Mavzu: Tengsizlik



Yüklə 18,98 Mb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü18,98 Mb.
#140394
  1   2   3
3-синф математика


Mavzu: Tengsizlik. Katta emas va kichik emas belgilari.
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: o’quvchilarni Tengsizlik. Katta emas va kichik emas belgilari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish. Mavzu yuzasidan misol, masalalar yechish.
TK1: so’z va gaplarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish. Matematikaga oid atamalar ma’nosini tushuntirish, multimedia, slayd, videotasvirlar orqali mavzuni tinglab tushuna olish.
FK1: o’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.
b) tarbiyaviy: misol va masalalar yechish jarayonida mustaqil fikirlash orqali, matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
TK4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
d) rivojlantiruvchi: matematik bilim doiralarini kengaytirish, misol va masala yechish malakalarini rivojlantirish.
FK2: o’qituvchi bilan hamkorlikda masala yechimi rejasini tuza olish, hamda tuzilgan reja asosida ishlash ko’nikmasini shakillantirish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni rivojlantiruvchi.
D ars metodi: savol-javob, suhbat, tushuntirish, amaliy mashg’ulot, ko’rgazmali qurollar.
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, geometrik shakllar, multfilimlar, reyting oynasi.

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashiladi.
O’qituvchi: Bolajonlar omonmisiz
Bugun darsga tayyormisiz?
O’quvchilar: Biz hammamiz omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz.
Darsni tashkil etish:
N avbatchi axboroti, ingiliz tilida tinglanadi. Davomat aniqlanadi. Kirish suhbati o’tkaziladi. Darsimiz davomida o’quvchilarning “Oltin qoidasi” yana bir bor eslatiladi.

- O’quvchilar bizning vatanimiz qayer?


- Bizning vatanimiz O’zbekiston

-O’zbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilindi?


-Ozbekiston 1991-yil 31- avgust kuni mustaqil davlat deb e’lon qilingan
-O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qachon tasdiqlangan?

-O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i 1991-yil 18- noyabrda qabul qilingan.


-O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qachon tasdiqlangan?

-O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan.


- O`quvchilarni barkamol avlod bo`lib tarbiyalanishlari, jismonan yetuk bo`lishlari, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus ishlab chiqildi.

O’quvchilar vatanimiz O’zbekiston haqida she’rlar aytadilar.


Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.
Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.
Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.
Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.

Yüklə 18,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə