madaniy sohadagi qadrini biladi.
2. Temuriylarning ko‘pchiligi o‘z ona tilidan tashqari fors va mo‘g‘ul tillarini yaxshi bilgan. U mamlakat taraqqiyotida, xalqning madaniy va ma’naviy kamolotida ilm – fan va ma’rifatning ahamiyatini juda qadrlardilar.
Shuni alohida takidlash lozimki XIV-XV asrlarda Temuriylar yurtida ilm fan ahli, ijodkor uchun yaratilgan shart – sharoit, g‘amxo‘rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi va uning dovrug‘ doston bo‘ldi. Buni eshitgan ilm – fanga havas qo‘ygan ijodkorlar o‘z tashabbusi bilan Samarqandga kela boshlagani haqiqatga yaqindir. 
Xullas, XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo zaminida fanning barcha sohalari gurkirab o‘sdi. Tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqdi, ular jahon madaniyati va faniga munosib hissa qo‘shdilar. Xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarini rivojlantirishda aniq fanlarning rivojini talab qilgan bo‘lsa, jamiyatning ma’naviy ehtiyoji gumanitar fanlarni talab etardi. Temuriylar davrida ayniqsa ilmi nujum – astranomiya fani yuksaldi. Bu o‘rinda Amir Temur hamda Mirzo Ulug‘bek singari yaratuvchilik bunyodkorlik bilan shug‘ullanadi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun juda ko‘plab binolar, hammomlar, karvonsaroylar, sardobalar qurdiradi. Temuriylar xalqimizning buyuk me’morchilik san’ati durdonalarini dunyoning juda ko‘plab qit’alariga tarqatadilar. Shohruh va Husayn Boyqaro avlodlari, Alisher Navoiy hazratlari bilan Xurosonning turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go‘zal tarixiy obidalar, boburiylar sulolasining to 1858-yillarga qadar o‘tgan davr mobaynida Afg‘oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan me’morchilik san’ati namunalari o‘zining go‘zalligi va hajmi bilan shu paytga qadar ham har qanday ko‘zni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Bu narsa Temur va temuriylar naslining va bizning qalbimizda o‘z ota bobo avlodlarimiz bilan haqli suratda g‘ururlanish va faxrlanish his – tuyg‘usini uyg‘otadi.

Yüklə 38,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə