Jizzax viloyatiga tashrif buyurish uchun 10 sabab



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#134901
  1   2   3   4   5
zomin


Jizzax viloyatiga tashrif buyurish uchun 10 sabab
Bizning mintaqamizda sayyohlik va jannatmakon ko‘plab ajoyib joylar mavjud. Bular jumlasiga Jizzax viloyatini kiritsa bo‘ladi. Jizzax vohasi uzoq tarixga ega bo‘lib, hududning go‘zal tabiati bir qarashda insonni o‘ziga tortadi.
Ajoyib landshaftlar va betakror iqlim sharoiti, hayvonot va o‘simlik dunyosining barchasi bizga Jizzax viloyatini O‘zbekistonning markazidagi eng go‘zal burchaklaridan biri deb atash huquqini beradi. Vohaning janubiy va qisman g‘arbiy qismida joylashgan Nurota tizmalari moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolida joylashgan Ayrdar-Arnasoy ko‘liga tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi.Sizning eʼtiboringizga O‘zbekistonning ushbu noyob mintaqasiga tashrif buyurish uchun 10 ta sababini keltiramiz.
Zomin davlat qo'riqxonasi
Zomin davlat tabiiy qo‘riqxonasi o‘z ichiga Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi va Zomin milliy tabiiy bog‘ini olgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 26840 gektarni tashkil etuvchi ulkan hududda joylashgan. Qo‘riqxonaning o‘zi esa 8770 gektar maydonni egallaydi.Taʼkidlash joizki, Zomin davlat qo‘riqxonasi 1928 yilda Turkiston tog‘ tizmasida ushbu mintaqadagi noyob archa o‘rmonlari va yovvoyi tabiatning tabiiy holatida saqlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Qo‘riqlanadigan yerlar tarkibiga asosan tog‘ tizmalari kiradi. Zomin va Baxmal tumanlarida joylashgan ushbu qo‘riqxona dengiz sathidan 1670-4200 metr balandlikda, iqlimi keskin kontinental va harorat maksimal 30 darajani tashkil qiladi. Qo‘riqxonada 700 ga yaqin oliy o‘simlik turlari o‘sadi. Ulardan 13 turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, 48 turi esa endemik turlardir.Qo‘riqxonaning hayvonot olami xilma-xil
bo‘lib, 286 turi umurtqasiz hayvonlar, sut emizuvchilarning 29 turi, qushlarning 101 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, amfibiyalarning 2 turi, 1 turi baliq ushbu hududni o‘z uyiga aylantirgan. Shuni taʼkidlash kerakki, ulardan 13 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.Hozirgi kunda qo‘riqxona xodimlari tomonidan hudud o‘simliklari va hayvonot dunyosini o‘rganish va saqlash bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika institutining tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va aspirantlari bilan birgalikda ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Buni qo‘riqxonaning tabiati va uni saqlash to‘g‘risidagi ommaviy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalari, risolalari va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilgan maqolalarida ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə