Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Islom Karimov.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat»,
2008. 47-b.


6
Ko‘ryapsizki, xalqqa xizmat qilmoq uchun, uning yodida
abadiy qolmoq uchun so‘zga, adabiyotga, ma’rifat va ma’na-
viyatga sidqidildan xizmat qilishning xosiyati beqiyosdir.
Sizni badiiy adabiyotni ixlos bilan o‘qishga da’vat etayotga-
nimizning sabablari ko‘p, albatta. Bu masalada, uzoqqa bormay,
o‘zingizdan kelib chiqaylik. O‘tgan o‘quv yilida o‘nlab shoir va
yozuvchilarning qator asarlarini o‘qib-o‘rgandingiz. Endi ayting-
chi, shu asarlarni o‘qigan va uqqan tengdoshingiz bilan ularni
o‘qimagan yoki o‘qisa-da, uqmagan sinfdoshingiz orasida qan-
daydir farq bormi-yo‘qmi?
To‘g‘ri, adabiyot va boshqa san’at turlarining insonga ta’siri
darrov sezilib, bilinib qolmaydi. Xuddi yoshingiz ulg‘ayayotga-
nini o‘zingiz sezishingiz qiyin bo‘lganidek, adabiyotning Sizga
o‘tkazayotgan ta’sirini ham qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rish
mumkin emasdek. Lekin ko‘p kitob o‘qiydigan, adabiyotga chin
dildan qiziqadigan do‘stlaringiz yurish-turishiga, odob-axloqiga
razm solib qarasangiz, ular boshqalardan ancha ajralib turishini
sezmaslik, ko‘rmaslik ham mumkin emas. Ularning gap-so‘zlari
salmoqli, mazmunli bo‘lib boradi, bu bolalar ko‘cha changitib
yurishdan ko‘ra biror foydali mehnat bilan shug‘ullanishga hara-
kat qilishadi. Uyatsiz so‘zlar bilan lafzini bulg‘ashdan tiyilish-
larini ham sezsangiz kerak. Ular uyda yozib kelgan inshosi yoki
referatini o‘qib berayotganida eng to‘polonchi sinfdoshlaringiz
ham jimgina eshita boshlagani ham bor gap.
Xo‘sh, bu kitobsevar bolalarning boshqalardan bir-ikki qa-
dam oldinroqqa o‘tib olishlariga, ham ota-onalar, ham ustozlar-
ning nazariga tushishlariga ko‘proq nima sabab bo‘ldi? Nega
ko‘plab fan olimpiadalarida aksariyat o‘shalar g‘olib chiqyapti?
Nega maktabingizda o‘tkazilayotgan «Davlat tili bayrami»ga
sinfingizdan aynan shu bolalar tanlab olindi? Nima uchun bu
do‘stlaringiz ortidan turli xunuk gaplar eshitmaysiz? Ularni
boshqalardan ildamroq yurishiga kuch berayotgan narsa nima
ekan?


7
!
Barakalla, to‘g‘ri topdingiz! Buning nomi – MA’RIFAT.
Kitob orqali, adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish tufayli orttirilgan
bebaho boylik – ma’naviyat va ma’rifat!
Qolaversa, adabiyot so‘zi aslida odob so‘zidan olingan bo‘-
lib, qadimdan Sharq mamlakatlarida adabiyotga insonni odob va
axloqqa yo‘naltiruvchi ruhiy-ma’naviy manba sifatida qaralgan.
Bu yerda odobni tor ma’noda tushunmasligimiz, bu so‘z zami-
rida yotgan barcha fazilatlarni tasavvur qilishimiz kerak. Ya’ni
odob tushunchasi insonni inson qilib turadigan barcha ijobiy
fazilatlarni o‘zida jamuljam etadi. Vatanga muhabbat, ajdodlar
xotirasiga ehtirom, ota-ona va yaqinlariga mehr-oqibat, o‘zgalar
dard-u tashvishi bilan yashash, inson tuyg‘ulariga hurmat va
e’tibor, shafqatga muhtoj kishilar ko‘nglini ko‘tarish – bularning
bari inson odobi degan yuksak tushunchani tashkil etadi. Ada-
biyot tarixidagi jamiki buyuk asarlarning bosh mazmun-mohi-
yatini esa ayni qadriyatlar tashkil qiladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘qishda ham o‘qish, uqish va
his qilish bor. Demoqchimizki, kitob mutolaasi odam bolasidan
bu ishga jiddiy berilishni, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ixlos
bilan yondashishni talab qiladi. Falon asarni o‘qidingmi-o‘qidim
qabilida ish tutish mutlaqo yaramaydi. O‘sha asarni, uni yozgan
yozuvchi yoxud shoirning orzu-o‘ylari, asarga singdirgan tuy-
g‘ularini his qilish kishidan alohida e’tiborni talab qiladi. Asarni
his qilib o‘qimaslik chinakam gul bilan sun’iy gulning farqiga
bormagandek gap.
Xo‘sh, asarni his qilib o‘qish nima degani?

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə