Fan: Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi



Yüklə 140,72 Kb.
səhifə2/8
tarix17.12.2023
ölçüsü140,72 Kb.
#150064
1   2   3   4   5   6   7   8
yozish va taqdimot qilishpptx

Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta’rifni berish mumkin: bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir. Bu ta’rif ancha sodda bo’lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkin. Bu so’zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz Nyuton mexanikasi haqiqatga yetarli darajada muvofiq emas va uning o’rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning natijasida Nyuton nazariyasi o’zining bilim xususiyatini yo’qotgani yo’q-ku? Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko’pchilikning ishonchi komil bo’lgan davrda u bilim edimi? Shunga o’xshash so’zlarni hozirda fan tarixidan o’rin olgan minglab nazariyalar sha’niga aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va yetarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham ancha mavhum. Gipoteza, faraz odatda bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o’zlari ilgari surayotgan gipoteza yoki farazlarning to’g’riligiga ba’zan ishonchi komil bo’lmaydi.

  • Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta’rifni berish mumkin: bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir. Bu ta’rif ancha sodda bo’lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkin. Bu so’zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz Nyuton mexanikasi haqiqatga yetarli darajada muvofiq emas va uning o’rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning natijasida Nyuton nazariyasi o’zining bilim xususiyatini yo’qotgani yo’q-ku? Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko’pchilikning ishonchi komil bo’lgan davrda u bilim edimi? Shunga o’xshash so’zlarni hozirda fan tarixidan o’rin olgan minglab nazariyalar sha’niga aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va yetarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham ancha mavhum. Gipoteza, faraz odatda bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o’zlari ilgari surayotgan gipoteza yoki farazlarning to’g’riligiga ba’zan ishonchi komil bo’lmaydi.

Bilim shakllari - Inson o’zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida subyekt va obyektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi ko’p sonli munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o’zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o’zaro bog’liq bo’lsa-da, lekin bir-biriga o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo’lgan davrdan va jamiyat bilan birga ma’lum rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o’zaro bog’langan ijtimoiy-madaniy shakllarda amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto so’zning o’z ma’nosidagi bilishni to’liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog’lash mumkin emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o’z xulosalarini chiqara olmaydi.

  • Bilim shakllari - Inson o’zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida subyekt va obyektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi ko’p sonli munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o’zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o’zaro bog’liq bo’lsa-da, lekin bir-biriga o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo’lgan davrdan va jamiyat bilan birga ma’lum rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o’zaro bog’langan ijtimoiy-madaniy shakllarda amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto so’zning o’z ma’nosidagi bilishni to’liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog’lash mumkin emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o’z xulosalarini chiqara olmaydi.

Yüklə 140,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə