Jizzax viloyatiga tashrif buyurish uchun 10 sabab



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#134901
1   2   3   4   5
zomin

Parpi Oyim majmuasi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida Uvol qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u Morguzar tog‘ tizmasining eng go‘zal daralaridan birida joylashgan. Bu yer farzandsiz ayollar ziyorat qiladigan eng mashhur joy hisoblanadi. Ular Teshiktosh qoyasidagi tor tuynukdan uch marta o‘tib ketish – maxsus marosimni o‘tkazishadi, mahalliy aholi bu tez orada ona bo‘lishga yordam beradi deb ishonadi.Uvol qishlog‘ining asosiy ziyoratgohlari orasida mashhur joy “Parpi oyim” deb nomlangan maqbaradir. U Teshiktosh darasi yaqinida joylashgan. Tor tuynukdan o‘tish marosimini bajargan ayollar, bu yerda to‘plangan bir nechta toshlarni kamarga bog‘lab qo‘yishadi va farzand ko‘rmaguncha uni yechib tashlamaydi. Chaqaloq tug‘ilganda, toshlarni o‘z joylariga qaytaradilar va “Parpi oyim” qabrida ular bunday ajoyib sovg‘a uchun parvardigorga minnatdorchilik bildiradilar.Agar Shahristonning shimoliy tog‘ tizmalariga borilsa, Zahiriddin Muhammad Boburning o‘z qo‘llari bilan tosh ustida o‘yilgan jayron tasvirini ko‘rish mumkin. Ehtimol, bu yozuvlar buyuk shoir va sarkarda hayotining davriga oid bo‘lsa ajab emas.
Said Ibn Abu Vaqqos majmuasi
Quyi qismida Said ibn Abu Vaqqos maqbarasi, qadimiy masjidlar va maqbaralari joy olgan.Masjid XIX asrda o‘z davrining taniqli ustalari – usta Komil, usta Qohir, usta Zuhur va usta Mirziyolar tomonidan qurilgan.Avliyoota qishlog‘i milodning VII asrida paydo bo‘lgan va u Mug qalʼasi yaqinidagi tarixiy jangda qatnashgan arab qo‘mondoni Muhammad payg‘ambarning yaqin sahobalaridan Said ibn Abu Vaqqos nomi sharafiga nomlangan.O‘sha paytda Said hayotining o‘n yettinchi bahorni qarshi olganiga qaramay, u bu yoshga xos bo‘lmagan, yetuk odamning aql-idrok
va donoligi bilan ajralib turardi.Said ibn Abu Vaqqos Muhammad payg‘ambarimiz (S.a.v)ning sahobalaridan bo‘lib, 16 yoshida islom dinini birinchilardan bo‘lib qabul qilgan. Bu yerda xuddi
shu nomni olgan muqaddas buloq va kichik ko‘l ham bor.Mahalliy suv havzasida turli planktonlar, shu jumladan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan marjonlar ham yashaydi. Majmua maydoni
14,2 gektarni tashkil etadi.
Majmua G‘allaorol tumanidagi Avliyoota qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, ikkiga bo‘lingan. Ziyoratgohning yuqori qismi majmuaning tashqi hududidir, unda go‘zal va muqaddas buloqlar, betakror tabiat va fusunkor manzaralar mavjud.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə