Mavzu: temuriylar davrida movaronnahr va xuroson boshqaruvining o’ziga xos xususiyatlari reja


Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’tning ravnaqi



Yüklə 38,41 Kb.
səhifə3/4
tarix07.10.2023
ölçüsü38,41 Kb.
#126008
1   2   3   4
TEMURIYLAR DAVRIDA MOVARONNAHR VA XUROSON BOSHQARUVINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

1.3. Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’tning ravnaqi
Temuriylar davrini ba’zan temuriylar Renessansi deb ham atashadi. XV asrga kelib shaharlarda o‘rtacha hunarmandchilik – tijorat qatlamining mavqei osha bordiki, unga nisbatan Yevropacha “uchinchi tabaqa” atamasini qo‘llash mumkin. Bu davrning yetuk namoyondasi Alisher Navoiyning “Majolisun - nafois” asaridan o‘zidan avval o‘tgan va zamondosh shoirlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi, o‘sha davrning madaniy muhitini tasvirlaydi. Buyuk shoir va davr ijodkorlari haqida so‘z yuritar ekan vazni qalam ahli yoniga she’riyatga daxldor olim, tabib va oddiy odamlarni ham qo‘shadi, har biri to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, she’rlaridan mo‘jaz namuna keltiradi. O‘z sohasida kamolotga intilish temuriylar davri hunarmandchiligining asosiy xususiyatiga aylandi.
Temur va temuriylar davrida shaharlarning asosiy qismi “Hisor” deb atalgan va bu atama o‘rta asrlarda mo‘g‘ullar davrigacha bo‘lgan “Shahriston” tushunchasidan farq qiladi. Zotan, hisor shaharning asosiy qurilishlari va savdo – hunarmandchilik sohalarini o‘z ichiga olgan yoki umuman yangi joyda vujudga kelgan, lekin baribir me’moriy jihatdan o‘zaro uyg‘un bo‘lgan asosiy ma’muriy va mafkuraviy bo‘g‘inlarni o‘zida jamlagan. Katta – kichik shaharlarning hisori har xil, ammo ahamiyati va vazifasi bir. Ularning shakllanishini Temur va Ulug‘bek faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita shahar – Shaxrisabz va Samarqand misolida ko‘rib o‘taylik.
Chingizxon boshchiligidagi mug’ul qo’shinlari 1220 yilda Movarounnahr hududiga bostirib keldi va bu yer juda qisqa vaqt ichida zabt etildi. Chingiz­xon hayotligidayoq, ulkan davlat ishi o’g’illariga taqsimlab bergandi. Movarounnahr Chig’atoyga (1227—1242 yillarda hukm surgan) ulus qilib berildi. Shu paytdan boshlab, 1358 yilgacha, hokimiyat urug’-qabilalar boshliqlari va sarkardalar qo’liga o’tguncha, bu hudud chi’gatoiy xonlar hukmi ostida bo’ldi.
Shahrisabzning XIII asr boshidan Amir Temur taxtga o’tirgan paytgacha bo’lgan tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. Biroq, bu davr shaharning qadimgi Kesh nomi bilan barobar yangiShahrisabz nomi ham yuritilgani bilan diqqatga sazovor. Bu nom ilk bora Bo’yonqulixon nomidan 1351 yilda zarb qilingan katta kumush dirhamlarda qayd etilgan6. Qadri bu qadar baland tanga zarb qilinishining o’zi Shahrisabz XIV asr o’rtalaridayoq, nisbatan katta shahar bo’lganidan dalolat beradi. Arxeologik ma’lumotlar ham shundan dalo­lat beradi. Shahrisabzning turli joylarida XIII—XIV asrlarga oid madaniy qatlam qayd etilgan7. Bu, aftidan, KeshShahrisabz mug’ullar bosqinidan boshqa shaharlarchalik katta ziyon ko’rmaganidan bo’lishi mumkin.
Amir Temur va Temuriylar davrida O’rta Osiyo g’oyat ravnaq topdi. Buyuk fotih to’plagan o’lkan boylik poytaxt Samarqand hamda tug’ilib o’sgan shahri Kesh viloyatining markaziShahrisabzni g’oyat go’zal imoratlar bilan bezash imkonini yaratdi. Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxtiga, jangovar barloslarning yozgi qarorgohiga aylangan. Xofizi Abru guvohlik berishicha, Sohibqiron hukmronlik qilgan davrda shahar g’oyat gullab - yashnagan. Uning vorislari, ayniqsa, Ulug’­bek bobosi boshlagan binokorlik faoliyatini davom ettirib, bu shaharni obod qilgan. Ispaniya elchisi Klavixo o’z kundaliklarida bu shaharda ko’plab mahobatli imoratlar va masjidlar qurilganligini kursatgan. Amir Temur saroyidagi xitoylik elchilar ham bu yerda ajoyib shaharlar borligini aytib o’tishgan. Taassuflar bo’lsinki, Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabzda bunyod etilgan ko’plab binolar bizgacha yetib kelmagan. Biroq, XVII asr oxirida Badexo Malexr «Keshda chig’atoy sultonlarning ko’plab imoratlari borligini ta’kidlagandi. Ushbu binolarning qoplama materiali XVIII asr imoratlarida poydevor tagiga tashlanadigan materialqurilish chiqindisi sifatida ko’proq uchraydi. Biroq, bu yerda Amir Temur bunyod ettirgan Oqsaroy, Dorussiyodat me’moriy majmuoti va qurilish ishlari Amir Te­mur davrida boshlanib, Ulug’bek davrida tugallangan Doruttilovat maqbaralar majmuasi shaharning asosiy yodgorlik- lari, uning iftixori va shon-shuhrati hisoblanadi (5).
O‘sha kezlari qadimgi nomi Kesh bilan ko‘proq mashxo’r bo‘lgan Shahrisabz arxeologik qazilmalarda aniqlanishicha, musulmon o‘rta asrlaridan avval vujudga kelgan, so‘ngra necha bor yuksalib, necha bor zavol topgan. Shu yerlarda tug‘ilib o‘sgan Temur davrida uning urug‘iga otameros mulk bo‘lgan Kesh shahar qurilishi jihatidan yakuniy qiyofasini topdi.
Biroq saltanatning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi Samarqand edi, uni bezatishga Temur alohida ahamiyat bergan, shahar hisori ham shunga yarasha edi. Temur muarrixlaridan birining yozishicha u poytaxtni “bag‘oyat xushmanzara, jannatmonand yerda joylashgan Samarqandga ko‘chiradi. Ajoyib dashtlari, go‘zal daraxtzorlari, maftunkor inshootlari bo‘lgan bu beqiyos shahar saltanatning noyob javohiri va boshqa shaharu qishloqlar havas qilgudek maskanni (Temur) davlati boshqaruv markaziga aylantirib poytaxt qildi, qal’a va hisor qurishni, ulug‘vor inshootlari va tillakor saroylar bunyod etishni buyurdi”.
XIV-XV asrlarda Afrosiyob xarobalarining ayrim yerlarida uy – joysiz odamlar yashagan, qabristonlar paydo bo‘lgan, Janubi – Sharqiy yonbag‘rida esa asta-sekinlik bilan Shohizinda nomli ulug‘vor maqbaralar majmuasi vujudga kela boshladi.Temurning Samarqanddagi qal’asi shunchaki istehkom emas, balki avvalambor poytaxtning mustahkamlangan ma’muriy – harbiy markazi edi. Uning qudratli devori tashqarisida hukumatning asosiy qarorgohi bo‘lgan Ko‘ksaroy va chamasi, ancha xususiy harakterdagi Bo‘stonsaroy, g‘azna, qurol – yarog‘ ustaxonalari va omborlari, devonxona joylashgan. Qasrdagi alohida maydonchada Ko‘ktosh – yaxlit toshdan taroshlangan baland supa bo‘lgan (hozir u Go‘ri Amir maqbarasining hovlisida turibdi). Mamlakatning siyosiy hayotida amalga hech qanday rol o‘ynamay qo‘ygan navbatdagi qo‘g‘irchoq mo‘g‘ul xonini taxtga chiqarish marosimi an’anaga ko‘ra ana shu toshda o‘tkazilgan oddiygina “amir” unvoniga ega bo‘lgan. Temur davrida Suyurg‘otmish ana shu tarzda nomigagina xon hisoblangan, amalda esa bugun hokimiyat boshdan oyoq Temurning qo‘lida edi.
Bu vaqtga kelib Samarqand qiyofasi quyidagicha tarkib topdi. Birinchi maskan ilon izi devor maydon 500 gektar Hisorni o‘rab olgan. Shaharda oltita darvoza – shimolida Shayxzoda va Ohanin, sharqida Feruza, janubida So‘zangaron va Korizgoh, g‘arbida Chorsu darvozalari bor edi. Shahar markazi – Registon maydonidan nur shaklida tarqalib, bu darvozalarga cho‘zilgan asosiy ko‘chalar o‘qday to‘g‘ri bo‘lmay, burilishlari ko‘p. XV asr boshdan oyoq me’moriy san’atning yuksalishi davri bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida hajmiy fazoviy tuzilmalar yangicha timsolda rivojlanishiga yo‘l oldi.
XIV-XV asr davrida inshootlarning ko‘lami ortishi ko‘p jihatdan yakka hukmdorning irodasiga bog‘liq bo‘ldi, zotan, uning uchun shakl mahobatli bo‘lishi bu davr hukmdorlarining qudrati va hokimiyatini ulug‘lash vositasi edi. Ayni paytda bu jarayon muhandislar, me’morlar va bezak ustalari oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘yib, ularni amalga oshirishni talab qilardi. XV asrda Movarounnahr bo‘ylab sayohat qilgan Klavixoning guvohlik berishicha, Samarqandga kelib Go‘ri Amir maqbarasining qurilishi bilan tanishganida Temur uning yuksakligidan qoniqmagan va binolar gumbazi shoshilinch ravishda qayta qurishga kirishib, uni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligini yanada oshirishgan. O‘shanda Jome masjidining asosiy peshtoqi ham Temurga yetarlicha ulug‘vor bo‘lib ko‘rinmagan va uni qayta qurishni buyurgan. Gumbaz tuzilishi ulug‘vor inshootlarning me’morlari oldida vujudga kelgan mas’uliyatli muhandislik vazifalaridan biri edi. Ulug‘bek davridagi qurilishda esa gumbaz osti tuzilmalarining yangi xillari izlash va ishlab chiqarishga kirishdilar. Ular tarixda o‘zaro kesishuvchi ko‘p qirrali shakllardan iborat. O‘zaro kesishuvchi ayilsimon ravoqlar ancha avval Armanistonda ma’lum edi. O‘sha yerdan XV asrda Xuroson va Movarounnahrga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu yerda bu tuzilmalar toshdan ishlanadi va ravoqlar oralig‘i tekis toshtaxtalar bilan to‘ldiriladi. Aniq fanlarning Ulug‘bek homiyligi va ishtirokida kechgan yuksak taraqqiyoti me’morchilikda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bizgacha saqlanib qolgan yodgorliklar (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi)ni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi handasaviy tuzilmalarining aniq o‘zaro nisbati bor ekan. Temuriylar davridan avval ham, keyin ham, umuman, hech qachon Movarounnahr va Xuroson me’morchiligida me’moriy bezak bu qadar yuksak darajaga yetishmagan edi. Temur va Ulug‘bek davri me’morchiligi bezakda ko‘p ranglikni naqshga boyldikni o‘rganish shiori ostida kechdi. Koshinkor bezakni qo‘llashda ikkita bosqich ajralib turadi: biri XIV asrning o‘rta qismini qamrasa, ikkinchisi XIV asr oxiri va XV asrning dastlabki yarmini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich uchun binoning old tomoni va ko‘pincha ichida ham boshdan – oyoq koshin qoplash odat bo‘lgan. Ikkinchi bosqichda esa binoning old tomonida, g‘ishtdan ko‘tarilgan devorning bir xil rangli fondida peshtoq, ravoq, gumbaz va devor hoshiyasi kabi ayrim joylar tanlanib yorqin rang berilgan, gumbazlar tiniq zangori rangda bo‘lgan. Me’moriy inshootlarni bezatishda epigrafika ulkan ahamiyatga ega. Bitiklarni ular uchun ajratilgan maxsus joylarga, panno yohud devor, minora, poygumbazning bevosita g‘ishtin sathiga tushirish “kundanavis” yani “yirikxat yozuvchi” lar deb ataluvchi kishilar amalga oshirishgan. Xattotlik san’atini mukammal egallagan bu noyob kasb ustalari olti xil murakkab yozuvni binolarning tashqari va ichki qismiga tushira olishda ham beqiyosbo‘lishgan. Ular bajargan nusxaga ko‘ra bu yozuvlar umumiy g‘ishtin sathga, ko‘k, zangori, oq rangdagi sirli koshinlar, qadama naqshlar, bino ichida esa bo‘yoq orqali tushirilgan. Temur va Ulug‘bek davrining hashamatli me’morchiligida binolar ichining bezagi ham benihoya boy va xilma – xil edi.

Yüklə 38,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə