Fan: Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi



Yüklə 140,72 Kb.
səhifə1/8
tarix17.12.2023
ölçüsü140,72 Kb.
#150064
  1   2   3   4   5   6   7   8
yozish va taqdimot qilishpptx

FAN:Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi

8mmt23-guruh talabasi shaxla baltabayeva

Mavzu:Bilim va uning asosiy shakllari

Reja:

Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko’p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi. Shuni e’tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko’ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o’zimiz bu «nimadir» haqida ancha to’g’ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o’z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo’ladi.

  • Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko’p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi. Shuni e’tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko’ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o’zimiz bu «nimadir» haqida ancha to’g’ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o’z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo’ladi.

. Ayni vaqtda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S subyekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o’z ichiga oladi:
Ayni vaqtda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S subyekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o’z ichiga oladi:
    • haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo’lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo’lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo’ladi.
    • ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga e’tiqodi komil bo’ladi). Masalan, agar biz O’zbekistonda dengiz bor desak, biz uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida yomg’ir yog’ayotganini ko’rasiz. Siz: «Yomg’ir yog’yapti, lekin men bunga ishonmayman», deysiz. Bu iboraning anoto’g’riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini ko’rsatadi.
    • asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o’zining P ga bo’lgan ishonchini asoslab bera olsa». Bu shart bilimni to’g’ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar bolakaydan: «Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?», deb so’radingiz va «To’qqizta», degan javobni eshitdingiz. Siz bola sayyoralar sonini tasodifan to’g’ri aytdi deb hisoblaysiz. Agar u o’z javobini hyech bo’lmasa buni onasidan eshitganini aytib, asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim mavjud emas, degan to’xtamga kelasiz.

Yüklə 140,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə