Amir temur va temuriylar davri sivilizatsiyasi



Yüklə 5,33 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü5,33 Mb.
#140172
Amir Temur buyuk davlat arbobi

23 PPA 04 Pedagogika va psixologiya Sattorova Zilola


Amir Temur buyuk davlat arbobi
Amir Temurning yoshlik davri
Amir Temur Kesh viloyatidgi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo‘shinlari bilan kuchli raqib – Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganida uning yo’lidan taniqli ulamolardan Sayyid Baraka chiqadi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi nog‘ora bilan bayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi.
1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi.
Amir Husayn qatl etiladi. Ertasi kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyda
Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib,
u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi.
Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini va Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi.
Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi va Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi.
Shundan so‘ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. 
Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi.
TEMURIYLAR DAVLATI
Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O‘tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o‘n yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi
1995-yilda Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi. 1996-yilda Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi, “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
Ko’plab kitoblar chop etilgan
2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqi davomida yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
E’tiboringiz uchun rahmat !
Yüklə 5,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə