Adabiy turlar epos lirika drama eposning janrlari


Muallifning hayotga munosabati nuqtai-nazaridan



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə2/10
tarix07.11.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#132599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Adabiy turlar epos lirika drama eposning janrlari

Muallifning hayotga munosabati nuqtai-nazaridan.

Eposda san’atkor hayotni “Xuddi Gomerdek, voqeani uning o’zidan ajralgan bir narsa sifatida” (Aristotel) tasvirlaydi. “Bunda shoir ko’zga ko’rinmaydi; plastik muayyan dunyo o’z-o’zidan taraqqiy etadi, shoir esa o’z-o’zidan vujudga kelgan hodisaning go’yo oddiy bir hikoyachisigina bo’lib qoladi” (V.G.Belinskiy). Bu xolislik, ob’ektivlikdir.
2. Vaqt hissi nuqtai - nazaridan. Eposda hikoya qilinayotgan o’tmish voqealari bilan asar yaratilayotgan vaqt o’rtasida uzoq yoki yaqin muayyan bir masofa bo’ladi. San’atkor qachonlardir bo’lib o’tgan voqeaning hikoyachisi tarzida ish ko’radi. Jumladan, “O’tgan kunlar”dagi voqealar XIX asrning ikkinchi yarmida bo’lib o’tadi va uni A.Qodiriy XX asrning yigirmanchi yillari (1926)da hikoya qiladi.
3. Hajmi va tashqi ko’rinishi jihatidan. Eposning hamma xislatlarini o’zida jamlagan romanni ko’rsak, u hajman katta asardir. Tashqi ko’rinishi jihatidan u ko’plab bo’lim va boblardan iboratdir.
4. Xarakter. Hayot bir azim daryo bo’lsa, epos shu azim daryoni butun ko’lami va salobati bilan qamrab olishga harakat etadi (I.Sulton). Ana shunday ko’lamdorlik va voqeabandlik tasvirlanayotgan xarakterlarning ham barcha yetakchi qirralarini (tug’ilgandan to vafotigacha bo’lgan hayot yo’li va faoliyatini ko’rsatish orqali) kashf etishga, g’oyaga muvofiq tarzda ikir-chikirigacha batafsil tasvirlashga imkoniyat tug’diradi.
Jumladan, Tohir Malikning ta’kidlashicha, u to’rtta kitobdan iborat yaxshi qissa – “Shaytanat” ustida 17 yil (asarni 1984 yilda boshlagan) ishlagan, unda salkam 200 ta obraz bor, shulardan 50 tasi asosiy obrazlardir (“Ma’rifat” gazetasi, 1 dekabr 2001 yil).
5. Syujet. “Voqea – xarakterni ko’rsatish” (R.Uellek va O.Uorren) san’ati ekan, xarakterni ochish vositasi – syujetdir, syujet o’z navbatida asardagi obrazlarning o’zaro aloqalari, ularning tashkil topib borishi va rivojlanishi tarixidir. Shu sabab u eposda to’lib-toshib yashaydi. Epos ko’p hayotiy tafsilotlarni yoqtirgani uchun syujet barcha imkoniyatlarni ochib beradi. Syujet asarning mavzuiga, g’oyasiga muvofiq yaratiladi, ya’ni u asardagi voqealar mantig’idan xarakterlar mantig’i, xarakterlar mantig’idan voqealar mantig’i kelib chiqadigan universal qonuniyatga bo’ysinadi. Xarakter va voqea o’rtasidagi uyg’unlik, hamkorlik shu darajada bo’lishi lozimki, voqea xarakterni yaqqol ko’rsatishga, xarakter o’z navbatida voqea (tipik sharoit)ning mohiyatini tushunishga kalit bo’lishi lozim. Pirovardida shu kalit g’oyaning tirikligini, yuquvchanligini ochishi shart. Shu qonuniyat asosida epik asarda (masalan, “O’tkan kunlar”da uchta yo’nalishdagi voqealar...) syujetning ko’plab yo’nalishlari bo’ladi va voqealar silsilasi muayyan bosqichlar (muqaddima – dastlabki holat – tugun – voqea rivoji – kulminasion cho’qqi – yechim - xotima) bilan o’sib boradi.
6. Badiiy til. Eposda muallif nutqi va personajlar nutqi bir-biri bilan murakkab bog’lanishda to’liq voqye bo’ladilar. Muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo’lgani sabab, u “qo’mondonlik” vazifasini bajaradi: har bir personajning o’rnini, o’y-kechinmalarini, fikr-mushohadalarini, shart-sharoitni... so’zlar orqali tasvirlaydi, asardagi fikr-g’oyaning ro’yobi yo’lida ularni harakatga soladi. Bu holatlarni bir-biriga bog’lab, kitobxonga tushuntiradi. Ayni paytda, ma’naviyati, salohiyatini ta’sirchan qilib ochib beradi. Chunki har bir odamning nutqida uning bo’yi-basti (ruhiy kayfiyati, his-tuyg’ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so’z-xarakter ko’zgusi sanaladi”.
LIRIKA
V.G.Belinskiy yozganidek, “lirik asarning mazmuni ob’ektiv voqeaning taraqqiyoti emas, uning mazmuni - subyektning o’zi va u orqali o’tgan hamma narsadir... kishini mashg’ul etgan, to’lqinlantirgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ma’naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini lirika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (Tanlangan asarlar, 184-bet).
Demak, lirikaning bosh xislati shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg’otgan tuyg’ularni so’z orqali voqye qilish san’atidir.
1. Muallifning hayotga munosabati nuqtai-nazaridan. San’atkor “o’z shaxsini o’zgartirmasdan, o’z-o’zligicha qoladi”(Aristotel). “Bunda poeziya ichki dunyo elementida, sezuvchi va fikrlovchi xayol doirasida qoladi; bunda ruh tashqi reallikdan o’tib, o’z ichiga o’zi yashirinadi va tashqi dunyoni o’zida aks ettirgan ichki hayotning mislsiz jilo va jilvalarini poeziyaga hadya etadi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi planda namoyon bo’ladi, biz hamma narsani faqat va faqat u orqaligina qabul etamiz va anglaymiz” (V.Belinskiy). Bu shaxsiylik, subyektivlikdir.

  1. Vaqt hissinuqtai-nazaridan. Lirik asarni:

Sensiz menga sabrdan o’zga nuqson yo’q,
Dilda hijroningdan o’zga armon yo’q,
Jonimda shu darddan o’zga xirmon yo’q,
Yo’q, yo’q, sabr ham yo’q, dil ham yo’q, jon yo’q!
(A.Navoiy “Devoni Foniy”)
deya o’qir ekansiz, bu dil izhori hozirgina qilinganday, hozirgina sodir bo’lib o’tganday taassurot qoldiradi. Uning qalbingizdagi harorati hali sovumaganday tuyuladi.


  1. Yüklə 97,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə